Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.24K subscribers
40.9K photos
5.1K videos
55 files
17.7K links
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бирлашган Араб Амирликлари Президенти Муҳаммад бин Зоид Ол Наҳаённинг таклифига биноан Дубай шаҳрида ўтаётган БМТ Иқлим ўзгариши бўйича конференциясининг (COP28) асосий ялпи сессияси ишида иштирок этди.

По приглашению Президента Объединенных Арабских Эмиратов Мухаммада бин Заида Аль Нахайяна Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в работе основной пленарной сессии Конференции ООН по изменению климата (СОР28), проходящей в эти дни в городе Дубае.

#Mirziyoyev #sammit #COP28 #tashabbuslar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев COP28 саммитида: "Иқлим муаммолари барқарор ривожланиш йўлида энг асосий таҳдидга айланиб улгурди"

Президент Шавкат Мирзиёев на саммите COP28: "В настоящее время изменение климата стало самым главным вызовом на пути устойчивого развития во всем мире"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Men_donor

"BOR MEHRIMIZ SENGA BOLAJON" SHIORI OSTIDA QON TOPSHIRISH AKSIYASI O‘TKAZILDI


8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan bugun 1-dekabr kuni Chirchiq shahridagi Toshkent viloyati qon quyish markazida “Bor mehrimiz senga bolajon” shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazildi.

Unda Chirchiq harbiy prokuraturasi, Xalq deputatlari Chirchiq shahar kengashi deputatlari, Chirchiq shahar Yoshlar ishlari agentligi, harbiy qismlar, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, Chirchiq sport maktabi, Chirchiq shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi kabi o‘ndan ortiq tashkilot va idoralarning xodimlari dastlab shifokor ko‘rigidan o‘tganlaridan so‘ng, tegishli tartibda qon topshirdilar. Ushbu aksiya davomida topshirilgan qon preparatlari asosan onkologiya va gematologiya markazlarida davolanayotgan bemorlar uchun yuborilishi belgilangan.


O‘ziga xos insonparvarlik namunasi bo‘lgan bu kabi tadbirlar zamirida bemorlar hayotini saqlab qolishdek ulkan va xayrli ish turibdi. Shu bois, unda ishtirok etgan har bir inson mazkur xayrli ishga daxldordir.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥3
Чирчиқ давлат педагогика университети биносида  “Зўравонликсиз оила –фаровон ҳаёт сари” шиори остида тадбир бўлиб ўтди.

Тадбирда Аёлларни реабилитация қилиш ва мослаштириш республика маркази Тошкент вилояти ҳудудий бўлими раҳбари Дилором Махамадалиева, Тошкент вилояти ИИББ ХПБ, подполковник   Шахноза Садикова, Чирчиқ шаҳар ҳокими ўринбосари Юлдуз Жумаева, Чирчиқ давлат педагогика университети педагогика факультети психология кафедраси мудири, психология фанлари номзоди, доцент Шоҳиста Самарова, Чирчиқ давлат педагогика университети педагогика факультети психология кафедраси доценти, психология фанлари бўйича фалсафа  доктори Сайёра Мирзаева иштирок этди. 
    Хотин-қизларни тазйиқ ва зўравонликдан ҳимоя қилиш уларнинг ҳукук ва эркинликларини, қадр - қимматини ҳар томонлама қўллаб – қувватлаш, уларга психологик, ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш айниқса фарзанд тарбиясига алоҳида аҳамият кўрсатиш масалалари тадбирнинг бош ғояси этиб белгиланди.


Тадбир сўнгида иштирокчилар билан тажрибали педагог психолог Шахноза Тошматова психологик - тренинг ўтказди.  
 

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3😍1
Kuni kecha “Kimyogarlar” madaniyat saroyida Chirchiq shahar Oila va xotin-qizlar bo'limi hamkorligida Toshkent viloyati sara psixologlari tomonidan seminar-trening o'tkazildi.

Seminar-treningda fuqarolarning ruhiy holatini yaxshilash, turli hil nizolarni oldini olish, o'ziga bo'lgan ishonchni yuksaltirish, oiladagi muhitni yanada yaxshilash, farzand tarbiyasi bilan bog'liq hayotiy bilim va ko'nikmalarni berishga asosiy e'tibor qaratildi.


Tadbirni shahar hokimi o'rinbosari, oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Y.Jumayeva ochib berdi.
Tadbir so'ngida psixologik seminar-trening natijalari bo'yicha  xotin-qizlar o'zlarining ijobiy fikr mulohazalarini bildirdilar.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
#Avtobus_yoʻnalishi #Yangilik

O'zbekiston Respublikasi PQ-59-sonli qarori bo'yicha Toshkent  viloyatining Angren shahar "Bunyodkor" ko'chasi bo'ylab hokimiyat oldidan 5/5 dahasigacha 1.23 yo'lning belgilangan yo'nalishli transport vositalari uchun yo'l yotiq chiziqlari chizildi hamda harakatlanish tasmasi 1.1 o'q chiziqlar bilan ajratildi.

Shu bilan birga, chorraxalarda burilish tasmasiga yetmasdan, tutashmalarga kirish va chiqish joylarida 1.1 o'q chizig'iga qo'shimcha tarzda 1.5 yo'l yotiq chiziqlari chizildi, 5.10.3 yo'l belgilari o'rnatildi.

Eng asosiysi, Angren shahrida mazkur yo'llarda avtobus harakatlanish yo'nalishini bildiruvchi "A" avtobus belgilari chizildi.

Ushbu belgilar yaqin kunlar ichida Olmaliq shahrida ham joriy qilinishi rejalashtirilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4