O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasdiqlanganiga 33 yil to‘ldi — bu davlat mustaqilligining eng muhim ramzlaridan biridir.
Gerb 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida rasman qabul qilingan bo‘lib, unda o‘zbek xalqining tabiiy boyliklari, tarixiy merosi va milliy qadriyatlari aks etgan.
Gerb kompozitsiyasida yurtimizning go‘zalligi va mo‘l-ko‘lligi tasvirlangan: bug‘doy va paxta tolalaridan iborat guldasta, tog‘lar va daryolar, quyoshning charaqlagan nuri hamda afsonaviy Humo qushining timsoli — erkinlik, tinchlik va baxt ramzi sifatida. Ushbu elementlar tabiat, xalq va davlat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’kidlaydi.
Barchangizni ushbu muhim sana bilan tabriklaymiz va har bir vatandoshimizni milliy ramzlarimizdan faxrlanishga chorlab qolamiz.

Togʼ-kon sanoati va geologiya vazirligi xodimlari uchun “Oʼzbekiston boʼylab sayohat qil” loyihasi doirasida Fargʼona vodiysiga sayohat tashkil etildi.
Xodimlar oʼrtasida tarixiy-madaniy merosni keng targʼib qilish, vatanparvarlik, milliy gʼurur va qadriyatlarga sadoqat tuygʼularini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbir mamlakatimizning eng qadimiy va betakror madaniy merosga ega hududlaridan biri Fargʼona vodiysiga amalga oshirildi.
Xususan, vazirlik xodimlari Fargʼona, Qoʼqon, Margʼilon va Rishton shaharlariga tashrif buyurib, viloyatning tarixiy yodgorliklari, amaliy sanʼat markazlari, zamonaviy turizm infratuzilmasi hamda hunarmandchilik anʼanalari xususida maʼlumotga ega boʼldilar.

Qoʼqon shahri Fargʼona vodiysining yuragi, qadimiy tarixga ega. Bu joy madaniyat va siyosat markazi sifatida xodimlarda katta qiziqish uygʼotdi. Ishtirokchilar Qoʼqon xonligi davridagi meʼmorchilik yodgorliklari, xususan, Xudoyorxon saroyini ziyorat qilib, Qoʼqon shahrining oʼziga xos madaniy muhiti bilan tanishdilar.
Shuningdek, Rishton kulolchilik sanʼatining beqiyos namunalari bilan dong taratgan bu shaharda xodimlar Rishton kulollarining qoʼl mehnati mahsuli boʼlgan noyob sirli idishlar, milliy bezak sanʼati va avloddan-avlodga oʼtib kelayotgan hunarmandchilik maktabi bilan tanishdilar.
Margʼilon qadimiy ipak yoʼlining muhim markazlaridan biri sifatida xodimlarni oʼzining atlas va adras toʼqish anʼanalari, hunarmandlar mahallalari va xalq amaliy sanʼati muzeylari bilan hayratga soldi. Ustaxonada atlas toʼqish jarayonini bevosita kuzatish va oʼzlari ham ishtirok etish imkoniga ega boʼlishdi.