DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🏆🏆🏆

🌟Kadastr agentligi “Eng namunali vazirlik va idora”lar qatorida taqdirlandi

🫥 Joriy yilning 15-dekabr kuni Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🟥 Tanlovning “Eng namunali tuman va shahar” yo‘nalishiga 14 ta shahar va tuman, “Eng namunali vazirlik va idora” yo‘nalishiga 23 ta vazirlik va idora qatnashdi.

🌟Kadastr agentligi tanlovda munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladi hamda 🪙12 mln 500 ming so‘m pul mukofoti hamda 4 mln so‘mlik book📚kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☺️☺️☺️☺️☺️

Murojaatlar tahlili

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2023 yil 11-15 - dekabr kunlari jami 1 403 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

💿Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 27
💿Andijon viloyati - 51
💿Buxoro viloyati - 121
💿Samarqand viloyati - 102
💿Sirdaryo viloyati - 32
💿Surxondaryo viloyati - 136
💿Qashqadaryo viloyati - 119
💿Toshkent shahar - 167
💿Toshkent viloyati - 205
💿Navoiy viloyati - 58
💿Namangan viloyati - 31
💿Xorazm viloyati - 109
💿Jizzax viloyati - 58
💿Farg‘ona viloyati - 73
🌟Davlat kadastrlari palatasi - 114

📊 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

✉️ SAVOL: Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijara huquqi asosida kimlarga beriladi?

✍️ JAVOB: Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar ijara huquqi asosida quyidagilarga beriladi:

1) qishloq xo‘jaligi kooperativlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, shuningdek boshqa yuridik shaxslarga — tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun;

2) tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklari hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga — qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-sinov ishlarini bajarish uchun;

3) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun;

4) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — dehqon xo‘jaliklarini, yakka tartibda bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun.

****

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat mulkini ijaraga berish tartibi belgilandi


🇺🇿 Hukumat qarori (660-son, 14.12.2023 y.) bilan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📃 Nizomga ko‘ra, davlat mulkini ijaraga berish jarayoni har qanday jismoniy va yuridik shaxs (tashabbus ko‘rsatuvchi) tashabbusi asosida boshlanishi mumkin.

◼️Bunda tashabbus ko‘rsatuvchi bevosita Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markaziga yoki uning hududiy boshqarmalariga (ijaraga beruvchiga):

▫️davlat mulkining tavsifi va joylashgan joyini;
▫️balansda saqlovchini (bunday ma’lumotlarga ega bo‘lgan taqdirda) ko‘rsatgan holda taklifini yozma yoki elektron taqdim etadi.

◼️Takliflar shu kunning o‘zida ko‘rib chiqish uchun ijaraga beruvchiga yuboriladi.

Shunga ko‘ra, ijaraga beruvchi 2 kun muddatda balansda saqlovchiga davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha munosabat bildirish yuzasidan so‘rov yuboradi.

Ijaraga beruvchi balansda saqlovchining arizasi kelib tushgandan 2 kunda davlat mulkini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali onlayn-auksion savdosiga chiqaradi.

👉 Batafsil: https://uzdkp.uz/uz/davlat-mulkini-ijaraga-berish-tartibi-belgilandi/

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!


🫥 Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini qo‘lga kiritish uchun navbatdagi malaka imtihoni o‘tkaziladi.

📆 Imtihon kuni: 2023-yil, 21-dekabr,
🏪 soat 10:00, 11:00, 15:00, 16:00 da

⬇️ Manzil: Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati binosi.

📱 Imtihon jarayonlarini Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasi orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin.

Malaka imtihonida 40 nafar talabgorlar ishtirok etadi.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⌛️  “Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi 11-17 dekabr  kunlarida tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Abdulaziz Yunusov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil, 26-dekabr, soat 15:00 da

⬇️ Manzil: Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani, Uchtepa dahasi, Mustaqillik ko'chasi, Bolalar musiqa va san'at maktabi binosi.

📱 Qabulga yozilish uchun +998 (99) 555-95-44 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

So‘nggi yillarda qurilish sohasida korxonalar soni qanchaga koʻpaygan?

📊 2023-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, qurilish sohasida 53 050 ta korxona roʻyxatdan oʻtgan.

🧊 Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 8,5 %ga oshgan.

◼️So‘nggi yillarning mos davrida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar dinamikasi quyidagicha bo‘lgan:

🏪 2019-yilda – 37 942 ta

🏪 2020-yilda – 42 923 ta

🏪 2021-yilda – 45 603 ta

🏪 2022-yilda – 48 874 ta

🏪 2023-yilda – 53 050 ta

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida

🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan o'tgan bir hafta davomida tashqi OAV larga  chiqishlar mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

◼️Davlat kadastrlari palatasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida hududiy boshqarma mas'ullari bergan ma'lumotlar:

▫️UzA maqolasida;
▫️Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi “Ochiqchasiga ▫️gaplashamiz” eshittirishida;
▫️ “Yoshlar” radiokanalida;
▫️"Ochun.uz" maqolasida;
▫️UzA ijtimoiy tarmoqlarida;
▫️"Mavzu tafsiloti" tok-shousida;

◼️ Qoraqalpoq Davlat Universitetida kadastr filiali tashkil etilgani haqida "Qaraqalpaqstan xabar agentligi" rasmiy saytida:

◼️ Davlat kadastrlari palatasi asosiy faoliyatiga doir hisobotlar:

▫️Asrnews.uz maqolasida;
▫️"Diyor24" maqolasida;
▫️"Jizzax ovozi: gazetasi rasmiy saytida;
▫️"Jizzax xabarlari" telegram kanalida;

◼️Hududiy boshqarmalarda o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar to'g'risida:

▫️Sirdaryo MTRK telekanalining "Diyor Yangiliklari" dasturida;
▫️Surxondaryo MTRK telekanalida;
▫️Hurfikr.uz telegram kanalida 1, 2;
▫️Ochun.uz ijtimoiy tamoqlarida 1, 2, 3, 4;
Antikorr.uz telegram maqolasida;

◼️ Aholining kadastrga oid murojaatlarini o‘rganish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida:

▫️Nurafshon TV telekanalida;
▫️Sirdaryo MTRK telekanalida;

◼️ Qoraqalpog'iston Respublikasida Prezident farmoni ijrosini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida "Qaraqalpaqstan xabar agentligi" maqolasida yoritildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ҳудудларда ишлаб чиқаришни янада кенгайтириш ва хизматларни ривожлантириш масалалари муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам дальнейшего расширения производства и развития сферы услуг в регионах.

#Mirziyoyev #videoselektor #sanoat #xizmatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🔤Kadastr atamalari🔤

🔤 Metama’lumotlar — fazoviy ma’lumotlarning to‘plamlari, servislari va boshqa xususiyatlarini tavsiflash imkonini beradigan, ularni identifikatsiya qilish, izlash, inventarizatsiyalash va ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlardir.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Jamoatchilik fikrini o'rganamiz


🫥 Xabaringiz bor, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari, tuman, shahar filiallari aholiga kadastr xizmatlarini ko'rsatuvchi tashkilot hisoblanadi. Fuqarolarga samarali va sifatli xizmat ko'rsatish, murojaatchilarning muammolariga tegishli yechimlar berish tashkilotning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

💠Shu boisdan aholi va tadbirkorlarning kadastrchilar faoliyati, xizmat ko'rsatish sifati va tezkorligini baholash maqsadida murojaatchilar fikriga qiziqdik. Har bir bildirilgan fikrlar inobatga olingan holda, ko'rsatilayotgan xizmatlar va aholiga yaratilayotgan sharoitlar bo'yicha targ'ibot ishlarini yanada kuchaytirish lozimligi anglandi.

▶️ Batafsil videoda

#DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalari statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha haftalik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: 12-18-dekabr, 2023-yil

⚖️ Jami: 309 tа

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar


◼️Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish, mansab vakolatini suiiste'mol qilmaslik, ochiqlik va halollik hamda ijro intizomiga rioya qilish kabi masalalarda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limlari tomonidan targ'ibot tadbirlari muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda.

◼️ Mazkur hafta ushbu mavzudagi davra suhbatlari quyidagi hududiy boshqarmalarda o'tkazildi:

▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Xorazm viloyati 1, 2
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Sirdaryo viloyati 1, 2
▫️Samarqand viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Tashkent city” халқаро ишбилармонлик маркази ҳудудида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Қатар Амири шайх Тамим бин Ҳамад Ол Соний иштирокида халқаро ҳамжамиятнинг коррупцияга қарши курашиш борасидаги саъй-ҳаракатларини ифодаловчи монументнинг очилиш маросими бўлиб ўтди.

На территории Международного делового центра «Tashkent city» при участии Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Эмира Государства Катар шейха Тамима бин Хамада Аль Тани состоялась церемония открытия монумента, олицетворяющего усилия международного сообщества по противодействию коррупции.

#Mirziyoyev #marosim #monument #korrupsiyagaqarshikurash

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter