Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.26K subscribers
40.9K photos
5.1K videos
55 files
17.7K links
Download Telegram
Kuni kecha Yoshlar markazi binosida Chirchiq shahar IIB Probatsiya guruhi tomonidan shahar IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi 12 nafar nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan JKning 73-moddasiga binoan insonparvarlik dalolatnomasi qo’llanilib jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgor xotin-qizlar saralandi 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  1999-yil 10-iyundagi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Ashrafiy nomidagi  3-sonli musiqa maktabida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgor qizlar tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik yo‘nalishlarida iqtidorli qizlar ishtirok etdilar.

Chirchiq shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Y.Jumayeva tanlov ishtirokchilariga Oila va xotin-qizlar bo‘limining tashakkurnomalarini hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Amal_qiling

📦 Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni koʻp miqdorda bojxona chegarasidan oʻtkazish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishiga sabab boʻladi:

BHMning
300 baravarigacha miqdorda jarima;

480 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Расмий ахборот

Ижтимоий тармоқларда “Локомотив - Бунёдкор” учрашуви ПФЛ комиссари йўқлиги сабаб вақтинча тўхтатилди” сарлавҳаси билан тарқалган
хабарлар юзасидан.

Жорий йилнинг 19 октябр куни Тошкент вилояти, Юқори Чирчиқ тумани ҳудудида жойлашган “Дўстлик” стадионида бўлиб ўтган “Локомотив - Бунёдкор” учрашувида, жамоат тартибини сақлаш учун жалб этилган ҳудудий ИИБ ходимлари ва ПФЛ расмийси ўртасида келишмовчилик юзага келган.

Ҳозирда мазкур ҳолат Тошкент вилояти ИИББ томонидан тўлиқ назоратга олинган. Жараёнда ходимларнинг хатти-ҳаракатлари юзасидан хизмат текшируви тайинланиб, қўшимча ўрганилмоқда.

Якуний хулосага кўра айбдорлик даражасидан келиб чиқиб, камчиликка йўл қўйган ходимларга нисбатан қонуний таъсир чоралари кўрилиши таъминланади.

Келгусида бу каби ҳолатлар такрорланмаслиги мақсадида ходимлар ўртасида “оммавий тадбирларда жамоат тартибини сақлаш“ йўналиши бўйича юқори малакавий ўқув режалари жорий қилинади.


@BB_Tulyaganov
👍1
#об_ҳаво

⚡️Бугун Тошкент вилоятида қандай об-ҳаво кузатилади?

Гидрометеорология марказининг хабар беришича, бугун, 21 октябрь куни Тошкент вилоятида ҳаво бироз булутли бўлади, ёғингарчилик бўлмайди. Шарқдан секундига 7-12 метр тезликда шамол эсади. Айрим жойларда шамолнинг тезлиги секундига 13-18 метргача кучайиши мумкин.

Ҳарорат кечаси  10-15, кундузи 20-25 даража илиқ бўлади.     

@haqiqatonline_24
👍3
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Фан олимпиадалари маркази ташкил этилади


“Иқтидорли ёшлар билан ишлаш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ-346-сон) қабул қилинди

🔰Қарорга кўра, Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги ҳузурида давлат муассасаси шаклида Фан олимпиадалари маркази (Марказ) ташкил этилади.

✔️ Қобилиятли ҳамда фанларни чуқур ўрганишга қизиқадиган ёшларни аниқлаш ва селекция қилиш, улардаги иқтидорни янада ривожлантириш учун зарур шарт-шароитлар яратиш Марказнинг асосий фаолият йўналишларидан бири этиб белгиланди.

🗓 2025 йилдан Марказ томонидан:

🔹5–8-синф ўқувчилари ўртасида олимпиадаларда юқори натижаларни қайд этган иқтидорли ўқувчилар базаси шакллантирилади ва уларни халқаро олимпиадаларга мақсадли тайёрлаш йўлга қўйилади;

🔹ҳар бир фан йўналиши бўйича ўқув дастурлари, адабиётлар, методик тавсиялар, қўлланмалар ва журналлар яратилиб борилади;

🔹ўқувчиларни фан олимпиадаларига тайёрловчи тренер-ўқитувчиларнинг узлуксиз касбий ривожланиши учун зарур шароитлар яратилади, уларга янги методикалар ўргатиб борилади;

🔹фан олимпиадалари бўйича миллий терма жамоаларнинг хорижий давлатлар терма жамоалари билан қўшма йиғинлар ўтказиш амалиёти йўлга қўйилади;

🔹ўқувчилар учун халқаро олимпиадаларда руҳий босимни енгиш бўйича семинарлар ҳамда мотивацион тренинглар ташкил қилинади;

🔹иқтидорли ёшлар учун “интеллектуал оромгоҳлар” ташкил этилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
👍1
#Tabrik

🇺🇿 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni!

Bugun o‘zbek xalqi uchun o‘zgacha kun! 21-oktabr Vatanimiz hayotidagi yuksak voqelik sifatida tarixga muxrlangan. Bu yil o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 35 yil to‘ldi.
Shu munosabat bilan Chirchiq shahar hokimligi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan muborakbod etadi.

O‘zbek tilining qadim tarixi yorqin kelajakka ziyo bo‘lib, mangu yashnasin!
Barcha yurtdoshlarimizga O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin!

QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chirchiqda “Qo‘mondon va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV
👍2
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Марказий Осиё атроф-муҳит ва иқлим ўзгаришини ўрганиш университети (Green University) фаолияти ҳамда циркуляр иқтисодиёт соҳасида амалга оширилиши режалаштирилган инвестиция лойиҳалари тақдимоти билан танишади.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с деятельностью Центральноазиатского университета изучения окружающей среды и изменения климата (Green University) и презентацией инвестиционных проектов в сфере циркулярной экономики.

Facebook|Instagram|X
👍1
#Jarayon

Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.To‘xtaboyev va Chirchiq shahar hokimi M.Abdurahimov shahrimizdagi “Oqava suv tozalash inshooti”da bo‘ldi.

Jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi № 2910-sonli qarori asosida Toshkent viloyati ichimlik suv va kanalizatsiya tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-341-sonli qaroriga asosan “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ Chirchiq shahar filiali ta’sarrufidagi Qibray tumani Baytqo‘rg‘on QFY hududidagi 130 ming m3 oqova suvlarini qabul qilib tozalashga mo‘ljallangan 1-“Oqova suv tozalash” inshootida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Hozirgi kunda loyiha hujjatlari asosida SP “ALKATAS Insaat AS i MESMER”EAST qurilish tashkiloti tomonidan qurilish ishlari boshlangan. Qurilish maydonidagi aerotenka, xloratorniy, stabilazator, birlamchi va ikkilamchi tindirgichlar, havo berish stansiyasi bino va inshootlarida qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.


Mutasaddilar “Gulzor” mahallasida ham bo‘lib, ushbu dastur asosida “Zhongmei Engineering Group Limited” qurilish tashkiloti tomonidan oqova suvi quvurlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi va ob’yektlarda qurilish ishlarini jadallashtirish hamda tarmoq jadvallarida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤‍🔥1🔥1👏1