#Xayr_Vatanim
#Turkiya
Men albatta ğalaba bilan qaytaman. Kelajagi buyuk davlatning, yoshlari ham buyuk marralarni egallamoği darkor!
@DMALAK_uz

Сен мени соғиндинг,мен эсламадим,
Бошқага аталди меҳрли хатим,
Ўзинг бахтимдирсан,ўзинг омадим,
Музлаган дилимни ўйгим келяпти.
Она,кўксингга бош қўйгим келяпти.
Сабримни синашди сабрдошларим,
Қадримни билмади қаламқошларим,
Бўғзимдан ўтмайин қолди ошларим,
Барини эртакка йўйгим келяпти,
Она,кўксингга бош қўйгим келяпти.
Кимга орзу, кимга бир ҳавас дунё,
Кимга узун, кимга бир нафас дунё,
Битта кипригингга арзимас дунё,
Кулчаларинг ҳидлаб тўйгим келяпти,
Она, кўксингга бош қўйгим келяпти.
Яхшилик қилгандан миннатни кўрдим,
Савоб-у гуноҳни, суннатни кўрдим,
Сенинг нигоҳингда жаннатни кўрдим,
Суйсам, фақат сени суйгим келяпти,
Она, кўксингга бош қўйгим келяпти.
Фаришта юзингни бир силаб қўяй,
Оёғинг оғриса, уқалаб қўяй,
Қалбимга меҳрдан ўт қалаб қўяй,
Алла айт, онажон, уйқум келяпти,
Она, кўксингга бош қўйгим келяпти.
Чақирсанг ёнингга чопаман,она,
Бахтимни пойингдан топаман, она,
Юрган йўлларингни ўпаман, она,
Суйсам,фақат сени суйгим келяпти,
Она,кўксингга бош қўйгим келяпти.
Ё.Ҳайитбоев.
Сен мени соғиндинг,мен эсламадим,
Бошқага аталди меҳрли хатим,
Ўзинг бахтимдирсан,ўзинг омадим,
Музлаган дилимни ўйгим келяпти.
Она,кўксингга бош қўйгим келяпти.
Сабримни синашди сабрдошларим,
Қадримни билмади қаламқошларим,
Бўғзимдан ўтмайин қолди ошларим,
Барини эртакка йўйгим келяпти,
Она,кўксингга бош қўйгим келяпти.
Кимга орзу, кимга бир ҳавас дунё,
Кимга узун, кимга бир нафас дунё,
Битта кипригингга арзимас дунё,
Кулчаларинг ҳидлаб тўйгим келяпти,
Она, кўксингга бош қўйгим келяпти.
Яхшилик қилгандан миннатни кўрдим,
Савоб-у гуноҳни, суннатни кўрдим,
Сенинг нигоҳингда жаннатни кўрдим,
Суйсам, фақат сени суйгим келяпти,
Она, кўксингга бош қўйгим келяпти.
Фаришта юзингни бир силаб қўяй,
Оёғинг оғриса, уқалаб қўяй,
Қалбимга меҳрдан ўт қалаб қўяй,
Алла айт, онажон, уйқум келяпти,
Она, кўксингга бош қўйгим келяпти.
Чақирсанг ёнингга чопаман,она,
Бахтимни пойингдан топаман, она,
Юрган йўлларингни ўпаман, она,
Суйсам,фақат сени суйгим келяпти,
Она,кўксингга бош қўйгим келяпти.
Ё.Ҳайитбоев.
Forwarded from .
11.08.2021
#Turkiya
Ba'zi narsalarning takrori yoqdir.....
HAYOT kabi...
ISHQ kabi...
Umr kabi...
SEN kabi...❤️
@DMALAK_uz
#Turkiya
Ba'zi narsalarning takrori yoqdir.....
HAYOT kabi...
ISHQ kabi...
Umr kabi...
SEN kabi...❤️
@DMALAK_uz
#Turkiya
#Adalar_Oroli
Turkiyaning Adalar oroliga sayohat
Garchi hayotimiz o'zimizniki bo'lsada, ba'zan eng hayratlanarli sarguzashtlar huzurini o'zimizdan o'zimiz qizg'onamiz...
Kemalar Eminonudan o'sha buyuk orol tomon harakatlanar ekan, dengiz qushlarining orolga qadar hamrohligi, quyoshning suv yuziga chizayotgan naqshinkor suratlari, dengiz shamolining oshkora emas, balki qulog'ingga kelib jarangdor shivirlashi seni yo'l bo'yi hayratga solib boradi.
Ko'zlaringni yumishing bilan biroz avval ular qamrab olgan oxirgi manzara qorong'ilik ichra gavdalanadi. Ko'z ochganingda esa suv ustidagi olovrang ko'rpa allaqachon bir chetga olingan, quyosh yuziga parda tortib, osmon bilan sirlashayotgan mahalda orol seni qarshi oladi. Ochiqqaningni his etasan. Shundoqqina sohil bo'yidagi tamaddixona eng mazali baliqlar ta'mini tuyasan. Senga havas bilan tikilib, yelkang uzra uchib kelayotgan dengiz qushlari olamni boshiga ko'taradi. Ularning chorlovida hayot falsafasini ilg'agandek bo'lasan:
"Kel, biz bilan birga erkinlik zavqini his et!"
Orol manzarali daraxt gullarga to'la. Vilosipedda aylanib chiqish eng to'g'ri yo'l.
Cho'milish nuqtalari oddiy, ammo orol suvini shifobaxsh deyishadi. Bu yerda turli millatli kishilarni uchratasan. O'zing bilan olib kelgan sochiqni yashil maysalar ustiga hozib, 2 soat mizg'ib olishga ham vaqt bo'ladi. Eng sokin uyqu. So'ng uyqusirab, kechki soat 7da jo'nab ketadigan kemaga ulgurish uchun shoshasan. Bir yarim soatlik sarguzashtli yo'l haqi 20 ming so'm. Bu paytda ayni quyosh botayotgan mahal bo'ladi.
Dengizdagi tillarang chiziq kema bilan birga harakatlanib boradi. Olislardan kelib, yuzingga urilayotgan shamolning ko'rinmas raqsini qalban his etasan. Go'yoki o'rningdan turib, uning o'ng qo'lidan tutib, biroz birga raqs tushgandek bo'lasan. Ammo u muloyimlik bilan uzr so'rab, o'rnini boshqasiga bo'shatadi va yana manzili tomon oshiqadi.
Portda kemalar harakati to'xtamaydi. Bosfor o'z qiyofasini o'zgartirgan, atrofda miltillayotgan chiroqlar ta'sirida paydo bo'lgan guldor ko'ylagini ko'z-ko'z qilmoqda edi.
Bir kun davomida ko'z ko'rib, quloq eshitganini, qalb his etganini kameralar aks ettira olmadi. Shunchaki bu huzurli onlar tasavvurning zarhal harflari bilan inson xotirasida bir umrga qayd etib qolinayotgan edi. Buni esa faqat o'zimizga o'zimiz ravo ko'ra olamiz.
#Uxlatildi........
https://t.iss.one/DMALAK_uz

Telegram
🇺🇿
✍️Kelajakda kim bo'lishimni bilmaymanu, ammo qandaydir buyuk ishlar qilish uchun dunyoga kelganimni bilaman!
🇺🇿Xalq ta'limi vazirining Yoshlar masalalari bo'yicha o'rinbosari! 🇺🇿22.09.2021
KHOREZM TIMES asoschisi
Nobel_1_O'zbekiston (InshaAllah🤲)

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон ва Туркия Президентлари телефон орқали мулоқот қилдилар.
Икки мамлакат етакчилари Ўзбекистон билан Туркия ўртасидаги стратегик шериклик муносабатларининг ҳозирги ҳолати ва истиқболларини муҳокама қилдилар. Шунингдек, Марказий Осиё минтақасидаги вазият, хусусан, Қозоғистонда вужудга келаётган ҳолат юзасидан фикр алмашдилар.
Давлат раҳбарлари вужудга келган ҳолатни тинч йўл билан ҳал қилишга чақириб, зўравонлик ва вазият кескинлашувига йўл қўймаслик муҳимлигини таъкидлаб ўтдилар.
https://president.uz/uz/4908
--
Президенты Узбекистана и Турции провели телефонный разговор.
Лидеры двух стран обсудили текущее состояние и перспективы узбекско-турецких отношений. Состоялся также обмен мнениями о ситуации в Центральной Азии, в частности о складывающейся обстановке в Казахстане.
Вместе с тем главы государств призвали к мирному урегулированию ситуации, подчеркнув важность недопущения насилия и эскалации.
https://president.uz/ru/4908
#Mirziyoyev #muloqot #Turkiya #hamkorlik