DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrchilar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini bellashuvlari


🫥 Kuni kecha Kadastr agentligi tashabbusi bilan tizim tashkilotlararo "Zakovat" intellektual o'yini tashkil qilindi.

◼️Ushbu o'yinda Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi hamda uning Toshkent viloyati , Toshkent shahar boshqarmalari va boshqa tizim tashkilotlardan iborat jamoalar o'zaro bellashdilar.

◼️ Davlat kadastrlari palatasidan "DKP zukkolari" , " Besh yulduz" va "Markaz liderlari" jamoalari ishtirok etib, ijobiy natijalar ko'rsatishdi.

◼️Qiziqarli bahs va munozaralarga boy o'tgan "Zakovat" intellektual o'yinida:

I o'rin - "Kosmos" jamoasi;
II o'rin - "Ishonch" jamoasi;
III o'rin - "UZKAD" jamoasiga berildi.

◼️Shu jumladan, qolgan jamoalardan ishtirokchilar ham turli nominatsiyalar bo'yicha Kadastr agentligi rahbariyati tomonidan taqdirlandilar. "Eng faol xodim" nominatsiyasi bo'yicha Davlat kadastrlari palatasi xodimi Dilmurod Ergashev munosib taqdirlandi.

#DavKadastrPalata #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr muhandisining malaka imtihonlari

💠 Xabaringiz bor, Hukumatning 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarorigadagi “Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning” ma'muriy reglamentiga muvofiq kadastr muhandisini qo‘yilgan talablarga mos kelishini tekshirish maqsadida komissiya tomonidan malaka imtihonilari o'tkazilmoqda.

⚡️Bugun ham,  Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida navbatdagi malaka imtihoniga kelgan 40 nafar talabgorlar test sinovlari ko'rinishida malaka imtihonlarini topshirishmoqda.

◼️Malaka imtihonlarini kunning 4 vaqtida, ya'ni 10:00, 11:00, 15:00,16:00 soatlarda o'tkazilmoqda va jarayonlarni jonli ravishda Kadastr agentligining You Tube kanalida kuzatish mumkin.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalari statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha oylik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: noyabr, 2023-yil

⚖️ Jami: 697 tа

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zbekiston MDH davlatlari orasida aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha 7-o‘rinda


📊 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi har bir aholiga umumiy yashash maydonidan o‘rtacha 18,5 kvadrat metrni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 0,3 kvadrat metrga oshgan.

◼️2023-yilning 1-yanvar holatiga MDH davlatlarida aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi (har bir aholiga umumiy yashash maydonidan o‘rtacha to‘g‘ri keladigan kvadrat metr):

— Armaniston – 35,5 kv. m.
— Moldova – 35,3 kv. m.
— Belarussiya – 29,4 kv. m.
— Rossiya – 28,2 kv. m.
— Qozog‘iston – 23,4 kv. m.
— Ozarbayjon – 20,1 kv. m.
— O‘zbekiston – 18,5 kv. m.
— Qirg‘iziston – 13 kv. m.
— Tojikiston – 10,9 kv. m.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi
respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: noyabr, 2023-yil

▫️ Noyabr oyi oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 58 302 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xalq xizmatida


🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan yo'lga qo'yilgan "Kadastr aholi manfaatlari yo'lida" tamoyili asosida fuqaro va tadbirkorlarni uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o'rganish maqsadida tashkil etilgan tashabbus o'z ishini davom ettirmoqda.

"Mahallabay" , "Xonadonbay" o'rganish ishlari mazkur hafta quyidagi hududiy boshqarmalar tuman, shahar filial xodimlari tomonidan amalga oshirildi:

▫️Andijon viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Surxondaryo viloyati

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xorazmda bir vaqtning o'zida 3 ta yangi bino foydalanishga topshirildi


⚡️ Bugun Xorazm viloyati kadastr xodimlari uchun quvonchli kun. Sababi, bir vaqtning o'zida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Hazorasp, Bog'ot, Shovot tuman bo'limlari hamda filiallarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev boshchiligida noan'anaviy tarzda o'tgan bu marosimda Shovot tumani filialida o'rnatilgan katta monitorlar orqali onlayn tarzda birvarakayiga uchta tumanda ramziy arqonlar kesildi.

🫥 Tantanali ochilish marosimida Xorazm viloyati boshqarma boshliqlari hamda viloyat va tuman hokimiyatidan mutasaddilar, Hazorasp hamda Bog'ot tuman bo'limi va filiallari ochilishida esa tuman hokimlik mas'ullari, mahalla nuroniylari hamda kadastr xodimlari ishtirok etishdi.

🎲 Zamonaviy moddiy-texnik bazasi, zamon talablariga mos telekommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan yangi binolarda majlislar zali, arxiv va ma'naviyat xonalari  hamda boshqa bo‘limlar uchun ish xonalari qurilib, yangi mebellar, zamon talablariga javob beradigan turli texnik vositalar bilan ta'minlandi.

📝 Viloyat va umuman tizim uchun ahamiyatli bo'lgan mazkur tantanali kun haqida batafsil tashqi OAVlar va video orqali yana ma'limot taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #yangi_bino

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM