Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.23K subscribers
41K photos
5.11K videos
55 files
17.7K links
Download Telegram
#Qabul

Shahrimizdagi "Istiqlol”, “Ishonch”, “Bobur" MFY hududida yashovchi fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Uchrashuvda Chirchiq shahar hokimi oʻrinbosari J.Rahmonov hamda shahardagi barcha korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Qabulda fuqarolarning 27 dan ortiq murojaatlari ko'rib chiqildi. Issiqlik manbayi yuzasidan kelib tushgan murojaatlar bo’yicha joyiga chiqib o’rganildi va ayrim murojaatlar joyida bartaraf etilib, qolgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar mutasaddi tashkilotlarga yo'naltirildi. Ularga murojaat natijasi yuzasidan fuqarolarga yozma javob xatlari berilishi to'g'risida ko'rsatmalar berildi.


Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵Ахборот ва калория: боғлиқликлар ҳамда ўхшашликлар

🔵Контентлар сифати ва даражаси – аудитория танлови

🔵Инсон ва гаджетлар муносабати, онлайн мулоқотнинг салбий жиҳатлари, виртуал қарамлик белгилари

〰️〰️〰️〰️〰️

⚡️ Бу факт:

10 ёшгача бўлган болаларнинг 41%и доимий онлайн режимда;

14 ёш оралиғидаги болаларнинг 85%и гаджетларсиз кун ўтказмайди;

Инсон кунига 70 марта, яъни ҳар 15 дақиқада телефонини текширади;

Гаджетларга қарам бўлган одамларнинг миясидаги биокимёвий ўзгаришлар гиёҳвандлик давридаги ўзгаришлар билан бир хил.
〰️〰️〰️〰️〰️

🎥 Видеоролик орқали глобал маълумотларга эга бўлинг!

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
⚡️Ayni paytda Chirchiq garnizoni harbiy xizmatchilari va ularning oila a'zolari hamda o'quvchi yoshlar bilan "Xalq va armiya — bir tanu bir jondir!" shiori ostida "Harbiy-vatanparvarlik karvoni" festivali o'tkazilmoqda.

Tadbirda garnizon harbiy orkestri tomonidan kuy-qo'shiqlar ijro etilmoqda.

➡️ Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
👍2
#об_ҳаво

☀️🌥🌧Бугун Тошкент вилоятининг айрим ҳудудларида ёмғир ёғиб, кучли шамол бўлиши кутилмоқда

Гидрометеорология марказининг хабар беришича, бугун, 7 январь куни Тошкент вилоятида ҳаво ўзгариб туради, айрим жойларда ёмғир ёғади. Шарқдан эсаётган шамол ўз йўналишини ўзгартириб, ғарбдан секундига 7-12 метр тезликда эсади. Айрим жойларда шамолнинг тезлиги секундига 15-20 метргача кучайиши мумкин.

Ҳарорат кечаси 5-10, кундузи 9-14 даража илиқ бўлади.  

📍 Тезкор янгиликларни биз билан кузатинг!

@haqiqatonline_24
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янги Ўзбекистон армияси - мамлакат қудрати, юксак ғурур ва садоқат тимсолидир
#6jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
👍2
#об_ҳаво

☀️🌥🌧 Бугун Тошкент вилоятида қандай об-ҳаво кузатилади?

Гидрометеорология марказининг хабар беришича, бугун, 8 январь куни Тошкент вилоятида ҳаво ўзгариб туради, кечаси ва эрталаб айрим жойларда ёмғир ёғади. Жойларда туман тушиши мумкин. Ғарбдан эсаётган шамол ўз йўналишини ўзгартириб, шарқдан секундига 7-12 метр тезликда эсади.

Ҳарорат кечаси 0-5, кундузи 7-12 даража илиқ бўлади.  

✔️Тезкор янгиликларни биз билан кузатинг!
Telegram I Facebook I Instagram
👍3
#Tabrik

“8-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni”

Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimligi sana munosabati bilan sizni kasb bayrami bilan samimiy qutlaydi.

Huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘lidagi sharafli va fidokorona faoliyatingizda hamisha muvaffaqiyat yor bo‘lsin!

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2
#Hisobot

Kuni kecha shahar hokimi o'rinbosarlari Jura't Raxmonov, Yulduz Jumayeva, Chirchiq shahar Xalq qabulxonasi mudiri Abdulla Isayev hamda mahalla fuqarolar yig'inlari raislari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha 2023-yil 10-noyabrdagi 596-sonli qarori yuzasidan yangi yilda amalga oshiriladigan ishlarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda 2024-yilda ijtimoiy nafaqalarni tayinlash boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar toʻgʻrisida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari J.Xushbaqov soʻzga chiqib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar xususida soʻzladi.

Yigʻilish soʻngida shahar hokimi birinchi oʻrinbosari J.Raxmonov tomonidan tegishli soha vakillariga topshiriqlar berildi.


Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2