Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.23K subscribers
41K photos
5.11K videos
55 files
17.7K links
Download Telegram
#Bildirish

Toshkent viloyatida "Xayr-ehson o‘n kunligi" dekadasi o‘tkaziladi

Joriy yilning 19-noyabridan 29-noyabriga qadar viloyatda "Xayr-ehson dekadasi" hamda "O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkilotining insonparvarlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash xayriya o‘n kunligi" etib belgilandi.
Bu haqda, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning 2024-yil 11-noyabrdagi "Viloyatda Xayr-ehson o'n kunligi dekadasini o'tkazish to'g'risida"gi 443-10-0-F/24-sonli farmoyishi imzolandi.

Unga asosan, shahardagi barcha korxona, tashkilot, muassasalar "Xayr-ehson dekadasi"ni uyushqoqlik bilan o'tkazilishini ta'minlash, xayriya tadbirlari va a'zolik markalaridan tushgan mablag'lar va jamoa roziligi asosida O'zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 10 (o'n) foizi miqdorida xayriya mablag'larini o'rnatilgan tartibda O'zbekiston Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkiloti hisob raqamiga ("Ipoteka-bank" Toshkent shahar. Mehnat filiali, h/r 2021 2000 9001 0174 0001, MFO 00423, OKED 94990, INN 200 896 787) o'tkazilishiga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur dekadani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyatini qo‘llab-quvvatlash, favqulodda vaziyatlar yuz bergan holatlarda aholiga to‘laqonli insonparvarlik ishlarini amalga oshirish hamda buning uchun homiylar tomonidan ixtiyoriy va beg‘araz yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil qilishdan iboratdir.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг Бош вазир лавозимига номзодни кўриб чиқиш ва Вазирлар Маҳкамасининг яқин ва узоқ истиқболга мўлжалланган ҳаракатлар дастури муҳокамасига бағишланган мажлисида иштирок этади ва нутқ сўзлайди.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев примет участие и выступит на заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса по рассмотрению кандидатуры на должность Премьер-министра и обсуждению программы действий Кабинета Министров на ближайшую и долгосрочную перспективу.

Facebook|Instagram|X
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Investitsiya #Jarayon

“Chirchiq Texnoparki” hududida joylashgan "Deconext Corp" QK tomonidan dekarativ qogʻoz, melamin va fenol plyonkalari hamda dekorativ CPL plastik mahsulotlarini ishlab chiqaradi.

Mazkur loyihaga 1,3 mln. dollar investitsiya kiritilib, 50 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Chirchiq shahar Nuroniy jamg‘armasi tashabbusi bilan yurtimizda o‘tkazilayotgan “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida nuroniylar o‘rtasida sportning futzal turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada Toshkent shahring Toshkent-1 va Toshkent-2, Sirdaryo viloyatining Yangiyer jamoasi, Toshkent viloyatining Nurafshon hamda Chirchiq jamoalari ishtirok etishdi.

Unga ko‘ra 60 yoshdan yuqori bo‘lgan nuroniylar maydonda to‘p surib, shiddatli va murosasiz bahslarni olib borishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra;
🥇Toshkent-1 jamoasi,
🥈Chirchiq jamoasi,
🥉Toshkent-2 jamoasi egalladi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar hamda “Eng yoshi katta ishtirokchi”, “Eng ko‘p to‘p urar”, “Eng yaxshi darbozobon” va “Eng yaxshi o‘yinchi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8💯1
⚡️⚡️⚡️

O‘zbekistonda 2025 - yilga qanday nom berilishi e’lon qilindi

👉 Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ehtirom

MEHRI MALHAM, DARDGA DARMON SHIFOKORLAR!

Shahrimizdagi “Zamin” to‘yxonasida “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda shahrimizdagi tibbiyot sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan soha xodimlari, tajribali shifokorlar, tizim mas’ullari, faxriylar ishtirok etdi.


Tadbir ochilishida shahar hokimi Murodjon Abdurahimov so‘zga chiqib, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda zamonaviy tibbiyotning rivojlanishi uchun ulkan imkoniyatlar yaratilishi asnosida barcha tibbiyot xodimlariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, aholi salomatligini saqlash, onalar va bolalar sog‘ligini muhofaza qilish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda sidqidildan mehnat qilayotgan shifokorlarning beminnat xizmatlari alohida e’tirof etildi.

Qayd etish lozimki, keyingi yillarda tibbiyot sohasida tub islohotlar izchil amalga oshirilayotgani o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Birgina shahrimiz miqyosida ko‘radigan bo‘lsak, aholiga birlamchi tibbiy xizmatni yaqinlashtirish maqsadida, 2 ta oilaviy poliklinika ishga tushirildi. Zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan tibbiyot maskanida fuqarolar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.


Tantanali bayram tadbiri davomida aholi salomatligi yo‘lida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh soha xodimlariga shahar hokimligi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar tantanali tarzda topshirildi.

Tadbirning badiiy qismida san’atkorlar va ijrochi yoshlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar, raqslar barchaga xush kayfiyat ulashdi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8