Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.44K subscribers
40.3K photos
5.05K videos
54 files
17.5K links
Download Telegram
#Yarmarka
#Yangiyil2024

Yangi yil bayrami munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari barqarorligini saqlash maqsadida Chirchiq shahrining "Markaziy dehqon bozori” ma’muriyati tomonidan bozorda arzonlashtirilgan mahsulotlar savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari - kartoshka, piyoz, sabzi, guruch, yog‘, mol, qo‘y, tovuq go‘shtlari, shakar hamda tuxum arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda.

Narxlarning barqarorligi bo‘yicha shahar hokimi D.Xidoyatov, sektor rahbarlari hamda Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashi deputatlari bilan birgalikda koʻzdan kechirishdi.
Shuningdek, boshqa davlat va jamoat tashkiloti vakillaridan iborat jamoatchilik nazorati guruhi tomonidan muntazam nazorat olib borilishi yo‘lga qo‘yildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM