DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xorazmda bir vaqtning o'zida 3 ta yangi bino foydalanishga topshirildi


⚡️ Bugun Xorazm viloyati kadastr xodimlari uchun quvonchli kun. Sababi, bir vaqtning o'zida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Hazorasp, Bog'ot, Shovot tuman bo'limlari hamda filiallarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev boshchiligida noan'anaviy tarzda o'tgan bu marosimda Shovot tumani filialida o'rnatilgan katta monitorlar orqali onlayn tarzda birvarakayiga uchta tumanda ramziy arqonlar kesildi.

🫥 Tantanali ochilish marosimida Xorazm viloyati boshqarma boshliqlari hamda viloyat va tuman hokimiyatidan mutasaddilar, Hazorasp hamda Bog'ot tuman bo'limi va filiallari ochilishida esa tuman hokimlik mas'ullari, mahalla nuroniylari hamda kadastr xodimlari ishtirok etishdi.

🎲 Zamonaviy moddiy-texnik bazasi, zamon talablariga mos telekommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan yangi binolarda majlislar zali, arxiv va ma'naviyat xonalari  hamda boshqa bo‘limlar uchun ish xonalari qurilib, yangi mebellar, zamon talablariga javob beradigan turli texnik vositalar bilan ta'minlandi.

📝 Viloyat va umuman tizim uchun ahamiyatli bo'lgan mazkur tantanali kun haqida batafsil tashqi OAVlar va video orqali yana ma'limot taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #yangi_bino

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi O'zbekistonda yangi tahrirdagi konstitutsiya


🇺🇿 📖O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 31 yil to‘ldi.

🇺🇿 Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi.

#DavKadastrPalata #Konstitutsiyaga_31_yil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

✉️ SAVOL: Dehqon xo'jaligiga berilgan yerlar qancha muddatga va qancha o'lchamdagi maydonlarda beriladi?

✍️ JAVOB: Dehqon xo‘jaligi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara (ikkilamchi ijara) huquqi asosida dehqon xo‘jaligi boshlig‘iga berilgan yer uchastkasi hisoblanadi.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun 0,06 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda yer uchastkalari beriladi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan ayrim hududlarda 0,06 gektardan 5 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda yer uchastkalari beriladi.

Fermer xo‘jaliklari yoki boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning asosiy ekindan bo‘shagan qismi oraliq qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish uchun 0,06 gektardan 10 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda 1 yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) berilishi mumkin.

****

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur infografikada berilgan.

📆 Hisobot davri: noyabr, 2023-yil

📁 Jami kelib tushgan: 64 192 ta
       Shakllantirilgan:  34 469 ta

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

E'LON!

⭐️ Kadastr agentligi axborot tizimlarida profilaktik ishlar amalga oshirish rejalashtirilganligi sababli joriy yilning 7-dekabr soat 20:00 dan 11-dekabr soat 11:00 ga qadar Davlat xizmatlari markazlari hamda Notarial idoralarida kadastr sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

⚙️ Shu boisdan hamyurtlarimizga tizimda texnik profilaktik ishlar tugallangunga qadar kadastr xizmatlaridan vaqtincha foydalana olmasliklarini ma'lum qilamiz.

▪️Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun


🇺🇿 🌏 Mustaqilligimizning dastlabki yillarida qabul qilingan Konstitutsiya bergan huquq va imkoniyatlar tufayli hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida ulkan yutuq va natijalar qoʻlga kiritildi. Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati boʻlgan bosh qomusimiz bilan har qancha faxrlansak, gʻururlansak arziydi.

📖 Yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi tomonidan yoqlab ovoz berish orqali qabul qilinganligi unda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topganligidan dalolat bermoqda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda davlat qurilishining yangi strategik maqsadi – ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berildi, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etildi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi.

🇺🇿 Konstitutsiya inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni, demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sadoqatimizni ko'rsatadi. Shu munosabati bilan, barcha O'zbek xalqini ulugʻ tarixiy sana - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz. Yurtimiz tinch, farovon, Mustaqil Vatanimizda xalqimizning qadr-qimmati va sha'ni doimo yuksak bo'lishiga tilakdoshman.

Davlat kadastrlari palatasi raisi
M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi O'zbekistonda yangi tahrirdagi konstitutsiya


🇺🇿 📖O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 31 yil to‘ldi.

🇺🇿 Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi.

#DavKadastrPalata #Konstitutsiyaga_31_yil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Markaziy apparat va hududlarda ramziy tadbirlar


🌟 Kuni kecha Davlat kadastrlari palatasida "8-dekabr - Konstitutsiya qabul qilingan kun", "9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni" hamda "10-dekabr - Davlat madhiyasi qabul qilingan kun" munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Rahbariyat boshchiligida bo'lib o'tgan uchrashuvda Markaziy apparat xodimlari ishtirok etishdi.

🇺🇿 Uchrashuvda Davlat kadastrlari palatasi Bosh yuriskonsulti N.Xodjamov hamda Korrupsiyaga qarshi kurash bo'limi boshlig'i A.Raxmatovlar ushbu kunlardagi muhim ma'lumotlar, Yangi tahrirdagi Konstitutsiya sharhi, qonunchilikdagi o'zgarishlar, korrupsiyaviy xatti-harakatlarni oldini olish va boshqa shu kabi masalalarda yig'ilganlarga ma'lumotlar berdilar.

🇺🇿 Shu jumladan, hududiy boshqarmalarda ham bayram tadbirlari munosib o'tkazildi.

▫️Namangan viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Toshkent shahri
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Navoiy viloyati

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#dron_shou

🟢7-декабр куни Тошкент шаҳридаги "Янги Ўзбекистон боғида 👌 дронлар шоуси бўлиб ўтди!

👌Дронлар шоуси 8-декабр 🇺🇿Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 31-йиллиги муносабати билан ўтказилди.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni

🖥 2003-yil 9-dekabr kuni Meksikada BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolangan.

📃 Taʼkidlash joizki, O'zbekiston tarixida ilk bor korrupsiya so‘zi Konstitutsiyada qo‘llanilib, korrupsiyaga qarshi kurashish vazifasi Bosh qomus darajasida mustahkamlandi.

💠 Demokratik islohotlar xalqimiz orzu qilgan ochiq va adolatli jamiyat, qudratli davlat barpo etishga zamindir. Qayd etish kerakki hozirda bu illatni batamom yo'q qilish yo'lida:
▫️ochiq eʼlon qilinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar ro‘yxati kengaytirildi;

▫️korrupsiya to‘g‘risida xabar beruvchilarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari yaratildi;

▫️korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha milliy ekspertlar jamoasi shakllantirildi;

▫️NNTlar uchun davlat grantlari, ijtimoiy buyurtmalar soni va ajratilayotgan mablag‘lar miqdori oshirilmoqda;

▫️“Ochiq Hukumat hamkorligi” xalqaro tashkilotiga O‘zbekistonning aʼzo bo‘lishi v.b. kabilar shular jumlasidandir.

⭐️ Shuningdek, alohida qayd etish lozimki, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Kadastr agentligi o‘rtasida tasdiqlangan 2023-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan hamkorlikda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

▪️Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini samarali joriy etish maqsadida 12 tadan ortiq ichki idoraviy hujjat qabul qilindi.

▪️ “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” (ISO 37001:2016) joriy etildi hamda 22 nafar xodim xalqaro standart bo'yicha malaka sertifikatiga ega bo'ldi.

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM