Chinoz tumani IM 🇺🇿
1.18K subscribers
5.58K photos
740 videos
294 files
1.12K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
Download Telegram
#Ixtirochilikka_qadam
#Chinoz_IM

🏢 Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari orasidan iqtidorli yoshlarni topish va ularni o‘zlari qiziqqan sohalarga yo‘naltirish, ilmiy-texnik ijodkorligi va ixtirochiligini rag‘batlantirish hamda innovatsion faolligini oshirish va qo‘llabquvvatlash maqsadida o‘quvchilari o‘rtasida 📚ta’lim, 💻axborot texnologiyalari, 🔋yashil energiya, 🌱ekologiya, 🌏iqlim o‘zgarishi va 🌾qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishni nazarda tutuvchi “Ixtirochilikka qadam” tanlovining 1- bosqichi o'tkazildi.



📲🌐Chinoz tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi
https://t.iss.one/Chinoz_im_piima
#ixtirochilikka_qadam
#tuman_shahar_bosqichi

⚙️ "IXTIROCHILIKKA QADAM" RESPUBLIKA TANLOVINING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI OʻTKAZILADI

🗣Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta taʼlim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumtaʼlim maktablarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi "Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovining maktab bosqichi oʻtkazilgan edi.

📆 Joriy yilning 12-, 13-, 14-dekabr kunlari mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda tanlovning maktab bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar o‘z loyihalari bilan ishtirok etadilar.

❗️Tanlovda ishtirokchilar individual yoki jamoa sifatida ishtirok etishlari mumkin. Bunda jamoa a’zolarining soni 3 nafardan oshmasligi kerak.

🌐 Tanlov haqida ixtirochi.piima.uz sayti orqali batafsil maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM