Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.32K subscribers
40.7K photos
5.08K videos
54 files
17.6K links
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг июль ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
💯4
#Sayyor_qabul

Shahar hokimi, 1-sektor rahbari Murodjon Abdurahimov 25-sonli maktabda ”Istiqlol”, “Ishonch” va Bobur mahallalari fuqarolari bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Hokim o‘rinbosarlari hamda mutasaddi rahbarlar ishtirok etgan sayyor qabulda har bir fuqaro va yoshlarning murojaatlari birma-bir e’tibor bilan tinglanib, ularning aksariyati o‘sha joyning o‘zidayoq yechimini topdi.

Mahallada yashovchi fuqarolarning moddiy yordam, uy-joy masalasi, piyodalar yo‘lakchasi va imtiyozli kredit olish va boshqa masalalarda murojaatlarini ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Ayrim muddat talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DIQQAT_DIQQAT

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi QQ-214-IV-sonli Qaroriga asosan “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika koʻrik-tanlovining shahar bosqichini oʻtkazish uchun Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashi qoshida tashkil etilgan koʻrik-tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha shahar komissiyasi TANLOV eʼlon qiladi!

Tanlovning maqsadi: Hududlarda ijtimoiy masalalarni muvaffaqiyatli hal etishga qaratilgan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash va jamiyatda ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirish, ijtimoiy tashabbuslar orqali aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy tashabbus yordamida hududdagi ijtimoiy soha muassasalari infratuzilmasini yaxshilash, mamlakatimizda ijtimoiy tashabbuskorlikka erishish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini keng jalb etish, ijtimoiy tashabbus koʻrsatgan ishtirokchilarning ilgʻor tajribasini aniqlash, umumlashtirish va targʻib qilish.

Tanlovni oʻtkazish tartibi va shartlari.

Mazkur tanlov quyidagi 3 ta bosqichda tashkil etiladi:

birinchi bosqich – tuman (shahar) miqyosida iyul-avgust oylarida;

ikkinchi bosqich – viloyatlar miqyosida (birinchi bosqich gʻoliblari oʻrtasida) sentyabr-oktyabr oylarida;

uchinchi bosqich – respublika miqyosida (ikkinchi bosqich gʻoliblari oʻrtasida) noyabr oyida.

Tanlov quyidagi nominatsiyalarda oʻtkaziladi:

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat boshqaruv organi”;

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat tashkiloti”;

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti”;

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro”;

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor hokimlik” (ikkinchi bosqichdan).

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 2024-yil 15-avgustgacha qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirokchilar yakka holda ishtirok etadi va hujjatlar taqdim etadi.

Tanlovda qatnashmoqchi boʻlgan ishtirokchilar Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashi kotibiyati nomiga ariza beradilar.

Tanlovda qatnashish istagini bildirgan ishtirokchilar oʻz arizalariga quyidagi hujjatlarni ilova qilishlari lozim:

ishtirokchilar toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumot;
Nizomning 6-bandiga asosan ijtimoiy tashabbus doirasida olib borilgan faoliyatiga oid materiallar (maʼlumotlar, hisobotlar, bayonnomalar, dasturlar, loyihalar, albom, 15x20 sm oʻlchamdagi fotosuratlar va hokazolar);
ijtimoiy tashabbusni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni aks ettiruvchi 5 daqiqadan oshmagan videorolik (sifati yuqori, HD formatda);
ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy tashabbusni yoritishga oid chop etilgan maqolalar, televideniye yoki radiodagi chiqishlarni asoslovchi hujjatlar.
Ishtirokchilar tanlovga doir boshqa qoʻshimcha materiallar ham taqdim etishi mumkin.

1-bosqichda Gʻolib boʻlgan eng yaxshi tashabbuskorga shahar hokimligi tomonidan estalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi;

2-bosqichda Gʻolib boʻlgan eng yaxshi tashabbuskorga viloyat hokimligi tomonidan estalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

3-bosqichda Gʻolib deb topilgan ishtirokchilar I, II, III darajali diplomlar va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, hamkor tashkilotlar hamda homiylarning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

“Baxt” va “G'alaba” mahalla fuqarolar yig'ini binosida Shahar hokimining o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Yulduz Jumaevaning aholi muammolari bo’yicha sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

Qabulda moddiy yordam, tibbiyot,  ishga joylashtirish va boshqa masalalar bo'yicha murojaatlar eshitildi.
Sayyor qabul davomida  vaqt va o'rganish talab etiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
 
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#қоидабузарлик

‼️ Чирчиқ шаҳрида яна бир ҳайдовчилик гувоҳномасига эга бўлмаган (автомобиль бошқариш ҳуқуқига эга эмас) ҳайдовчини ҳаракати чекланди.

📹Батафсил видеода

Телеграм 📸 Instagram
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, yuridik va jismoniy shaxslarga har bir kesilgan daraxt va buta uchun kompensasiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesilgan daraxt va butalardan kam bo'lmagan yirik o'lchamli (daraxt — 5 yillik, buta — 3 yillik) ko'chatni ekish hamda ularni kamida 2 yil davomida parvarish qilish bo'yicha qo'shimcha majburiyat yuklatiladi.

❗️
Bunda daraxt va butalarni kesish uchun ruxsatnoma berilganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan yig'imni to'laganlik yuridik va jismoniy shaxslarni kompensasiyaviy ekish hamda parvarish qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.

⚠️ Eslatma: Noqonuniy daraxt kesganlik uchun jarima mavjud.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from E-auksion_Toshkent_viloyat (🇺🇿)
"E-auksion" platformasida 109 ta sotuvda mavjud bo'lgan Davlat aktivlarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 7 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 15 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 8 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube