Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.23K subscribers
41K photos
5.11K videos
55 files
17.7K links
Download Telegram
#Sessiya

SHAHAR KENGASHI SESSIYASIDA

Bugun shahar hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyani Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Murodjon Abdurahimov olib bordi.

Unda 2025-yilda Chirchiq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi, “Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish va aniqlangan muammolarni hal etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni tasdiqlash hamda Kengashning “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish yakuniga koʻra “gʻolib” deb topilgan takliflarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartirish kiritish borasidagi masalalar koʻrib chiqildi.


Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlarning fikr-mulohazalari tinglandi va tegishli vazifalar belgilab olindi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Narimon Umarov ishtirok etdi.


💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Вашингтон шаҳридаги Рональд Рейган номидаги аэропорт ҳудудида юз берган фожиали авиаҳалокат оқибатида кўплаб инсонлар ҳалок бўлгани муносабати билан  Америка Қўшма Штатлари Президенти Дональд Трампга таъзия мактуби йўллади.

Давлатимиз раҳбари марҳумларнинг оила аъзолари ва яқинларига, бутун Америка халқига чуқур ҳамдардлик изҳор этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил соболезнования Президенту Соединенных Штатов Америки Дональду Трампу в связи с многочисленными человеческими жертвами в результате трагической авиакатастрофы над аэропортом имени Рональда Рейгана в городе Вашингтоне.

Глава нашего государства выразил искренние слова сочувствия и поддержки членам семей и близким погибших, всему американскому народу.

Facebook|Instagram|X
#об_ҳаво

☀️🌥🌧 Январь ойининг сўнгги кунида Тошкент вилоятида қандай об-ҳаво кузатилади?

Гидрометеорология марказининг хабар беришича, бугун, 31 январь куни Тошкент вилоятида ҳаво ўзгариб туради, баъзи жойларда бироз қор ёғиб, туман тушиши мумкин. Ғарбдан секундига 7-12 метр тезликда шамол эсади.

Ҳарорат кечаси 0-5 даража совуқ, кундузи 2-7 даража илиқ бўлади.

Тоғли ҳудудларда
ҳаво ўзгариб туради, вақти-вақти билан қор ёғиб, туман тушиши мумкин. Ғарбдан секундига 7-12 метр тезликда шамол эсади.

Кечаси 7-12, кундузи 2-7 даража совуқ бўлади.

📍 Тезкор янгиликларни биз билан кузатинг!

@haqiqatonline_24
👍3
#Bildirish

Hurmatli hamshaharlar ‼️
 
📌 Chirchiq shahar hokimligi mutasaddilari tomonidan sizning taklif va muammolaringiz doimiy tarzda oʻrganilib, yechimi topib kelinmoqda. Shuningdek, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida shahar hokimining murojaatlar uchun kanali yoʻlga qoʻyilgan.

🔈 Sizning kuz-qish mavsumi, shuningdek, boshqa muammolar yuzasidan murojaatlaringizni
👉 https://t.iss.one/murojaathokimlik
ga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllashingiz mumkin. Sizning masalangiz tegishli mutasaddilarga yoʻnaltiriladi va tez fursatda koʻrib chiqilib, ijrosi taʼminlanadi. Har bir murojaat shahar hokimi tomonidan qat’iy nazorat qilinadi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
“Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida “Xotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati davomida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik, ajrimlarni oldini olish hamda oilalarda farzand tarbiyasiga ta’sir qiluvchi salbiy oqibatlar bo‘yicha ma’ruzalar eshitildi.

Davra suhbatida Chirchiq shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Y.Jumayeva, "Oqila ayollar" jamoatchilik harakati rahbari M.Turayeva, shahar bosh otin oyisi L.Majitova qatnashdi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
#Seminar

Joriy yil 30-yanvar kuni Chirchiq shahar Adliya boʻlimi boshligʻi X.Saypiyev, Chirchiq shahar hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari M.G‘ulomov hamda shahar hokimligi ijro intizomi bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Israilovalar tomonidan shahar hokimligi majlislar zalida hokimlik apparat xodimlari, shahar korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ularning ijro intizomi bo‘yicha mutaxassislariga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2025-yil 13-yanvardagi topshirig‘iga muvofiq tasdiqlangan grafikka asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yilda “ijro.gov.uz” tizimida nazorat topshiriqlari ijrosi samaradorligi yakunlari, aniqlangan kamchilik va muammolar, shuningdek bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan kelgusida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha shaxsiy mas’uliyati to‘g‘risidagi topshiriqlariga asosan iqtisodiy o‘qish tashkil etildi.

Mazkur iqtisodiy o‘qishda barcha mas’ullarga kelgusida ijro intizom bo‘yicha shaxsiy mas’uliyatni yanada oshirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM