Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.4K subscribers
40.4K photos
5.05K videos
54 files
17.5K links
Download Telegram
#Uchrashuv

Tadbirkorlar muammolari oʻrganildi


Bugun Chirchiq shahar hokimligida shahar hokimi Murodjon Abdurahimov hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida shahrimiz tadbirkorlarining muammolarini yechish masalasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Tadbirkorlik subyektlarining vakillari o‘zlarini qiynayotgan turli savollar hamda takliflar bilan shahrimiz rahbariga hamda mutasaddilarga murojaat qilishdi.

Uchrashuv davomida 15 dan ortiq tadbirkorlar tomonidan bildirilgan barcha muammo va murojaatlar yuzasidan tushunchalar va tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🔥2
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#COP29
#WeAreIndivisible
#EcoSchoolsUzbekistan

Бокуда ўзбекистонлик экология фаолларининг тақдимоти бўлиб ўтди.

«Замин» фонди Васийлик кенгаши раиси Зироат Мирзиёева COP29 ёш иштирокчиларининг тайёргарлигини юқори баҳолади.


Расмий саҳифаларимиз 👇

Telegram|Instagram|Youtube|Facebook
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Investitsiya #Jarayon

Chirchiq Texnoparki” hududida joylashgan "NOVOPLAST TPE" MCHJ tomonidan termo plast elastamer (TPE) va polimer kompozit mahsulotlarini ishlab chiqaradi.

Mazkur loyihaga 3 mln. dollar investitsiya kiritilib, 32 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#об_ҳаво

⚡️Бугун Тошкент вилоятида ҳаво ҳарорати +15 даражагача илиқ бўлиши кутилмоқда

Гидрометеорология марказининг хабар беришича, бугун, 16 ноябрь куни Тошкент вилоятида ҳаво ўзгариб туради, ёғингарчилик бўлмайди. Айрим жойларда туман тушиши мумкин. Шарқдан секундига 7-12 метр тезликда шамол эсади.

Ҳарорат кечаси 0-5 даража илиқ, айрим жойларда 2 даражагача совуқ, кундузи 10-15 даража илиқ бўлади.

Республикамизнинг тоғли ҳудудларида
ҳаво ўзгариб туради, ёғингарчилик бўлмайди. Баъзи жойларда туман тушиши мумкин. Шарқдан секундига 7-12 метр тезликда шамол эсади. Кечаси 0-5 даража совуқ, кундузи 5-10 даража илиқ бўлади.

@haqiqatonline_24
Hurmatli fuqarolar❗️

Favqulodda vaziyatlar vazirligi isitish pechlaridan foydalanishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga chaqiradi.


⚡️Yong‘in va is gazidan zaharlanishni oldini olish maqsadida quyidagilarga amal qiling:
🔹 qo‘lbola va nosoz isitish moslamalaridan foydalanmang;
🔹 tungi vaqt o‘rnatilgan isitish tizimini nazoratsiz qoldirmang;
🔹 oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;
🔹 isitish pechlari va ularning dudburonlarini sozligiga, ularni turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalanishiga alohida e’tibor bering;
🔹 gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlangalar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang;
🔹 xonani isitish maqsadida ochiq olovdan aslo foydalanmang.

💢Oʻzingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi hamda salomatligini asrash oʻz qoʻlingizda!

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
👍5
#сайёр_қабул

⚡️ Чирчиқ шаҳрининг Ёшлик маҳалласида вилоят ИИББ ЖХХ Йўл ҳаракати хавфсизлиги бошқармаси бошлиғининг сайёр қабули бўлиб ўтти.

Вилоят ички ишлар органларига йўл ҳаракати хавфсизлигини таъминлаш соҳасида келиб тушаётган мурожаатлар маҳаллалар кесимида таҳлил этилиб, маҳаллалар қизил, сариқ ва яшил тоифаларга ажратилди.

Мазкур қизил тоифалардан бири Чирчиқ шаҳар, Ёшлик маҳалласи эканлиги аниқланди.

Мазкур маҳалладаги мавжуд муаммоларни ўрганиш ва ҳал этиш юзасидан Тошкент вилояти ИИББ ЖХХ ЙҲХ бошқармаси бошлиғи полковник А.С.Садиров томонидан сайёр қабул ўтказилди.

Сайёр қабул даврида келиб тушган мурожаатларни кўриб чиқиш юзасидан зарурий чора-тадбирлар белгиланиб, мутасадди раҳбарларга тегишли кўрсатмалар берилди.

|Телеграм | Instagram | Youtube
#Davra_suhbat

Korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Kecha “O‘zTMK” AJda “Korrupsiyani faqatgina birgalikda yenga olamiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda “O‘zTMK” AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish zavodi direktori Ilxom Asadov, shahar prokurori Ummatbek Ablabekov, IIB boshlig‘i Ibrohim Xasanov hamda soha mas’ullari va mutaxassislari, shuningdek, OAV ishtirok etdilar.

Davra suhbatida korrupsiyaviy holatlarning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi kurashish eng ustuvor vazifa ekanligi, korrupsiyani barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish kerakligi ta’kidlandi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan mavzuga doir fikr-mulohazalar hayotiy misollar yordamida tushuntirildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71🔥1