Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.47K subscribers
37.1K photos
4.5K videos
19 files
16.1K links
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi murojaatlarini tezkor ko'rib chiquvchi “ishonch telefoni” ishga tushiriladi

“Aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta'minlash hamda davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko'rsatishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Hukumat qarori (539-son, 14.10.2023 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko'ra, 2023-yil 15-oktabrdan:

o'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz yashovchi hamda yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar “Inson” ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish markazlari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida bir yilda kamida bir marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi;

ijtimoiy xodimlarga fuqarolardan kam ta'minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash bo'yicha arizalarni qabul qilish vakolati beriladi.

🗓 2024-yil 1-yanvardan I guruh nogironligi bo'lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha nogironligi bo'lgan bolaga, shuningdek, davolash muassasasining xulosasiga ko'ra o'zgalarning parvarishiga muhtoj bo'lgan 80 yoshga to'lgan qariyalarga qarab turishning haqiqiy holatlari ijtimoiy xodimlar tomonidan bir yilda bir marotaba o'rganiladi va o'rganish ma'lumotlari “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuritib boriladi.

🎓 2024/2025 o'quv yilidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan o'tkaziladigan “Eng faol ijtimoiy xodim” ko'rik tanlovining viloyat bosqichida g'olib bo'lgan ijtimoiy xodimlar davlat oliy ta'lim muassasalariga “Ijtimoiy ish” mutaxassisligi bo'yicha to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilinadi.

▶️ 2024-yil 1-iyuldan moddiy yordam va boshqa ijtimoiy xizmatlarni hisobga olishning yagona tizimini yaratish orqali har bir fuqaro (oila) uchun belgilangan ijtimoiy to'lovlar, taqdim etilgan imtiyozlar, shu jumladan, subsidiyalar, xizmatlar va yordamlarning har bir fuqaro kesimida “Ijtimoiy himoya” ATda hisobi yuritiladi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochilgan davlat jamg'armalari va boshqa jamg'armalar integrasiya qilinadi.

🏢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan:

🔹2023-yil 1-noyabrdan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar eksperiment tariqasida yo'lga qo'yiladigan tuman (shahar)larda “Inson” ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish markazlarida og'ir hayotiy vaziyatga tushgan shaxslar uchun psixologik yordam ko'rsatish tizimi joriy etiladi;

🔹2023-yil 15-noyabrgacha o'zining tizimiga kiradigan tashkilotlarga tegishli bino va inshootlarga ijtimoiy himoya yo'nalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlarini, zaruratga ko'ra, tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish choralari ko'riladi;

🔹2023-yil 1-dekabrgacha tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o'tkazish natijasiga ko'ra nogironligi bo'lgan shaxs uchun sog'lig'ining holatiga ko'ra mumkin bo'lgan mehnat faoliyati turlari va mehnat sharoitlari to'g'risidagi ma'lumotlar integrasiyasi ta'minlanadi;

🔹2024-yil 1-yanvargacha ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining murojaatlarini tezkor ko'rib chiqishga mo'ljallangan “ishonch telefoni” ishga tushiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
YANGI OʻZBEKISTON – YASHIL MAKONDA BIRGA YASHAYLIK!

Toshkent viloyati mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillarining viloyat ahliga murojaati

Batafsil

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#муносабат

Ижтимоий тармоқларда Чирчиқ шаҳри “Юлдуз” маҳалласидаги кўп қаватли уй олдидаги ер майдони тадбиркорга аукцион орқали дўкон қуриш учун сотиб юборилганлиги сабабли аҳоли вакиллари норозилик билдиришган мурожаат юзасидан Чирчиқ шаҳар ҳокимлигининг
РАСМИЙ МУНОСАБАТИ

Ижтимоий тармоқлардаги мурожаатда Чирчиқ шаҳри “Юлдуз” маҳалласидаги кўп қаватли уй олдидаги ер майдони тадбиркорга аукцион орқали дўкон қуриш учун сотиб юборилганлиги сабабли аҳоли вакиллари норозилик билдиришганлиги таъкидланган.
Шуни маълум қиламизки, ушбу мурожаат юзасидан ўрганиш ишлари олиб борилмоқда.

Чирчиқ шаҳар ҳокимлигининг Ахборот хизмати

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-yil 18-oktabr kuni Chirchiq shahrida oila va xotin qizlar bo'limi tomonidan "Yil ayoli " milliy ko'rik tanlovi o'tkazildi. Tanlovda 6 ta nominatsiya bo'yicha xotin qizlar ishtirok etdilar. M.Islamova "Yilning eng vatanparvar ayoli", Z.Abdulxayeva "O'z kasbining ustasi bo'gan yil ayoli", M.Axmedova "Yilning eng yaxshi uy bekasi", X.Raximova "Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli", S.Qoryog'diyeva "Yilning eng yangi g'oyalar tashabbuskori", X.Rajabova "Yilning eng jonkuyar ustozi" nominatsiyalari g'olibi bo'dilar. Tadbir ishtirokchilari tashakkurnova va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy (Sunnatilla G'ulomov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
CHIRCHIQ SHAHRI_ILMLI AYOL JAMIYAT KO‘ZGUSI_19.10.2023


obuna bo'ling:👇👇👇
NURAFSHON TV
Forwarded from Bright Uzbekistan
O‘zbekiston va Tatariston biznes-forumi o’tkazilmoqda

O‘zbekiston va Tatariston ishbilarmonlari biznes-forumi o’tkazilmoqda. Bu haqda “O‘zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-va-tatariston-biznes-forumi-otkazilmoqda
#Эҳтиром

Ҳаммамизга маълумки, 2020 йил 10 апрелда қабул қилинган Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбек тили байрами кунини белгилаш тўғрисида”ги Қонуни билан 21 октябрь – Ўзбек тили байрами куни этиб белгиланди. Халқимизнинг асрий орзу умидларини ўзида ифода этган бу байрам бугун юртимизда асл миллий айёмлардан бири сифатида кенг нишонланмоқда. 

Бугун Она Диёримизнинг барча гўшаларида бўлгани каби гўзал Чирчиқ шаҳримизда ҳам ушбу қутлуғ айём кенг нишонланди.
Тадбирда Чирчиқ шаҳар ҳокими Даврон Хидоятов, Ўзбекистон Халқ шоири сенатор Маҳмуд Тоир ҳамда Ўзбекистон фан арбоби, кимё фанлари доктори, профессор, Чирчиқ давлат педагогика университети ректори Гафуржон Мухамедов иштирок этди.
Тадбир сўнгида Буюк аллома, туркий тил асосчиси Хазрат Мир Алишер Навоий пойига гул қўйилди.

Чирчиқ шаҳар ҳокимлигининг Ахборот хизмати

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
Payshanba - sektor rahbarlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashadigan va muammolarini hal qilishga e'tibor qaratiladigan kun. Shu jumladan, bu kunda avval xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini oʻrganish, davlat tasarrufidagi obyektlarning auksion savdolariga chiqarilishi, sotilishi va investitsion majburiyatlarning bajarilishi ham oʻrganiladi.

*Bo'ka tumani.  Investitsiyalar, sanoat va savdo bo'limi boshlig'i ishtirokida "Hilal Textile" MCHJ korxonasida faoliyat yuritayotgan xodimlarga yaratib berilgan imkoniyatlar va ish faoliyati o'rganildi.

*Qibray tumani. Tuman hokimi sektor rahbarlari bilan birgalikda umumiy loyiha qiymati 5 547 mln dollarni tashkil etuvchi “UZPROMARM” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 

*Chirchiq shahar. Ikki kun davom etgan biznes forum doirasida Tatariston bilan shartnomalar imzolandi.

*Zangiota tumani. Tuman hokimi boshchiligida "Ramadan" mahallasida qurib foydalanishga topshirilish arafasidagi 120 o'rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti binosi ko'zdan kechirildi.

*Toshkent tumani. Tumanda aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida, suv taqsimoti va suv ta'minoti inshootlari qurib bitkazilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#об_ҳаво

⚡️Бугун Тошкент вилоятида ҳаво ҳарорати +27 даражагача илиқ бўлиши кутилмоқда

Гидрометеорология марказининг хабар беришича, бугун, 20 октябрь куни Тошкент вилоятида ҳаво ўзгариб туради, ёғингарчилик бўлмайди. Шарқдан секундига 7-12 метр тезликда шамол эсади.

Ҳарорат кечаси 7-12, кундузи 22-27 даража илиқ бўлади.

@haqiqatonline_24