Forwarded from Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
#Live
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2024-yil 11-iyun kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorovga “Tashabbusli budjet asosida shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirish va ularning natijadorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” Qonunchilik palatasining parlament so‘rovi yuborilgan edi.
Unda fuqarolar takliflari asosida shakllangan “Tashabbusli budjet” loyihasini yanada takomillashtirish, tanlov g‘oliblarini aniqlashda inson omilini mumkin qadar qisqartirish borasida ko‘rilayotgan choralar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirishlar berish so‘ralgandi.
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar mazkur parlament so‘roviga yuborilgan javobni ko‘rib chiqdilar.
Parlament so‘rovi javobida keltirilishicha, fuqarolar takliflar asosida shakllangan “Tashabbusli budjet” loyihasini yanada takomillashtirish, ilg‘or axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda aholining faol ishtirokini yanada kengaytirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Tashabbusli budjet jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida ovoz berish bosqichini xaqqoniy o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida joriy yil birinchi mavsumdan boshlab “Bir fuqaro-bir ovoz” tamoyili joriy etildi. Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida “Ochiq budjet” portalining “Android” va “IOS” tizimlarida ishlaydigan mobil ilovasi ishlab chiqildi.
Shuningdek, ovoz berish imkoniyatini beruvchi “Telegram” botlar ishga tushirildi. Fuqarolarga g‘olib loyihalarni moliyalashtirish holatini real-vaqt ko‘rinishda kuzatib borish imkoniyati (xronologiya bo‘limi) joriy etildi.
Bundan tashqari, keng jamoatchilik va deputatlarning takliflarini inobatga olib amaldagi tartibga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda:
—aholi soni kichik bo‘lgan mahallalarning g‘olib bo‘lish imkoniyatini yaratish maqsadida doimiy tarzda g‘olib bo‘lib kelayotgan mahalla(tashkilot)larga tanaffus e’lon qilish amaliyotini joriy etish;
— xodimlarni majburiy ovoz to‘plashga jalb etish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha maqsadida ovoz berish bosqichi muddatini 10 kunga kamaytirish, majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni g‘olib loyihalar ro‘yxatidan chetlatish amaliyotini joriy etish;
—xalq deputatlari hududiy kengashlarining vakolatlarini kengaytirish maqsadida tuman (shahar) budjetidan qo‘shimcha mablag‘ ajratish hisobiga g‘olib bo‘lmagan loyihalarni qo‘shimcha g‘olib sifatida e’lon qilish amaliyotini joriy etish nazarda tutilmoqda. Ushbu hujjat loyihasi ishlab chiqilib ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Oliy Majlis Senatiga taqdim etilgan.
Majlisda qayd etilganidek, “Tashabbusli budjet” loyihalarini shakllantirish, loyihani tanlash, tanlov g‘oliblarini aniqlashda inson omilini imkon qadar qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlar qilinmoqda. Jumladan, jihozlash loyihalarini shakllantirishni tartibga solish maqsadida joriy yildan boshlab jihozlash bilan bog‘liq barcha loyihalar elektron reyestr asosida tegishli vazirliklar tomonidan taqdim etilgan va ruxsat etilgan tovar va jihozlar asosida shakllantirish tizimi joriy etildi.
Ichki yo‘llar bo‘yicha loyihalarni shakllantirishda yo‘lning uzunligidan kelib chiqib, loyiha qiymati Portal tomonidan avtomatik tarzda hisoblab chiqilishi joriy etildi. Ishchi komissiya tomonidan loyihalarni saralab olish to‘liq avtomatlashtirilib, saralash bosqichi shaffof tarzda amalga oshirilishi ta’minlandi.
Shu bilan birga, “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2023-yil va 2024-yilning o‘tgan davrida ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Majlisda parlament so‘roviga berilgan javobda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar taqdim etilganligi qayd etilib, J.Qo‘chqorovning javobi ma’lumot uchun qabul qilindi.
Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO