DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
Тошкент шаҳрида миллий эстрада санъати асосчиси, Ўзбекистон халқ артисти Ботир Зокиров ҳайкали очилди. Шу муносабат билан ўтказилган тадбирда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этди.

В Ташкенте состоялось открытие памятника основателю национального эстрадного искусства, народному артисту Узбекистана Батыру Закирову. В мероприятии принял участие Президент Шавкат Мирзиёев.

#Mirziyoyev #marosim #BotirZokirov #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


📃O‘rmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomalari uch bosqichda rasmiylashtiradi:

◼️birinchi bosqichda — uch yil muddatga;

shartnoma majburiyatlariga rioya qilish, ijara to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni o‘z muddatida to‘lash, investitsiyalar kiritish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish natijalariga qarab:

◼️ikkinchi bosqichda — yigirma yil muddatga;
◼️uchinchi bosqichda — qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga.

🔹Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijara shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin.

🕐 O‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda Yer hisobi bo'yicha seminarlar

💸 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi boshlig‘i F.Niyozov hamda boshqarma bosh mutaxassislari tomonidan hududiy boshqarmalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qarori Nizomi talablari asosida ish yuritish, Yer hisobini raqamlashtirish borasida 8 ta yer fondi toifalari va uning kichik toifalari hamda UZKAD axborot tizimiga kiritilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini yer fondi va uning kichik toifalarini to‘g‘ri belgilash yuzasidan Yer hisobini yuritishga mas'ul mutaxassislarga tavsiya va ko'nikmalar berish maqsadida amaliy seminar-yig‘ilishlari o'tkazilmoqda.

🌟Davlat yer kadastrini yuritish mutaxassislari ishtirokidagi shu mavzudagi seminarlar Jizzax hamda Andijon viloyatlarida o'tkazilib, "Yer hisobot” AAT hisobot dasturi bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi va xato va kamchiliklarni qayta ko‘rib chiqilishi holatlari tekshirilib, bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida "Karyera kuni"

🇺🇿 Yoshlar bandligini ta'minlash hamda Universitet talabalarini ishga joylashishlariga ko'maklashish maqsadida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan joylarda mehnat yarmarkalari tashkil etib kelinmoqda.

◼️Xususan, bugun Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari Milliy tadqiqot universitetida "Karyera kuni" mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati, Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati boshqarmalaridan mas'ullar ishtirok etib, talabalarni kadastr tizimidagi bo'sh ish o'rinlari bilan tanishtirdilar.

#DavKadastrPalata #karyera_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O'zMU talabalari Davlat kadastrlari palatasida

🌟Kadastr tizimiga sohaga qiziquvchi, iqtidorli bitiruvchi talabalarni jalb qilish ishlari davom etmoqda.

📆Bugun Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universitetidan kadastr yo'nalishidagi 3-bosqich talabalari tashrif buyurishdi. Ularga Davlat kadastrlari palatasi Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish boshqarmasi boshlig'i B.Kurbanov sohada amalga oshirilayotgan ishlar, "Uzkad" tizimi, qulayliklari va afzalliklari haqida tushunchalar berildi.

◼️Ta'kidlash joizki, o'z navbatida bu kabi tashabbuslar yangi hayotga qadam qo'yishga intilayotgan talabalarga sohaga bo'lgan mehr-muhabbat, ishtiyoq va ishonchlarini yanada orttirishga xizmat qiladi.

#DavKadastrPalata #kadastrda_bilimga_e_tibor

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM