Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.24K subscribers
40.9K photos
5.1K videos
55 files
17.7K links
Download Telegram
Forwarded from Toshkent viloyati sport boshqarmasi (COMANDOR)
Chempionlar tayyorlash maskaniga aylangan Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi haqida

Har to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi bo‘lgan yozgi olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga munosib sportchilarni tayyorlashda, ayniqsa, yoshlarni sportga jalb etib, sportdagi qobiliyatlarini shakllantirishda va ularni chempionlik sari yetaklashda olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining o‘rni beqiyos.

Batafsil: https://olamsport.com/uz/news/chempionlar-tayyorlash-maskaniga-aylangan-chirchiq-olimpiya-va-paralimpiya-sport-turlariga-tayyorlash-markazi-haqida

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
#jarayon

Joriy yilning 1-3-may kunlari Chirchiq shahrida O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi OʻRQ-776-sonli "Reklama to'g'risida"gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to'liq o'tishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 61-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida shahar hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi Iroda Muhammadazizova tomonidan shahardagi noqonuniy o'rnatilgan reklamalar hamda imloviy kamchiliklar bilan yozilgan peshlavha va axborot matnlari o'rganilib, bartaraf etish choralari ko'rildi.
Shuningdek, shaharda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga, ta’lim muassasalari mas’ullariga Qonun talablari va uning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarning bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
SPORT MARKAZIDA SELEKSIYA ISHLARI ALOHIDA E’TIBORDA

Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bugun sportchi-o‘quvchilarni o‘zlari tanlagan sport turlari bilan muntazam mashg‘ulotlarga kirishishlari uchun yetarlicha shart-shart sharoitlar muhayyo qilingan. Ushbu sport maskanida ayniqsa, so‘ngi yillarda bunyod etilgan eng so‘nggi rusumdagi sport inshootlarining bunyod etilayotgani yoshlarni professional sportchi bo‘lib yetishiga xizmat qilmoqda.

O‘z vaqtida olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini, jahon va Osiyo chempionlarini tayyorlab, katta sportga yetaklagan va bu an’anani davom ettirayotgan mazkur markazning direktori Ravshan Gafurov boshchilidagi mahoratli mutaxassis-trenerlari esa iqtidorli yoshlarni izlab topish, ya’ni seleksiya ishlariga alohida e’tibor qaratishgan.

Shu maqsadda markazning bir guruh mutaxassislari joriy yilning 1-2 may kunlari Toshkent viloyatining Bekobod, Buka va Yuqorichirchiq tumanlaridagi sport maktablarida bo‘lishdi.

Uchrashuvlarda markazning sport ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sherali Nasirov rahbarligidagi ishchi guruh yosh sportchilar va ularning ota-onalari bilan davra suhbati o‘tkazib, markazda tashkil etilgan sport turlari va yaratilgan sharoitlar xususida atroflicha ma’lumotlar berishdi. O‘zaro savol javob tarzida o‘tgan qizg‘in suhbat yakunida yosh sportchilar uchun markazda mavjud keng imkoniyatlar aks etgan va ma’lumotlar kiritilgan bukletlar tarqatildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#об_ҳаво

☀️🌥🌧Бугун Тошкент вилоятида қандай об-ҳаво кузатилади?

Гидрометеорология марказининг хабар беришича, бугун, 4 май куни Тошкент вилоятида ҳаво бироз булутли бўлади, баъзи жойларда ўзгариб туради, ёғингарчилик бўлмайди. Шарқдан секундига 7-12 метр тезликда шамол эсади. Айрим жойларда шамолнинг тезлиги чанг-тўзонлар билан бирга секундига 15-20 метргача кучайиши мумкин.

Ҳарорат кечаси 8-13, кундузи 22-27 даража илиқ бўлади.

✔️Тезкор янгиликларни биз билан кузатинг!
@haqiqatonline_24
3
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Германия Федерал Президенти Франк-Вальтер Штайнмайер Берлин шаҳридаги жаҳонга машҳур Жеймс Симон галереясида “Ўзбекистоннинг археологик хазиналари. Македониялик Искандардан Кушонлар салтанатигача” номли ноёб кўргазмани очдилар.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Федеральный Президент Германии Франк-Вальтер Штайнмайер открыли уникальную выставку «Археологические сокровища Узбекистана. От Александра Македонского до Кушанской империи» во всемирно известной галерее Джеймса Симона в городе Берлине.

#Mirziyoyev #tashrif #Germaniya #kurgazma

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Германияга икки кунлик ташрифини якунлаб, Тошкентга қайтиб келди.

Завершив свой двухдневный визит в Германию, Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вернулся в Ташкент.

#Mirziyoyev #tashrif #Germaniya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍3
🟥🟥🟥

❗️Maktab va bog‘chalarda pul yig‘imi qat’iyan taqiqlanadi.

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali maktablar va bog‘chalarda turli xil tadbirlar o‘tkazish uchun o‘quvchilardan pul mablag‘lari yig‘ilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Ta’lim muassasalarida ta’mirlash (remont) uchun, turli tadbir (so‘nggi qo‘ng‘iroq) va bayramlar uchun pul yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi!

Siz qaysidir maktab yoki bog‘chalarda pul yig‘ish bilan bog‘liq holatlar haqida xabardor bo‘lsangiz, Chirchiq shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining
☎️ +998 95 250 38 08 raqamli «ishonch telefoni»ga murojaat qilishingiz so‘raladi.

Shuningdek, Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun
📞 +998 90 906 07 26.
Umumta’lim maktablari uchun
📞 +998 93 531 64 68.
raqamlariga ham murojaat qilishingiz mumkin.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏1