DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Prezident farmoni ijrosi taʼminlanmoqda

🇺🇿 Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi 119-sonli Farmoni qabul qilingan edi.

📃Ushbu Farmonning ijrosini taʼminlash bo‘yicha namuna sifatida Xo‘jayli va Taxiyatosh tumanlari tanlab olinib, ushbu tumanlarda turarjoy obyektlarida o‘rganish ishlari olib borilgan.

◼️Xo‘jayli tumani hokimligida xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashining navbatdan tashqari 75-sessiyasida Davlat kadastrlari palatasi Xo‘jayli tumani filiali boshlig‘i Q.Bayniyazov Farmonning ijrosining birinchi bosqichida olib borilgan ishlari haqida maʼlumot berdi.

◼️Unga ko‘ra, Xo‘jayli tumani hududida ishchi komissiyaga jami 1 410 ta yakka tartibdagi turarjoylar ro‘yxati taqdim qilinib, bugungi kunda tegishli komissiya tomonidan ularning 88 tasiga to‘liq ijobiy xulosa berilgan.

◼️Shuningdek, Taxiatosh tumani hokimiyatida bo‘lib o‘tgan sessiyada maʼlum qilinganidek, tuman hududida ishchi komissiyaga jami 661 ta yakka tartibdagi turarjoylar ro‘yxati ko‘rsatilib, bugungi kunda tegishli komissiya tomonidan 144 ta turarjoylarga to'liq ijobiy xulosa berilgan.

Farmonning ijrosi bo‘yicha tegishli ishlar davom etmoqda.

#DavKadastrPalata #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalari statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha haftalik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: 5-11-dekabr, 2023-yil

⚖️ Jami: 246 tа

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xalq xizmatida

🌟 "Kadastr aholi manfaatlari yo'lida" tamoyili asosida aholi hamda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolari joyiga borgan holda o'rganish maqsadida tashkil etilgan tashabbus o'z mahsulini berib kelmoqda.

◼️Bu kabi ishlar mazkur hafta Jizzax hamda Namangan viloyati tuman, shahar filiali xodimlari tomonidan bajarildi.  Bunda aholini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan kadastr masalasidagi muammolari ko'rib chiqilib, amaliy ko'mak va huquqiy tushunchalar berilmoqda.

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида пахта хомашёсини етиштириш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари муҳокама қилинди.

При Президенте Шавкате Мирзиёеве состоялось обсуждение мер по дальнейшему совершенствованию системы заготовки хлопка-сырца.

#Mirziyoyev #yigilish #paxtachilik #yangitizim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


◼️Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari quyidagi o‘lchamlarda ajratiladi:

- dehqon xo‘jaligini yuritish uchun (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno) — 0,06 gektardan 1 gektargacha;
- dehqon xo‘jaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan ayrim hududlarda — 0,06 gektardan 5 gektargacha;

◼️fermer xo‘jaliklariga va boshqa yuridik shaxslarga:
- sabzavotchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar;
- bog‘dorchilikka, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar;
- chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarni yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) — sug‘oriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar;
- paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 30 gektar;
- g‘allachilik va sabzavotchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar;

◼️agrosanoat klasterlari, shu jumladan kooperatsiya shaklidagi klasterlar uchun:
- paxtachilik-to‘qimachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 2000 gektar;
- g‘allachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 1000 gektar;
- sabzavotchilik va polizchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 200 gektar;
- bog‘dorchilik, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 100 gektar;
- chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) sug‘oriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎤🎤🎤🎤

Ijtimoiy tarmoqlarda bo'sh turgan yoki foydalanilmayotgan yerlarga kadastr qilish aksiyasi bo'layotganligi to'g'risida tarqalgan xabarlarga 📺«MY5» telekanalining "Markaziy studiya" ko'rsatuvida batafsil javob berildi.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

📁 Davlat kadastrlari palatasi respublika bo'yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 6-12 - dekabr, 2023-yil

▫️ O'tgan hafta davomida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 3 388 tani tashkil etdi.

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Milliy Yer hisobotini tuzish jarayonlari


🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 389-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari holati to‘g‘risida- har yili 1-yanvar holatiga Milliy hisobotini tuzish ishlari Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan bajarilishi belgilangan.

🌟Davlat kadastrlari palatasi raisining tegishli buyrug‘iga asosan, bugungi kunda belgilangan grafikka ko'ra hududlarda 2024-yil 1-yanvar holatiga Yer hisobotini tuzish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish hamda Milliy yer hisobotini yakunlash ishlari amalga oshirilmoqda.

💠 Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi xodimlari tomonidan aynan bugungi kunda dolzarb bo‘lgan yer hisobotini to‘g‘ri, sifatli yuritish va o‘z muddatida yakunlash yuzasidan tizimli ishlar bajarilib kelinmoqda.

➡️ Bu haqida yana qo‘shimcha ma'lumot taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #milliy_yer_hisoboti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Mamlakatimizda 39,4 % uy xo‘jaliklarida 6 va undan ko‘p kishilar istiqomat qilmoqda

🫥 2023-yilning yanvar-noyabr oylari holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida uy xo‘jaligi a’zolari soni quyidagicha taqsimlanishini ko'rish mumkin:

🧍 bir kishilik uy xo‘jaliklari – 3,0 %,

👫 ikki kishilik uy xo‘jaliklari – 7,0 %,

👨‍👩‍👦 uch kishilik uy xo‘jaliklari – 10,8 %,

👩‍👩‍👧‍👦 to‘rt kishilik uy xo‘jaliklari – 18,0 %,

👨‍👩‍👧‍👧🧍 besh kishilik uy xo‘jaliklari – 21,8 %,

👨‍👩‍👦👨‍👩‍👧 olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari – 39,4 %ni tashkil etmoqda.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥 Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

◼️So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

- familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
- pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSHSHIR ma’lumotlari);
- ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
- yashash manzili;
- elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
- ma’lumotnomaning hudud kesimida yoki respublika bo‘yicha bo‘lishi;
- obyekt joylashgan manzil;
- ma’lumotnoma davri (joriy holat yoki oxirgi 10 yillik davr).

🫥 Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa):

◼️Nomiga ma’lumotnoma berish so‘ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, u haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR) va yashash manzili.

◼️Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida.

◼️Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚📚📚📚

🌟Kadastr agentligi tomonidan barcha eski tizimlardagi ko‘chmas mulklarga oid maʼlumotlarni UZKAD axborot tizimiga o‘tkazish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

💻 Shu kunlarda agentlik mutaxassislari tomonidan navbatdagi 500 mingta noturar joy obyektlariga oid 4 milliondan ortiq ma’lumotlar UZKAD tizimiga o‘tkazish (migratsiya) ishlari amalga oshirilmoqda. Ko‘chmas mulk, uning egalari, unga bo‘lgan huquqlar to‘g’risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash o‘ta ehtiyotkorlikni talab qiladi. Migratsiya jarayonida qo‘shimcha mantiqiy tekshiruv va solishtiruv jarayonlarini ham joriy qilinganligi sabab, migratsiya jarayonlari belgilangan muddatdan ko‘p muddat talab qilmoqda.

🟢Hozirgi kunda 300 mingga yaqin ko‘chmas mulk obyektlari migratsiya qilinib, ushbu ko‘chmas mulklar bo‘yicha notarius, yagona portal va davlat xizmatlari markazlari orqali 2 mingga yaqin arizalar qabul qilindi.
Rejadagi yana 200 mingta obyektlar hozir migratsiya jarayonida. Ushbu jarayon hisob kitoblarimizga ko‘ra 19-dekabr kuniga qadar davom etadi.

Migratsiya jarayonidan o‘tib bo‘lgan ko‘chmas mulklar bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas.

O‘z navbatida keltirilgan noqulaylik uchun yurtimiz aholisidan yana bir bor uzr so‘raymiz.


📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur infografikada berilgan.

📆 Hisobot davri: 7-13-dekabr, 2023-yil

📁 Jami kelib tushgan: 10 317 ta
       Shakllantirilgan: 2 853 ta

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xizmat ko‘rsatish sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko'tarish
yo'lida

🧊 Ma'lumki, sifatli xizmatni yo‘lga qo‘yish, xizmat ko‘rsatish sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko'tarish hamda korrupsion xavfni oldini olish, unga qarshi kurashish bo‘yicha butun dunyoda bir qancha harakatlar amalga oshirib kelinadi. Qayd etish muhimki, bu yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tashkil etilgan va ular tomonidan dasturlar, standartlar ishlab chiqilgan. Yurtimizda ham mazkur yo‘nalishlarga xalqaro standardlarni joriy qilish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

🌟 Bugun Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatida "ALFAKON SYSTEMS" konsalting tashkiloti tomonidan halqaro standartlardan ISO 9001:2015 “Sifat menejmenti tizimi va talablar” mavzusida hamda ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi. Foydalanish bo‘yicha talablar va ko‘rsatmalar" mavzularida seminar tashkil etildi.

🤔 Unda seminar qatnashchilariga xalqaro standartlar darajasida xizmatlarni tashkil etish va korrupsion havfni oldini olish mavzularidagi ma’lumotlar taqdim etildi.

#DavKadastrPalata #xalqaro_standartlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM