Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.49K subscribers
36.9K photos
4.47K videos
19 files
16K links
Download Telegram
#Tabrik

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Bugun Chirchiq shahar hokimining o‘rinbosari - Investisiyalar, sanoat va savdo boʻlimi boshlig‘i Shuhrat Shoraxmedovning tavallud topgan kuni.

Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin dildan muborakbod etamiz.

Uzoq umr, sihat-salomatlik va mas’uliyatli kasblarida muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz.

Shukrona kuningiz muborak bo‘lsin!

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#daʼvat

Yurtdoshim, bogʻingga bir nihol qada...

Ayni paytda butun sayyoramizda atrof-muhit muhofazasi va ekologiyaga boʻlgan munosabat eng dolzarb masalalardan biriga aylangani sir emas. Bu borada amalga oshirilishi kerak boʻlgan koʻplab vazifalar orasida koʻkalamzorlashtirish va daraxt ekish, mavjudlarini avaylab-asrash alohida oʻrin tutadi.

Afsuski, ayrim shaxslarning oʻsimlik dunyosiga boʻlgan tajovuzkor harakatlari, shu jumladan, daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bogʻliq holatlar umumekologik vaziyatning yomonlashishiga sabab boʻlmoqda.

Jumladan, 2022-yilda daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bogʻliq 180 dan ortiq huquqbuzarlik aniqlangan boʻlib, salbiy koʻrsatkich oʻtgan yillarga nisbatan ortganligini koʻrish mumkin.

“Agar dunyoda chang boʻlmaganida, inson ming yil umr koʻrardi”, deb aytgan edi tib ilmining asoschisi Abu Ali ibn Sino. Atrof muhit musaffoligini taʼminlashda esa, daraxtlar insoniyatning beminnat koʻmakchilaridir.

2021-yil 4-noyabrda Oʻzbekistonda kuzatilgan chang boʻroni ushbu aksiyaning naqadar dolzarbligini, bu ishga katta masʼuliyat bilan yondashish kerakligini koʻrsatdi. Shundan kelib chiqib aytadigan boʻlsak, daraxt ekish har birimizning burchimizga, keng jamoatchilikning vazifasiga aylanishi lozim.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatda yiliga 16 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali hududlardagi yashil maydonlarni hozirgi 18 foizdan 40 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Hozirda Toshkent viloyatining barcha shahar va qishloqlarida daraxt ekish boʻyicha keng koʻlamda ish olib borilayotgani tahsinga munosib.

Siz ham nihol eking, bogʻ yarating, “Yashil makon” umummilliy harakatida faol boʻling!

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Umumxalq_hashari

Toshkent viloyati mahallalarida 28-29 oktyabr kunlari hashar o‘tkaziladi

Kuzgi daraxt ekish mavsumini yuqori saviyada tashkil etish uchun Toshkent viloyati mahallalarida 28-29 oktyabr kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” va “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” shiorlari ostida hashar o‘tkaziladi.

Hashar doirasida ko‘chat yarmarkalarini tashkil etish, turarjoy mavzelari va mahallalarda iqlim sharoitiga mos daraxt ko‘chatlari ekish, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish ko‘zda tutilgan.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi farmoyishi imzolandi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MAʼNAVIYAT VA MAʼRIFAT KENGASHI YIGʻILISHI

Chirchiq shahar hokimligida Ma'naviyat va ma'rifat Kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yigʻilishni Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi Davron Xidoyatov olib bordi.

Kengashda shahar Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi a'zolari, huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari, tashkilot va korxonalar, ta'lim muassasa mutasaddilari ishtirok etdilar.

Kengash yig'lishida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar bo'linmasi tomonidan 9 oy davomida amalga oshirilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar sarhisob qilinib tanqidiy tahlil qilindi.

Kengash yig‘ilishida shahar hokimi o‘rinbosari-shahar Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi raisi o'rinbosari R Sayliyevning "Ma'naviyat va ma'rifat" maskani tashkil etish borasida amalga ishlar to'g'risidagi hisoboti tinglandi.

Kelgusida joriy yilning yakuniga qadar barcha korxona tashkilotlar bilan bajariladigan ishlar kelishib olindi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Ўзбекистон ва Жанубий Корея ҳамкорлиги

Ўзбекистон Жанубий Корея билан нодир металлар ва мис саноати соҳасидаги ҳамкорликни янада кенгайтиради.

Бу ҳақда ОКМКда бўлиб ўтган Ўзбек-Корея Нодир металлар ва мис саноати ривожлантириш бўйича халқаро семинарда сўз юритилди.

Тоғ-кон саноати ва геология вазирлиги, Инвестициялар, саноат ва савдо вазирлиги, Олмалиқ кон-металлургия комбинати, Корея давлатининг KITECH ҳамда KIRAM институтлари ҳамкорлигида ташкил этилган семинарда соҳанинг етакчи экспертлари, олимлар, профессор ва мутахассислар, тадқиқотчилар иштирок этишди.
Тадбирда соҳага инновацион ва илмий ишланмалар, замонавий технологияларни жорий этиш муҳокама қилинди.

ОКМК Ахборот хизмати

https://t.iss.one/hudud_inform
#IT_haftaligi
#reyd_tadbirlari

RADIOELEKTRON VOSITALARDAN RUHSATNOMASIZ FOYDALANGAN SHAXSLARGA TEGISHLI TARTIBDA CHORALAR KOʻRILDI

Toshkent viloyatida noqonuniy radioelektron vositalaridan foydalanishning oldini olish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tartibda chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi Toshkent viloyati hududiy boʻlimi va “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK xodimlari, viloyat huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda joriy yilning 9 oyi davomida radioelektron vositalarini noqonuniy olib kirish, sotish va foydalanishni aniqlash boʻyicha jami 19 ta reyd tadbirlarini oʻtkazdilar.

Tekshiruv jarayonlari mobaynida Yangiyoʻl tumanida 8 ta, Toshkent tumanida 7 ta, Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlarida 1 tadan, Zangiota tumanida 2 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, mazkur qurilmalardan noqonuniy foydalangan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrildi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 152-moddasi, tegishli bandlari bilan jarimaga tortilishga sabab boʻlishi toʻgʻrisida tushuntirilib, ogohlantirildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM