Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.56K subscribers
36.4K photos
4.4K videos
17 files
15.7K links
Download Telegram
#Yarmarka
#Yangiyil2024

Yangi yil bayrami munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari barqarorligini saqlash maqsadida Chirchiq shahrining "Markaziy dehqon bozori” ma’muriyati tomonidan bozorda arzonlashtirilgan mahsulotlar savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari - kartoshka, piyoz, sabzi, guruch, yog‘, mol, qo‘y, tovuq go‘shtlari, shakar hamda tuxum arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda.

Narxlarning barqarorligi bo‘yicha shahar hokimi D.Xidoyatov, sektor rahbarlari hamda Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashi deputatlari bilan birgalikda koʻzdan kechirishdi.
Shuningdek, boshqa davlat va jamoat tashkiloti vakillaridan iborat jamoatchilik nazorati guruhi tomonidan muntazam nazorat olib borilishi yo‘lga qo‘yildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yarmarka
#Yangiyil2024

Yangi yil bayrami munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari barqarorligini saqlash maqsadida Chirchiq shahrining "Markaziy dehqon bozori” ma’muriyati tomonidan bozorda arzonlashtirilgan mahsulotlar savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari - kartoshka, piyoz, sabzi, guruch, yog‘, mol, qo‘y, tovuq go‘shtlari, shakar hamda tuxum arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda.

Narxlarning barqarorligi bo‘yicha shahar hokimi D.Xidoyatov hamda sektor rahbarlari bilan birgalikda koʻzdan kechirishdi.
Shuningdek, boshqa davlat va jamoat tashkiloti vakillaridan iborat jamoatchilik nazorati guruhi tomonidan muntazam nazorat olib borilishi yo‘lga qo‘yildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yarmarka

Chirchiq shahar 4-sektor tashabbusi bilan shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi hamkorligida  15-mart kuni 17-sonli umumta'lim maktabida mehnat yarmarkasi o'tkazildi. 

Mehnat yarmarkasida 4-sektor hududidagi jami 46 nafar ishsiz fuqarolar qatnashdi, shundan 4 nafar ishsiz fuqaroning  bandligi ta'minlandi, 2 nafar ishsiz fuqaro xaq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 8 nafar fuqaroga esa kasbga qayta tayyorlash o'quv kurslariga yo'llanma, qolgan 32 nafar ishsiz fuqarolarga mehnat qonunchiligi to'g'risida huquqiy maslahatlar berildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yarmarka

Chirchiq shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tashabbusi bilan 27-mart kuni 3-sektor hamda 4-sektor hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun "Mehnat yarmarkasi" uyushtirildi "Mehnat yarmarkasi"da jami 43 nafar fuqaro qatnashdi.

Shundan 22 nafar fuqarolarning mutaxassisligi boʻyicha boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirildi, 10 nafar fuqarolar kasbga qayta tayyorlash kurslariga oʻqishga yoʻnaltirildi va 11 nafar fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yarmarka

Joriy yilning 22-aprel kuni Toshkent viloyati prokuraturasi tashabbusi bilan Chirchiq shahar hokimligi, shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda Chirchiq shahar Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi hamkorligida ishsiz, band bo‘lmagan aholini shu jumladan jazo muddatini o‘tab chiqqan ishsiz fuqarolar, ishsiz aliment to‘lovchilar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, hamda “Temir daftar”larga kiritilgan fuqarolarni bandligini ta’minlash va ularni ish joylariga joylashtirish, shuningdek fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida navbatdan tashqari bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Tashkil etilgan “Mehnat yarmarkasida” Chirchiq shaharda faoliyat yuritayotgan 34 ta  korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud 1670 dan ziyod bo‘sh vakant ish o‘rinlari shundan 1200 nafardan ko‘prog‘i mutaxassislik talab etilmaydigan  ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.

Ushbu mehnat yarmarkasida Chirchiq shahrida yashovchi 116 nafari band bo‘lmagan fuqarolar “Mehnat yarmarkasi”da qatnashdi. Mehnat yarmarkasi davomida fuqarolar ishga joylashtirildi, bandligi ta’minlandi hamda Chirchiq shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan 30 nafar ishsiz fuqoralarga kasb-hunarga o‘qish uchun yuborildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yarmarka

Kuni kecha Chirchiq shahar Kambag‘allikni qisqartirish va
bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida ishsiz, band bo‘lmagan aholini shu jumladan jazo muddatini o‘tab chiqqan shaxslar, aliment to‘lovchilar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, hamda “Temir daftar” ga kiritilgan ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash va ularni ishga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida navbatdan tashqari bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Tashkil etilgan “Mehnat yarmarkasi” da Chirchiq shahrida faoliyat
yuritayotgan 17 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud 1100 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari (shundan 700 nafari mutaxassislik talab etilmaydigan) bilan ishtirok etishdi.
Ushbu mehnat yarmarkasida 87 nafar band bo‘lmagan fuqarolar qatnashdi va fuqarolarga doimiy ishga joylashish uchun yo‘llanmalar
berildi.

O‘kazilgan “Mehnat yarmarkasi” davomida fuqarolarga kasb-hunarga qayta o‘qitish uchun yo‘llanmalar berildi va shu bilan birga 21 nafar fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.
Shuningdek, fuqarolarga mehnat qonunchiligi yuzasidan turli maslahat va ma’lumotlar berildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yaqin #Yarmarka

AHOLI UCHUN QULAYLIK!

2023-yilda shahrimizdagi 8 va 10-kichik nohiya, “Gʻalaba”, “Amir Temur”, “Madaniyat”, “Shodlik”, “Bahor”, “Baxt”, “Sharq”, “Nur”, “Mirzo Gʻolib”, “Umid” va “Iqbol” MFYga qarashli koʻp qavatli uylarning issiqlik yetkazib beruvchi markaziy issiqlik tizimi va ichki issiqlik tizimi mukammal taʼmirlangan edi. Bugungi kunda ushbu koʻp qavatli uylarda yashovchi aholi vakillari oʻz xonadonlarini zamonaviy batareyalar bilan jihozlantirish orqali kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrmoqdalar.

Shahar hokimligi tomonidan aholiga ushbu batareyalarni sotib olishlari uchun sharoit yaratish maqsadida ushbu mahallalar hududida arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etilmokda. Ushbu yarmarkalar shahrimiz aholisi uchun har kuni faoliyat koʻrsatmoqda.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yarmarka

Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati filiali bilan hamkorlikda joriy yilning 10-oktabr kuni Chirchiq shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida ishsiz fuqarolar, jumladan yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida davlat idoralari hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tashkil etilgan “Mehnat yarmarkasi”da Chirchiq shahrida faoliyat yuritayotgan 25 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud 1670 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. O‘tkazilgan “Mehnat yarmarkasi” davomida 23 nafar fuqarolarga doimiy ishga joylashish, 12 nafariga esa kasb-hunarga qayta o‘qitish uchun yo‘llanmalar berildi va 11 nafar fuqarolarga haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi. Shuningdek, 69 nafariga mehnat qonunchiligi yuzasidan maslahat va ma’lumotlar berildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yarmarka

Chirchiq dehqon bozori tomonidan "Yangi yil" bayrami munosabati bilan shahrimizdagi harbiy qismlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxi barqarorligini ta’minlash, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini aholiga yetkazib berish uchun Arzonlashtirilgan ko'chma savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM