Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.5K subscribers
36.8K photos
4.45K videos
17 files
15.9K links
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.).

Batafsil infografikada👆

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

✔️ Fuqarolar tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi shartlarga rioya etilishi lozim:

🔸mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

🔸mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy yoki yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

🔸mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi.

📁 Reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka eʼlon qilinadi.

Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yangi yil bayramida dam olish kunlari belgilandi


⚡️“Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko'chirish to'g'risida”gi Prezident qarori (452-son, 24.12.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – payshanba kuniga ko'chirildi hamda 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2 yanvar – payshanba qo'shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

📌 Yangi yil bayrami arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:

🔹28 dekabr (shanba)5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni);

🔹29 dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni;

🔹30 dekabr (dushanba) — qo'shimcha dam olish kuni;

🔹31 dekabr (seshanba) — qo'shimcha dam olish kuni;

🔹1 yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami;

🔹2 yanvar (payshanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM