Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.22K subscribers
41K photos
5.11K videos
55 files
17.7K links
Download Telegram
#JARAYON

📎 Vazirlik mutasaddilari Chirchiq shahrida faoliyat yurituvchi boshqaruv tashkilotlari vakillari bilan uchrashdilar

Ochiq muloqot tartibida tashkil etilgan uchrashuvda boshqaruv tashkilotlari faoliyatida uchrayotgan muammoli holatlar va uning yechimlari muhokama qilindi. Shuningdek, sohani takomillashtirish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha yig‘ilganlarning takliflari qabul qilindi.
- Biz sizning uy-joy fondi sohasini rivojlantirish yo‘lidagi har bir tashabbusingizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Muhimi aholi xizmat ko‘rsatish sifatidan rozi bo‘lishi kerak, - dedi Sherzod Hidoyatov.

◀️ Uchrashuvda aholining kommunal xizmatlarga bo‘lgan talabi ortib borayotgani, shu o‘rinda bu boshqaruv tashkilotlari mas’uliyatini yanada oshirishi ta’kidlandi.
- Insonlarga qulay sharoit yaratish orqali bugun boshqaruv tashkilotlari yaxshi daromadga ega bo‘lyapti. Shu bois qo‘shimcha servis xizmatlar hamda tadbirkorlik subyektlarini ko‘paytirish masalalariga e’tibor qaratilishi lozim, - dedi Ozoda Jo‘rayeva.

Samimiy va ochiq ruhda o‘tkazilgan suhbatda boshqaruv tashkilotlari vakillariga xizmat ko‘rsatish sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha zarur tavsiyalar, shuningdek, ularga berilayotgan soliq imtiyozlari, qonunchilikda ko‘zda tutilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Yig‘ilish qatnashchilari o‘zlarining barcha savollariga javob oldilar.
Ma’lumot uchun, Chirchiq shahrida 37 798 ta xonadondan iborat 916 ta ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, mazkur uylarga 12 ta BSK hamda 2 ta uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥41
#tadbir

Kunning ikkinchi yarmida ma’naviy va ma’rifiy tadbir «Yangi O‘zbekiston» massivida davom etdi. Ob’yektlarda ishlayotgan quruvchilar bilan qizg‘in suhbat qurishdi.

Tadbir yakuni Chirchiq Oliy tank qo‘mondon-muhandislik bilim yurtida bo‘ldi. Dastavval, u yerda kursantlarning qo‘l jangli chiqishlari namoish etildi. Shundan so‘ng, nuroniylar, oqilla ayollar va kursantlar hamda “Ayolllar daftari”da turuvchi fuqarolar bilan ma’naviy va ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram  🌐 Facebook
🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
#jarayon
#insonqadriuchun

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi “Mahallalarda infratuzilmani yaratish orqali aholiga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 435-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shahrimizning “Semurgʻ” mahallasi ichki koʻchalarini Asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram  🌐 Facebook
🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6