Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
6.09K subscribers
39.3K photos
4.89K videos
48 files
17.1K links
Download Telegram
#Press_tur

🗺 Taʼkidlash lozimki, Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi aholimiz koʻp yillar davomida issiqlik taʼminotining yoʻqligidan aziyat chekkan. Qoʻlbola isitish vositalaridan foydalanilgan, bunda albatta, xavfsizlikka rioya qilinmagan. Davlatimiz rahbarining har tomonlama oʻylangan xalqchil siyosatlari tufayli bugungi kunda ularning 20 yillik qiyinchiliklari aridi.

Shuningdek, issiqlik taʼminotini “ochiq” tizimdan “yopiq” tizimga oʻtkazish yoʻlida ham muhim qadamlar tashlandi.

Bugungi kunda dunyo hamjamiyatida kuzatilayotgan energotaqsillikni oldini olishda biz avvalo, bor resurslarni tejashga eʼtibor qaratishimiz lozim. Issiqlik taʼminoti tizimini “yopiq” tizimga oʻtkazish orqali biz anchagina energiyani saqlagan boʻlamiz.

🟡 Yopiq tizim qanday ishlaydi? Bilamizki, anʼanaviy isitish tizimda issiqlik taʼminotidan kelgan issiqlik tashuvchi, yaʼni issiq suv koʻp qavatli uygacha kelib, aholi tomonidan ishlatib boshlinganidan soʻng ortga qaytarilmaydi.

“Yopiq” tizimda esa issiqlik taʼminoti korxonalaridan kelgan issiq suv koʻp qavatli uyning yertoʻlasida joylashgan qurilmagacha kelib, isteʼmolchilarga yetarli haroratni berib, hajmi yoʻqolmagan holatda ortga qaytariladi. Bunda avvalo, qozonxonalarda kimyoviy tozalangan suv tejab qolinadi. Har bir individual issiqlik punktlarida zamonaviy, aqlli hisoblagichlar oʻrnatiladi. Bunda Isteʼmolchi, koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatuvchi tashkilot va issiqlik taʼminoti korxonasi oʻrtasida aniq hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Issiqlik taʼminoti sifati oshadi. Chunki individual issiqlik punktlarining isitish blokidagi nasoslar uy ichki isitish tizimidagi radiatorlarda issiqlik tashuvchini bir maromda aylanishini taʼminlaydi. Bitta xona isib, ikkinchisi isimay qolishi kabi holatlar bartaraf etiladi. Tashqi havo haroratiga qarab issiqlik taʼminoti haroratini avtomatik sozlash imkoniyati yaratiladi. Buning natijasida issiqlik energiyasi iqtisod qilinadi va bu oʻz oʻzidan issiqlik taʼminoti uchun oylik toʻlovlar kamayishiga zamin yaratadi. Eng muhimi, issiqlik taʼminotini “ochiq” tizimdan “yopiq” tizimga oʻtkazish orqali 7% dan 10% gacha energiya resurslarini tejalishiga erishiladi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #Onlayn
#Press_tur

🗺Chirchiq shahrida jami 943 ta koʻp kvartirali uylar mavjud boʻlib,  ularga 16 ta BSK hamda 2 ta uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan xizmat koʻrsatib kelinadi. Bugungi kunda 787 ta uy issiqlik energiyasi bilan toʻliq taʼminlangan.

Bugungi kunda mavjud koʻp qavatli uylarning 92 foiz 1991-yilgacha qurilgan uylar hisoblanadi. Joriy yilda boshqaruv servis kompaniyalari  tomonidan jami 6 mlrd soʻm mablagʻlar evaziga 497 ta uy-joylarda joriy va mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Bunda 166 ta uylarning tom qismi, 449 ta kirish yoʻlaklari, 1000 kv.m dan ortiq framuga oynalari, 20 ta uyning fasadi, 122 ta uylarning yertoʻla qismi, 159 ta elektr taqsimlovchi shitlar, 102 ta uyning ichki muhandislik tarmoqlari, 59 ta temir eshik va 65 ta kodli qulflar, 4 ta lift uskunalari taʼmirlandi va 562 ta energotejamkor lampalar oʻrnatildi. Bundan tashqari hududiy elektr tarmoqlari bilan hamkorlikda 374 ta uyning 3 440 ta elektr taqsimlovchi shitlari joriy va mukammal taʼmirlandi.

🟡 Chirchiq “Issiqlik energiyasi” ICHKda jami 9 ta markaziy, 5 ta mahalliy qozonxonalar, ushbu qozonxonalarda 42 ta qozonlar va 90,8 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari mavjud.

Bugungi kunda Chirchiq shahridagi 14 ta markaziy va mahalliy qozonxona, 29 ta qozon hamda 70 km dan ortiq uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari soz holatda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Aholi_fikri

⚠️ Issiqlik tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgn ishlar odamlar hayotida qanchalik oʻz aksini topmoqda? Chirchiq shahrida boʻlib oʻtgan OAV vakillari ishtirokidagi press turda ana shu savollarga xolis va haqqoniy javob izlandi?

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon #Press_tur

📍 Toshkent viloyati Chirchiq shahrida issiqlik ta’minotini yaxshilash hamda kuz-qish mavsumiga ko’rilgan tayyorgarlik ishlari yuzasidan OAV vakillari ishtirokida tashkil etilgan press-tur obyektivlarimizda.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Isitish tizimi bilan bog'liq 20 yillik muammo hal etildi

muxbir: Mirzaolim Rustambekov

#Toshkent viloyati

16:00 06.12.2024

@hududtv
Конституция куни муносабати билан Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Noyabr oyida iste'mol qilingan gaz va elektr energiyasi uchun har oylik kompensatsiyaga arizalar qabuli boshlandi

Arizalar butun Respublika bo‘ylab ehtiyojmand oilalardan qabul qilinmoqda. Bunday kompensatsiyalar Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yilda 5 oy va boshqa mintaqalarda yilda 4 oy to‘lanadi.

Noyabr oyida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan kam ta'minlangan oilalar uchun 270 ming so‘m miqdorida bir martali moddiy yordam to‘lab berildi.

1-dekabrdan butun O‘zbekiston bo‘ylab gaz va elektr energiyasiga tariflar ortishi bilan bog‘liq kompensatsiya uchun arizalar qabuli boshlandi.

Kompensatsiya, ijtimoiy me'yordan oshiq sarflangan gaz va elektr energiyasi uchun to‘lovlarda yordam berish maqsadida, oy yakunlari bo‘yicha to‘lanadi.

Kompensatsiya amal qilish davomiyligi:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 5 oy (oktyabr-fevral).
• O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida – 4 oy (noyabr-fevral).

Kompensatsiya olish tartibi va hisoblanadigan summalar haqida rasmlar orqali to‘liq ma'lumot olishingiz mumkin.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM