Chinoz tumani IM 🇺🇿
1.16K subscribers
5.71K photos
745 videos
294 files
1.13K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
Download Telegram
#imtihon_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🤩 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

🔔Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 7–9-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi.

Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5–10-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7–10-sinflarga o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 105 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (105 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


📩 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

📍Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📨 Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍5
#imtihon_2025
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 Hurmatli ota-onalar!

📆 7-8-iyul kuni ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi!

⚡️ Kirish imtihonlarida quyidagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so‘raladi:

🗣Jumladan:

✔️ Farzandingizni imtihon o‘tkaziladigan belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim;

✔️ Issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring;

✔️ Imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning);

✔️ Ushbu tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon vaqtida o‘zini qulay va xotirjam his etishiga yordam beradi.

Yodingizda bo‘lsin: imtihonda “yordam” berishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Bu firibgarlikdir!

🔖 Farzandingizning bilimi — uning yagona natijasidir!

❗️MAʼLUMOT UCHUN: TALABGORLAR IMTIHON BOSHLANISHIDAN 1,5 SOAT OLDIN TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI HAMDA RUXSATNOMA BILAN KELISHLARI SHART.

📱 1-smena: soat 8:00 da
📱 2-smena: soat 12:00 da
📱3-smena: soat 17:00 da

📞 Savollar bo‘yicha: 1206

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👌1
#imtihon_2025
#prezident_maktablari

📣 DIQQAT E‘LON!

Prezident maktablariga hujjat topshirib, 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar va ularning ota-onalari!

📆 27-IYUL kuni Prezident maktablariga kirishning ikkinchi bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

📲 Imtihonga ruxsatnoma olish uchun ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga SMS-xabarnoma yuborildi.

🔗 Ruxsatnomani yuklab olish havolasi:
https://ariza.piima.uz/application/cabinet

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 1206

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube