DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.4K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyaga qarshi kurashda

☯️ Sohada xodimlar orasida poraxo'rlik va korrupsion jinoyatlarning oldini olish, ularning bu boradagi huquqiy madaniyatini rivojlantirish maqsadida Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida Korrupsiyaga qarshi kurash bo'limi mutasaddilari boshchiligida muntazam targ'ibot tadbirlari o'tkazib kelinmoqda.

🟦 Jizzax viloyati 1, 2, 3
🟦 Qashqadaryo viloyati 1, 2, 3
🟦 Namangan viloyati 1, 2, 3
🟦 Samarqand viloyati 1, 2, 3
🟦 Surxondaryo viloyati 1, 2,
🟦 Qoraqalpog'iston Respublikasi
🟦 Toshkent shahar
🟦 Andijon viloyati
🟦 Buxoro viloyati
🟦 Sirdaryo viloyati
🟦 Farg'ona viloyati
🟦 Toshkent viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamizda qurilish ishlarida qaysi hududlar yetakchi?


🗓 2024-yilning yanvar-aprel oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida jami bino va inshootlarni qurish boʻyicha qurilish ishlari 68,1 % ulushni tashkil etdi.

🇺🇿 Ushbu davrda bino va inshootlarni qurish faoliyat turi boʻyicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori ulushi Jizzax viloyati (hududda bajarilgan qurilish ishlarining 81,1 % i), Navoiy viloyati (78,7 %) va Surxondaryo viloyati (73,8 %) da kuzatildi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hamkorlikdagi oliygohlarimiz dunyoning top-1000 talik OTM lar reytingiga kiritildi


📊Buyuk Britaniyaning nufuzli QS Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligi dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi – QS World University Rankings-2025 natijalarini eʼlon qildi.

🇺🇿Reytingdan birinchi marta O‘zbekistonning birvarakayiga ikki oliy taʼlim muassasasi – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti 547-o‘rin hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti 781–790-o‘rin bilan munosib joy egalladi.

📃 Qayd etilishicha, TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti “Akademik nufuz” ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 300 ta oliy o‘quv yurtlari qatoriga va Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universitetlar uchligiga kirgan.

🔷 O‘zbekiston milliy universiteti “Chet ellik o‘qituvchilar ulushi” ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning 200 ta eng yaxshi universitetlari qatorida bo‘lib, Markaziy Osiyo oliy o‘quv yurtlari orasida ikkinchi o‘rinni qayd etgan.

☯️ Eslatib o'tamiz, Kadastr agentligi va mazkur Oliy ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlik aloqalari o'rnatilib, talabalar uchun Davlat kadastrlari palatasida amaliyot filiallari ochilgani haqida xabar bergan edik.

#DavKadastrPalata #xorijiy_reyting

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko'chmas mulk obyektlari statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo'lgan ko'chmas mulk obyektlari statistikasini taqdim etadi.

🏪Hisobot davri: Yanvar, 2024-yil.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr aholi manfaatlari yo'lida

🌟Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan fuqarolarning muammolarini mahallalarga borgan holda o'rganish ishlari va kadastr hujjatlarini shakllantirish bo‘yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

◼️Tuman, shahar filiallar mutaxassislari tomonidan aholi va tadbirkorlarning kadastr bilan bog'liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etilmoqda.

▫️Qashqadaryo viloyati 1, 2, 3
▫️Jizzax viloyati 1, 2
▫️Toshkent shahar

▫️Andijon viloyati

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


🌐 Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdoni tashkil etish

⚙️ Operator buyurtmani olgan kundan ikki ish kunidan kechiktirmay, elektron onlayn-auksion savdo o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnomani savdo platformasida e’lon qiladi.
Bunda elektron onlayn-auksion savdosini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnoma 15 kalendar kun oldin, takroriy savdoda esa 5 kalendar kun oldin e’lon qilinadi.

🫥 Elektron onlayn-auksion savdo Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari asosida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

⚖️Elektron onlayn-auksion savdoda ishtirok etish uchun arizalar savdo platformasi orqali yuboriladi. Bunda:

- ikki yoki undan ortiq lotlar bo‘yicha elektron onlayn-auksion savdoda g‘olib bo‘lgan ishtirokchiga faqat bitta yer uchastkasi uchun bayonnoma rasmiylashtiriladi va unga yer uchastkalaridan birini tanlash imkoniyati beriladi, qolgan lotlar bo‘yicha elektron onlayn-auksion savdo natijalari bekor qilinadi hamda bekor qilingan lotlar bo‘yicha zakalat puli ishtirokchiga qaytariladi;

- elektron onlayn-auksion savdoda bir marotaba g‘olib bo‘lgan ishtirokchiga keyingi elektron onlayn-auksion savdolarida ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Bilishingiz muhi
m

🫥 Tashkilotimizga taalluqli bo‘lmagan savollar bilan juda ko‘p murojaat qiluvchi yurtdoshlarimiz uchun foydali bo‘ladigan loyihamiz davom etmoqda.

💭 Sizlarning sarsongarchiliklaringizga chek qo‘yish va huquqiy bilimingizni yanada oshirirsh  maqsadida manzili noto‘g‘ri savollaringizga aniq javob berishda davom etamiz.

"Kadastrda "qizil chiziq" qanday tartibda belgilanadi?" - deya ko'p murojaat qilishadi. Murojaatga aniq javob videoda.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

5 oy davomida aholiga ko‘rsatilgan kadastr xizmatlari

🌟 Davlat kadastrlari palatasiga 2024-yil yanvar-may oylari davomida jami kelib tushgan arizalar soni 1 060 429 ta bo‘lib, shundan ijobiy yakunlanganlari 756 939 ya’ni 71.4 % ni tashkil etadi.

💿Ushbu hisobotda kadastr yo‘nalishiga aloqador aholiga eng ko‘p ko‘rsatilgan xizmatlar haqida ma’lumot jamlangan.

#DavKadastrPalata #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

📤 SAVOL: Nomimga kadastr pasporti qilingan edi, lekin hozirgi kunda familiyam o‘zgargan. Bu holatda nima qilishim kerak, kadastr pasportimni o‘zgartirishim kerak bo‘lsa, qayerga murojaat qilaman va to‘lovlari qanday bo‘ladi?

✍️ JAVOB: Qonunchilikka ko'ra, fuqaroning familya, ism yoki otasining ismi o'zgarganda kadastr pasporti shakllantirish uchun to'lovlar undirilmaydi. Fuqaro DXM ga tegishli hujjatlar bilan tashrif buyurib yoki my.gov.uz saytiga ariza bergan holda yangi kadastr pasporti shakllantirishi mumkin.

👔 Ma'lumot o'rnida, agar fuqaroning ko'chmas mulk obyektida biror bir o'zgarish bo'lmagan bo'lsa, familiyasi o'zgargan holatda qaytadan kadastr pasporti rasmiylashtirish majburiyat belgilanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.2014 yildagi
186-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi
535-son qarori

************

👉@Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKP xodimlari Xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiritdilar

🖥 Xabaringiz bor, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi faoliyatiga doir ko'plab yutuqlari qatorida ISO 37001 va ISO 9001 sertifikatlarini qo'lga kiritib, xalqaro standardlar asosida faoliyatini yuritib kelmoqda.

Navbatdagi yutuqlarimizdan biri, Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi bosh mutaxassisi Timur Yuldashev va Ishlar boshqarmasi xodimi Sherzod Jo'rayev "CERT academy" xalqaro kompaniyasida joriy yilning 21-24-may kunlari o'tkazilgan o'quv dasturida ishtirok etib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgani sababli ISO 37001:2016 asosidagi "Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimining menejeri va xalqaro auditori" sertifikatlarini qo'lga kiritdilar.

🎲 Shu o'rinda, Yig'ma axborot-tahlil bo'limi bosh mutaxassisi Ramiddin Jumayev “ISO 9001 boʻyicha sifat menejmenti tizimining menejeri va ichki auditori” o'quv kursini muvaffaqiyatli yakunlab xalqaro sertifikatni qo'lga kiritdi.

◼️Bu mutaxassislarimizga kelgusida korrupsiyaga qarshi kurashish va sifat menejmenti doirasida faoliyat yuritish va audit tekshiruvlarini o'tkazish imkoniyatini beradi.

#DavKadastrPalata #ISO

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xodimlar malakasi oshirilmoqda

🌟Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi "Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi"da bir qancha yo'nalishlarda o'quv kurslari boshlangan.

📆 10-14-iyun kunlari Tashkiliy nazorat va murojaatlar bilan ishlash yo'nalishi bo'yicha faoliyat yuritayotgan 17 nafar hududiy boshqarma xodimlarning malakasi oshirilmoqda.

◼️Malaka oshirish kurslari Davlat kadastrlari palatasining quyidagi hududiy boshqarmalarida yoritildi:

▫️Qashqadaryo viloyati

▫️ Jizzax viloyati
▫️Surxondaryo viloyati

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿🇰🇷 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

◾️Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

◾️Shundan so‘ng qarorgohda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

◾️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar.

◾️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol o‘rtasida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi. Davlat rahbarlari Alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonotni imzoladilar.

◾️Ko‘ksaroydagi oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqdilar.

◾️O‘zbekiston bilan Koreya o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar yakunida Ko‘ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.

◾️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdilar.

◾️Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Yun Sok Yol O‘zbekiston-Koreya biznes forumida ishtirok etdilar.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM