DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xizmat ko‘rsatish sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko'tarish
yo'lida

🧊 Ma'lumki, sifatli xizmatni yo‘lga qo‘yish, xizmat ko‘rsatish sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko'tarish hamda korrupsion xavfni oldini olish, unga qarshi kurashish bo‘yicha butun dunyoda bir qancha harakatlar amalga oshirib kelinadi. Qayd etish muhimki, bu yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tashkil etilgan va ular tomonidan dasturlar, standartlar ishlab chiqilgan. Yurtimizda ham mazkur yo‘nalishlarga xalqaro standardlarni joriy qilish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

🌟 Bugun Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatida "ALFAKON SYSTEMS" konsalting tashkiloti tomonidan halqaro standartlardan ISO 9001:2015 “Sifat menejmenti tizimi va talablar” mavzusida hamda ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi. Foydalanish bo‘yicha talablar va ko‘rsatmalar" mavzularida seminar tashkil etildi.

🤔 Unda seminar qatnashchilariga xalqaro standartlar darajasida xizmatlarni tashkil etish va korrupsion havfni oldini olish mavzularidagi ma’lumotlar taqdim etildi.

#DavKadastrPalata #xalqaro_standartlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bilishingiz muhim

🫥 Yurtdoshlarimizning sarsongarchiliklariga chek qo‘yish va huquqiy bilimlarini yanada oshirirsh maqsadida manzili noto‘g‘ri savollarga aniq javob berish maqsadida tashkil etilgan "Bilishingiz muhim" loyihasining navbatdagi soni e'tiboringizda.

Savol: Yerga yoki binoga egalik huquqini olib bera olasizmi? - deya murojaat qilishadi.

▶️ Murojaatga aniq javob videoda.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr tashkilotlarida sohada ta'lim olayotgan yoshlar uchun sharoitlar yaratilmoqda

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023- yil 21- noyabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan "Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash masalalari' yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga asosan Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi tuzildi.

💠 Hamkorlik shartnomasiga ko'ra:

▪️ Kadastr sohasiga oid oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash va ularning sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish;
▪️ Rivojlangan xorijiy davlatlarning eng ilg‘or tajribasini o‘rgangan hamda Palataning mutaxassislarga bo‘lgan talabidan kelib chiqqan holda o‘quv rejalari, fan dasturlari, o‘quv adabiyotlari, shu jumladan, o‘quv-metodik majmualarni xalqaro standartlar asosida, zamonaviy, mutlaqo yangi talablarga mos ishlab chiqilishi va bosqichma-bosqich joriy etilishini tashkil qilish;
▪️ Hamkorlikda ilmiy anjumanlar va seminarlar o‘tkazish va qator yo‘nalishlarda tomonlar hamkorlikni amalga oshiradilar.

🌟📚 Bir so'z bilan aytganda, endilikda talabalar Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida tashkil etilgan filialda amaliyot o‘tashlari, mutaxassislar bilan ishlab chiqarish jarayonlarida qatnashishlari mumkin bo'ladi.

▶️ Batafsil videoda 👆

📖 Davlat kadastrlari palatasi va uning bir qancha hududiy boshqarmalarida tashkil etilayotgan ana shunday kafedra fakultetlari haqida yana ma'lumot taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #kadastr_kafedra_fakulteti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌟Kadastrda aksiya bo'larmush

Xalqimiz orasida bugungi kunda keng tarqalayotgan ushbu mish-mishlarga 📹 Milliy telekanalining Millar teleloyihasi orqali javob olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy bilimlar oshirilmoqda


🌟 Kuni kecha, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy targ'ibot soati o'tkazildi.

Unda Davlat Yer kadastrini yuritish va UzKAD dasturiga 8ta yer fondi toifalari bo'yicha yerlarni hisobga olish holati, davlat yer kadastrini yuritishni takomillashtirish bo'yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati haqida o'quv soati o'tkazildi.

💠 Yig'ilishda Markaziy apparat xodimlari hamda ZOOM platformasi orqali ulangan hududiy boshqarma mas'ullari ishtirok etib, mavzu doirasida tegishli tushunchalarga ega bo'lishdi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim_soati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🏆🏆🏆

🌟Kadastr agentligi “Eng namunali vazirlik va idora”lar qatorida taqdirlandi

🫥 Joriy yilning 15-dekabr kuni Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🟥 Tanlovning “Eng namunali tuman va shahar” yo‘nalishiga 14 ta shahar va tuman, “Eng namunali vazirlik va idora” yo‘nalishiga 23 ta vazirlik va idora qatnashdi.

🌟Kadastr agentligi tanlovda munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladi hamda 🪙12 mln 500 ming so‘m pul mukofoti hamda 4 mln so‘mlik book📚kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☺️☺️☺️☺️☺️

Murojaatlar tahlili

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2023 yil 11-15 - dekabr kunlari jami 1 403 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

💿Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 27
💿Andijon viloyati - 51
💿Buxoro viloyati - 121
💿Samarqand viloyati - 102
💿Sirdaryo viloyati - 32
💿Surxondaryo viloyati - 136
💿Qashqadaryo viloyati - 119
💿Toshkent shahar - 167
💿Toshkent viloyati - 205
💿Navoiy viloyati - 58
💿Namangan viloyati - 31
💿Xorazm viloyati - 109
💿Jizzax viloyati - 58
💿Farg‘ona viloyati - 73
🌟Davlat kadastrlari palatasi - 114

📊 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

✉️ SAVOL: Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijara huquqi asosida kimlarga beriladi?

✍️ JAVOB: Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar ijara huquqi asosida quyidagilarga beriladi:

1) qishloq xo‘jaligi kooperativlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, shuningdek boshqa yuridik shaxslarga — tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun;

2) tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklari hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga — qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-sinov ishlarini bajarish uchun;

3) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun;

4) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — dehqon xo‘jaliklarini, yakka tartibda bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun.

****

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat mulkini ijaraga berish tartibi belgilandi


🇺🇿 Hukumat qarori (660-son, 14.12.2023 y.) bilan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📃 Nizomga ko‘ra, davlat mulkini ijaraga berish jarayoni har qanday jismoniy va yuridik shaxs (tashabbus ko‘rsatuvchi) tashabbusi asosida boshlanishi mumkin.

◼️Bunda tashabbus ko‘rsatuvchi bevosita Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markaziga yoki uning hududiy boshqarmalariga (ijaraga beruvchiga):

▫️davlat mulkining tavsifi va joylashgan joyini;
▫️balansda saqlovchini (bunday ma’lumotlarga ega bo‘lgan taqdirda) ko‘rsatgan holda taklifini yozma yoki elektron taqdim etadi.

◼️Takliflar shu kunning o‘zida ko‘rib chiqish uchun ijaraga beruvchiga yuboriladi.

Shunga ko‘ra, ijaraga beruvchi 2 kun muddatda balansda saqlovchiga davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha munosabat bildirish yuzasidan so‘rov yuboradi.

Ijaraga beruvchi balansda saqlovchining arizasi kelib tushgandan 2 kunda davlat mulkini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali onlayn-auksion savdosiga chiqaradi.

👉 Batafsil: https://uzdkp.uz/uz/davlat-mulkini-ijaraga-berish-tartibi-belgilandi/

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!


🫥 Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini qo‘lga kiritish uchun navbatdagi malaka imtihoni o‘tkaziladi.

📆 Imtihon kuni: 2023-yil, 21-dekabr,
🏪 soat 10:00, 11:00, 15:00, 16:00 da

⬇️ Manzil: Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati binosi.

📱 Imtihon jarayonlarini Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasi orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin.

Malaka imtihonida 40 nafar talabgorlar ishtirok etadi.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM