Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.89K subscribers
39.5K photos
4.92K videos
48 files
17.2K links
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Chirchiq shahar Xalq qabulxonasi mudiri Abdulla Isayev va shahar Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati B.Xodjiyev bilan birgalikda Chirchiq shahar 3-sektor hududidagi "Navro‘z" MFY binosida sayyor qabul o’tkazildi.

Sayyor qabulda aholi tomonidan ichimlik suvi quvuridagi nosozliklarni bartaraf etish, boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish va sanitariya holatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Ayrim masalalar joyida bartaraf etilib, qo‘shimcha muddat talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilib, nazoratga olindi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Chirchiq_shahar
#sarhisob_2024

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qarori doirasida Chirchiq shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 2024-yilda aholiga manzilli ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi.

Yil davomida mahalla yettiligining kollegial qarori asosida 98 ta oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali 82,5 mln so‘m miqdorida moddiy yordam ajratildi.

Xususan:

dori-darmon uchun 91 ta oilaga 77 mln so‘m;

kiyim-kechak va zarur vositalar uchun 3 ta oilaga 2,9 mln so‘m;

oziq-ovqat uchun 2 ta oilaga 700 ming so‘m;

uy-joy ta’miri uchun 1 ta oilaga 1.700 ming so‘m;

kommunal xarajatlar uchun 1 ta oilaga 200 ming so‘m.

Bu yordamlar aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kamera #Mulohaza

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yildagi 504-sonli qaroriga asosan Chirchiq shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida shahrimiz markazida qad rostlagan A.Navoiy xiyobonida taʼmirlash ishlari olib borilib, hudud ko‘kalamzorlashtirilgan edi.

Afsuski, oradan ko‘p vaqt o‘tmay hamshaharlarimiz orasida ushbu maskanning chiroyini poymol qilayotganlar ham uchrab turibdi. Bu kabi axloqsiz xatti-harakatlarni amalga oshirganlarga nisbatan albatta tegishli chora ko‘riladi.

Aytmoqchi bo‘lganimiz, Prezidentimiz rahnamoligida hududlarni obod etish, ko‘kalamzorlashtirish borasida bir qator islohotlar olib borilayotgan bir paytda, bu kabi salbiy holatlar har qanday kishining dilni xira qilishi tabiiy.

Xulosa o‘zingizdan!

📹 Batafsil videolavhada.

💬 https://t.iss.one/xyuldoshvoyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy ()
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#об_ҳаво

⚡️⚡️Бугун Тошкент вилоятида ҳаво ҳарорати +12 даражагача кўтарилиши кутилмоқда

"Ўзгидромет"нинг маълум қилишича, бугун, 25 январь куни Тошкент вилоятида ҳаво бироз булутли бўлади, ёғингарчилик кутилмайди. Баъзи жойларга туман тушиши мумкин. Шамол шарқдан 7-12 м/с тезликда эсади, баъзи жойларда 13-18 м/с гача кучайиши мумкин.

Ҳарорат кечаси 2-7 даража совуқ, кундузи 7-12 даража илиқ бўлади.

Тоғли ҳудудларда ҳаво бироз булутли бўлади, ёғингарчилик кутилмайди. Айрим жойларга туман тушиши мумкин. Қор кўчиш хавфи бор. Шамол шарқдан 7-12 м/с тезликда эсади.

Ҳарорат кечаси 5-10 даража совуқ, кундузи 2-7 даража илиқ бўлади.

@haqiqatonline_24
#Bildirish

Hurmatli hamshaharlar ‼️
 
📌 Chirchiq shahar hokimligi mutasaddilari tomonidan sizning taklif va muammolaringiz doimiy tarzda oʻrganilib, yechimi topib kelinmoqda. Shuningdek, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida shahar hokimining murojaatlar uchun kanali yoʻlga qoʻyilgan.

🔈 Sizning kuz-qish mavsumi, shuningdek, boshqa muammolar yuzasidan murojaatlaringizni
👉 https://t.iss.one/murojaathokimlik
ga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllashingiz mumkin. Sizning masalangiz tegishli mutasaddilarga yoʻnaltiriladi va tez fursatda koʻrib chiqilib, ijrosi taʼminlanadi. Har bir murojaat shahar hokimi tomonidan qat’iy nazorat qilinadi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy ()
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "О.Назировга «Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган артист» фахрий унвонини бериш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О присвоении О.Назирову почетного звания «Заслуженный артист Республики Узбекистан»"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Hudud Inform
Элдор Арипов Малайзия билан ҳамкорликнинг истиқболли йўналишларига алоҳида урғу қаратди

Жорий йилнинг 21 январь куни Куала-Лумпур шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Стратегик ва минтақалараро тадқиқотлар институти (СМТИ) директори Элдор Арипов бошчилигидаги Ўзбекистон делегацияси "Мулоқотдан - ҳаракат сари: Ўзбекистон ва Малайзия стратегик ҳамкорлик йўлида" мавзусидаги давра суҳбатида иштирок этди.

Давра суҳбатида Малайзия Парламентининг "Дўстлик гуруҳи", Ташқи ишлар вазирлиги, Давлат бошқаруви миллий институти, Дипломатия ва халқаро муносабатлар институти, Осиё стратегияси ва етакчилик институти, Хадхари Ислом институти ва Жануби-Шарқий Осиёнинг терроризмга қарши кураш минтақавий маркази ходимлари иштирок этди.

Ўзбекистон томонидан СМТИ, Макроиқтисодий ва ҳудудий тадқиқотлар институти, "Тараққиёт стратегияси" маркази, Имом Мотуридий халқаро илмий-тадқиқот маркази, Иқтисодиёт ва молия, Олий таълим, фан ва инновациялар, Қишлоқ хўжалиги вазирликлари экспертлари иштирок этди.

СМТИ раҳбарининг сўзларига кўра, савдо-инвестициявий ҳамкорлик жадал ривожланмоқда. Сўнгги йилларда икки томонлама товар айирбошлаш ҳажми 2,5 баробарга ошди, Ўзбекистон ҳудудида Малайзия капитали иштирокидаги қўшма корхоналар сони 37 тага етди.

Давра суҳбати якунида СМТИ ва СХТИ ўртасида 2025 йилга мўлжалланган ҳамкорлик режаси имзоланди. Ушбу режа икки мамлакат таҳлилий марказлари ўртасида шериклик ва мунтазам ишчи алоқаларни йўлга қўйишни назарда тутади.

https://t.iss.one/hudud_inform
#Bildirish

Hurmatli hamshaharlar ‼️
 
📌 Chirchiq shahar hokimligi mutasaddilari tomonidan sizning taklif va muammolaringiz doimiy tarzda oʻrganilib, yechimi topib kelinmoqda. Shuningdek, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida shahar hokimining murojaatlar uchun kanali yoʻlga qoʻyilgan.

🔈 Sizning kuz-qish mavsumi, shuningdek, boshqa muammolar yuzasidan murojaatlaringizni
👉 https://t.iss.one/murojaathokimlik
ga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllashingiz mumkin. Sizning masalangiz tegishli mutasaddilarga yoʻnaltiriladi va tez fursatda koʻrib chiqilib, ijrosi taʼminlanadi. Har bir murojaat shahar hokimi tomonidan qat’iy nazorat qilinadi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maʼnaviyatchilar_uchun_seminar

♻️ Joriy yilning 24-yanvar kuni shahar MMTB  zalida  "Umumta'lim maktablari direktorlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni  bartaraf etish" mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda shahar Maʼnaviyat bo'linmasi rahbari, shahar deputati N.Umarova  tomonidan o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni ma’naviy ahloqiy-tarbiyaviy va har tomonlama barkamol qilib ulg‘ayishlarida ta’lim tashkilotlari rolini yanada oshirish, umumta’lim maktablarda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida soʻz yuritildi.

Tadbir so'ngida targʻibot tadbirlarini namunali tashkil etishda faol ishtirok etgan ma‘naviyat targʻibotchilari diplom va kitoblar toʻplami bilan taqdirlandilar.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xabarlar #Inson

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi: 100 dan ortiq yordam va xizmatlar


Chirchiq shahri “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 100 dan ortiq turdagi xizmatlarni amalga oshirmoqda. Markazning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

Moddiy yordam va moliyaviy ko‘mak: kam ta’minlangan oilalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni moddiy yordam va subsidiya bilan ta’minlash.

Tibbiy xizmatlar va qo‘llab-quvvatlash: bepul tibbiy ko‘riklar, nogironlik reabilitatsiyasi va surunkali kasalliklarga chalinganlarga dori-darmon yetkazib berish.

Psixologik yordam: stress va oilaviy muammolarga duch kelganlarga maslahat berish hamda maxsus psixologik dasturlarni amalga oshirish.

Ijtimoiy moslashuv va bandlik: ishsiz fuqarolarni band qilish, nogironlar uchun maxsus ish o‘rinlari tashkil etish.

Oilalarni qo‘llab-quvvatlash: farzandli oilalarga parvarish puli ajratish hamda oilaviy zo‘ravonlik qurbonlariga yordam ko‘rsatish.

Markazning mazkur xizmatlari aholining hayot sifatini yaxshilash va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun markazga murojaat qilishingiz mumkin.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM