Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.51K subscribers
36.3K photos
4.38K videos
17 files
15.7K links
Download Telegram
Ayni damda Zoyir Mirzayev boshchiligidagi Toshkent viloyati delegatsiyasi Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahrida boʻlib turibdi.

Delegatsiya mazkur manzilda tibbiyotda ishlatiladigan jarrohlik simulyatorlari ishlab chiqaruvchi "EIDOS-medicine" korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur korxonaning filialini Toshkent viloyatida ochish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tatariston
#forum

Tataristonning Qozon shahrida oʻtkazilayotgan “Rossiya-Islom dunyosi: KazanForum 2024” 15-Xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etayotgan viloyat delegatsiyasi kunning ikkinchi yarmida mahalliy tadbirkorlar bilan birgalikda ishlab chiqarish  obyektlari hamda davlat korxonalarida boʻlib, samarali muzokaralarni oʻtkazdi.

Jumladan,  Zoyir Mirzayev Tataristonning Ekologiya va tabiat resurslari vaziri Aleksandr Shadrikov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda ekologik muammolarni bartaraf etish yuzasidan tajriba almashish, xususan chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha hamkorlik qilishga Tatariston tomon taklif bildirdi.

Muloqot davomida, viloyat rahbari hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohasida olib borilayotgan ishlarga toʻxtaldi. Chiqindi poligonlarida toʻliq qayta ishlashga bosqichma-bosqich oʻtilayotgani borasida tushuntirishlar berdi.

Yakunda chiqindilarni boshqarish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish masalalari ham muhokama etildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov AQSh elchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda inson huquqlari va so‘z erkinligi sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan, ingliz tilini o‘qitish dasturlarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashilgan.


https://t.iss.one/AOKBToshvil
#Hamkorlik

Toshkent viloyati delegatsiyasi vakillari Qozon shahridagi "Nefis" parfyumeriya ishlab chiqarish obyektida boʻldi.

Mazkur korxona 1855-yilda tashkil etilgan va hozirda bu yerda 12 mingdan ortiq ishchi-xodim faoliyat yuritmoqda.

2023-yilda Rossiya Federatsiyasida "Yil brendi" sifatida tan olingan. 10 ga yaqin mahsulotlari Rossiya va MDH davlatlari bozorida mashhur savdo belgisi hisoblanadi.

Parfyumeriya mahsulotlarini Oʻzbekistonda ham ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar olib borildi. Muzokaralarning keyingi bosqichi Toshkent viloyatida oʻtkazilishiga kelishib olindi.

Zoyir Mirzayev boshchiligidagi Toshkent viloyati delegatsiyasi "Nefis" parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonaning ishlab chiqarish liniyasi, saqlash omborlari zanjiri bilan yaqindan tanishdi va mehmonlar sharafiga taqdimot oʻtkazildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM