Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.23K subscribers
41K photos
5.11K videos
55 files
17.7K links
Download Telegram
#Toshkent_harbiy_okrugi

🔰Chirchiq garnizonidagi harbiy qismda Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilarining farzandlariga harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan "Yangi yil" sovg‘alari topshirildi.

Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
#Sport
#Jarayon

Bugun Chirchiq shahar hokimi Davron Xidoyatov Chirchiq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo’lib u yerda Erkin kurash, Yunon rum va Dzyudo kurash turlari bo’yicha shug’illanayotgan bolajonlarni mashg’ulotlarini hamda boks zali, og’ir atletika zallari va suv hazasida olib borilayotgan qurilish ishlarini ko’zdan kechirdi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2
#Bayonot

Xalq deputatlari Chirchiq shahar kengashi deputati J.Toʻlaganovning bugun boʻlib oʻtgan Xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasi haqidagi tanqidiy fikrlariga rasmiy munosabat

Bugun Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshent viloyati Kengashining navbatdagi 86-sessiyasi oʻtkazildi. Jahongir Toʻlaganov sessiyada oʻziga soʻz berilmagani haqida bildirgan.

Sessiyaga joylardagi mahalliy kengashlar deputatlari ham taklif etildi. Sessiyada jami 3 nafar maʼruzachi qatnashdi, 7 ta deputat savol berdi, muhokamada qatnashdi. Xususan, hududiy kengashlardan Qibray tumani Kengashi deputati Olim Sulaymonov savol va takliflari bilan muhokamada ishtirok etdi.

Chirchiqdagi studiyadan qatnashgan Jahongir Toʻlaganovga viloyat kengashi sessiyasida soʻz berilmagani bahsli holat boʻlib, vaziyat oʻrganilda texnik xatolik sabab ekani aniqlandi. Zoyir Mirzayevning topshirigʻi bilan bu holat boʻyicha masʼul texnik xodim ogohlantirildi.

Xalq deputatlari viloyat va shahar, tumanlar kengashlariningg kengaytirilgan qoʻshma yigʻilishi boʻlgani sababli, sessiyada soʻzga turli sabablar bilan chiqmagan deputat savol yoki takliflarni yozma ravishda bildirish huquqiga ega. Ularning har qanday taklif yoki mulohazalari tegishli tartibda oʻrganib chiqiladi va taklif asosli boʻlsa, yigʻilish qaroriga oʻzgartish kiritilishi mumkin.

Jahongir Toʻlaganov singari faol deputatlarning taklifini eshitmaslik nooʻrin boʻlar edi. Biz sessiyada kimgadir soʻz bermaslik kabi xunuk holatlarga mutlaqo qarshimiz, bu vaziyatga ham bevosita viloyat sessiyada qatnashgan masʼul sifatida qandadyir siyosiy tus berilishi qoʻpol xato, deb hisoblayman.

Xalq deputatlari Chirchiq shahri kengashi deputati J.Toʻlaganov bugun ijtimoiy tarmoq orqali bildirgan taklif va mulohazalari oʻrganib chiqiladi va bu boʻyicha qoʻshimcha rasmiy munosabat beriladi.

Otabek Anarov,
Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi kotibiyati mudiri.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7