Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.22K subscribers
41K photos
5.11K videos
55 files
17.7K links
Download Telegram
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ MUROJААTI

Hurmatli Fuqaro!

Ichimlik suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun vaqtida to‘lovni amalga oshirishingiz so‘raladi.

Ushbu to‘lovlar vaqtida amalga oshirilsa, suv taʼminotidagi loyiha ishlari jadallashadi:

- hududdagi ichimlik suv muammolari tez va sifatli bartaraf etiladi;

-mahallaga ichimlik suv quvuri yotqiziladi;

- suv ta’minoti korxonasining moddiy-texnik ta‘minoti bazasini rivojlantirish natijasida, hududdagi suv ta’minotiga bog‘liq muammolar bartaraf etiladi.

Eslatma!

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli Farmoni va Isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan, Isteʼmolchi ichimlik suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq toʼlashni amalga oshirishlari belgilangan.

Tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mashg'ulot

⚡️Chirchiq shahrida joylashgan tog' poligonida navbatdagi YPX xodimlarining huquqiy, kasbiy va jismoniy tayorgarligi bo'yicha malakasini oshirishga qaratilgan o'quv yig'ini tashkil etildi.

O'quv mashg'ulotlari davom etmoqda...

Batafsil videoda ko'ring https://t.iss.one/yhxx_ypx
#об_ҳаво

Бугун Тошкент вилоятида қандай об-ҳаво кузатилади?

Гидрометеорология марказининг хабар беришича, бугун, 30 май куни Тошкент вилоятида ҳаво бироз булутли бўлади, айрим жойларда ўзгариб туради, ёғингарчилик бўлмайди. Шарқдан секундига 7-12 метр тезликда шамол эсади.

Ҳарорат кечаси 15-20 даража илиқ, кундузи 32-37 даража иссиқ бўлади.

@haqiqatonline_24
👍4
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

Fuqarolar Oʻzbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart.

⚖️ Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ob’yektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasi qoʻllanilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

Кўп квартирали уйлар ертўласидан фойдаланиш тартиби қандай?

🔰 Кўп квартирали уйлар ертўласидан фойдаланиш у жойдаги мулкдорлар розилигига асосан амалга оширилади.

📌 Ертўладан жойлар фақат ертўлада шуғулланилиши мумкин бўлган қуйидаги фаолият турларини амалга ошириш учун берилади:

● озиқ-овқат ва ноозиқ-овқат товарлари билан савдо қилиш (дўконлар, киоскалар, дўкончалар ва бошқалар);
● маиший хизмат кўрсатиш (сартарошхона, пойабзал тикиш ва таъмирлаш, оптика, соат созлаш устахоналари, тикувчилик ва каштачилик, ателье);
● умумий овқатланиш (ресторанлар, кафе, кафетерийлар, музқаймоқ ва чанқовбосди ичимликлар барлари, газакхоналар);
● банк хизматлари кўрсатиш (банкларнинг бўлимлари ва валюта алмаштириш пунктлари);
● алоқа хизматлари кўрсатиш (почта бўлими) ва курьерлик фаолияти;
● газеталар, журналлар ва китоб маҳсулотлари билан савдо қилиш;
● бижутерия ва жевакларни тайёрлаш ва таъмирлаш;
● гулчамбарлар, сунъий гуллар ва гул маржонларини тайёрлаш;
● рассомлик ва ҳайкалтарошлик;
● хизмат кўрсатиш ва тадбиркорларнинг офислари ҳамда идоралари;
● видео ва фотосуратга олиш, компьютер хизматлари;
● таржима ва таҳрир хизматлари;
● дизайн, чизмачилик-графика хизматлари;
● кийим-кечак ва идишларни ижарага бериш хизмати;
● риэлторлик фаолияти;
● газламаларга нақшлар солиш, трафаретли босма ва қўлда расм чизиш хизматлари;
● жисмоний тарбия ва спорт муассасалари фаолияти;
● давлат ташкилотларини жойлаштириш;
● суғурта ташкилотларини жойлаштириш.

Ертўладан фойдаланганлик учун тўланадиган ижара тўловларининг энг кам миқдорлари ҳокимликлар томонидан тасдиқланади.

🚫 Ертўладан фойдаланувчи томонидан уни бошқа шахсларга сотиш, ҳадя этиш, гаровга қўйиш ва ижарага беришга йўл қўйилмайди.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Forwarded from Toshkent viloyati statistika boshqarmasi (TOSHVIL.STAT Axborot xizmati)
📊Chirchiq shahrida aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2 206,4 ming. so‘mni tashkil qildi

⚡️Chirchiq shahri bo‘yicha 2023- yilning yanvar-aprel oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 371,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-aprel oylariga nisbatan 106,2% ni tashkil etdi.

Jumladan,

🔺Yirik korxonalar - 103,0 mlrd. so‘m

🔺Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – 268,8 mlrd. so‘m


⚡️2023- yil yanvar-aprel oylarida Chirchiq shahrida o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2 206,4 ming. so‘mni) tashkil qildi.

2022- yilning mos davriga nisbatan 104,1 %ni tashkil etdi.

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
👍4
#Диққат_сўровнома

1-ЧОРАКДА ЭНГ ФАОЛ БЎЛГАН ЧИРЧИҚЛИК ЕТАКЧИЛАРГА ОВОЗ БЕРИНГ!

⚡️ Юқоридаги суратда Чирчиқ шаҳридаги энг машҳур ёшлар етакчилари ўрин олган.

😨 Сизнингча, қайси етакчи 1-чоракда фаолроқ бўлди? Овоз беринг.

Сўровнома 31 май соат 16:00 гача давом этади.

⚠️
Эслатма: турли ботлар орқали сунъий овоз жамғаришга интилганлар сўровномадан четлаштирилади.

🎁 Ғолиб Ёшлар ишлари агентлиги Тошкент вилояти бошқармасининг махсус совғаси билан тақдирланади.

Овоз беришда иштирок этиш учун каналга уланинг:
https://t.iss.one/+tcc8Accr_k80OGNi
👍12
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_himoya

Prezident Administrasiyasi ishchi guruhi vakili X.Primqulova, Chirchiq shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar  bo‘limi boshlig‘i Y.Jumayeva  shahrimizdagi “Gulzor” mahalla fuqarolar yig‘ini Tadbirkorlar  ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro 1-guruh nogironi Lyudmila Makrausova,  “Quyosh” mahalla fuqarolar yig‘ini fuqoralari 5-yildan buyon yotoq Ra’no Yunusova va 10 yildan buyon yotoqli fuqaro Muqaddam Azimovalar holidan xabar olindi hamda nogironlik aravachasi va BHMning 4 barobari miqdorida bir marotabalik moddiy yordam berildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy (NURAFSHON TV)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
CHIRCHIQ_SHAHRI_SAYYOR SUD FUQAROLAR MUDDATIDAN OLDIN JAZODAN OZOD ETILDI_26.05.2023

obuna bo'ling:👇👇👇
https://t.iss.one/nurafshontvrasmiy
👍3
Kuni kecha shahrimizdagi Iftixor mahallasida "Epchil kelinlar" ko'rik tanlovi o'tkazildi. Tadbirda viloyat oqila ayollar harakati a'zosi Mavluda Usmonova, shahar oqila ayollar harakati a'zosi Dilorom Mahkamovna, Chirchiq shahar hokim o'rinbosari Oila va Xotin -qizlar bo'limi boshlig'i Y.Jumayeva , Chirchiq shahar bosh otinoyisi Muxabbat Zokirova va Iftixor MFY Xotin - qizlar faoli Malika Rustamovna hamda mahalla faollari ishtirok etishdi. Tanlovda erta nikoh va erta tug'ruq, qaynona va kelin munosabatlari haqida so'z bordi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida joylashgan “Nuroniylar” maskanida Chirchiq shahridan tashrif buyurgan uch avlod vakillari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil qilindi. Aytish joizki, ushbu maskan chin ma’noda o‘zining milliyligi, bebaho ramzlari, fayzi bilan yaqqol ajralib turadi.

Toshkent viloyati “Nuroniy” jamg‘armasi raisi F.Omonov, Chirchiq shahar “Nuroniy” jamg‘armasi raisi O.Yuldashev, Yoshlar ishlari agentligi H.Maqsudov mahallasi yoshlar yetakchisi N.Mirzayevlar yurtimizda keksalarni e’zozlash, ularning boy tajribalarini yoshlarga singdirish borasida bu kabi uchrashuvlarning ahamiyati beqiyos ekanini ta’kidlab, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tishdi.

📹Batafsil “Yoshlat TV” lavhasida.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#об_ҳаво

☀️🌥🌧Баҳорнинг сўнгги кунида Тошкент вилоятида қандай об-ҳаво кузатилади?

Гидрометеорология хизмати марказининг хабарига кўра, бугун, 31 май куни Тошкент вилоятида ҳаво бироз булутли бўлади, айрим жойларда ўзгариб туради, ёғингарчилик бўлмайди. Шарқдан  секундига 7-12 метр тезликда шамол эсади.

Ҳарорат кечаси 15-20 даража илиқ, кундузи 32-37 даража иссиқ бўлади.  

@haqiqatonline_24
👍1
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🏬 Уй-жой учун субсидия берилган фуқароларнинг ипотека кредитлари ва уларнинг фоизлари учун йўналтирилган иш ҳақи ва бошқа даромадлари даромад солиғига тортилмаслиги белгиланган.

📌 Мазкур имтиёз қарз олувчи ва бирга қарз олувчилар даромадининг бир солиқ даврида меҳнатга ҳақ тўлаш энг кам миқдорининг 80 бараваридан ошмаган қисмига татбиқ этилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Oʻzbekiston fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan oʻzaro huquq va majburiyatlar bilan bogʻliqdir.

Insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qoʻyilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qoʻyishga hech kim haqli emas.

Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi.

Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlishi kerak.

Inson bilan davlat organlarining oʻzaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya, 20-modda

Manba

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM