Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.92K subscribers
39.5K photos
4.91K videos
48 files
17.1K links
Download Telegram
#Jarayon

Yil boshidan Kadastr agentligi Chirchiq shahar boʻlimi tomonidan shahar hududida o'zboshimchalik bilan egallangan yer maydonida noqonuniy qurilishlar aniqlanib ularni bartaraf etish bo'yicha fuqarolarga ogohlantirish xatlari berilib, tushuntirishlar olib borilmoqda.

Belgilangan muddatda ixtiyoriy bartaraf etilmaganlari bo'yicha fuqarolarga nisbatan MJtKning 60-moddasi 2 va 3-qismlari bilan ma'muriy jarimalar qo'llanilmoqda va 71 ta yer qonun buzilish holatlari aniqlanib shundan 43 tasi o'z xohishi bilan bartaraf etilgan.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

⚡️ Chirchiq shahrida joylashgan Toshkent viloyati Ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.


🔹Toshkent viloyati hokimining maslahatchisi Sh.Xo‘jayeva rahbarligidagi ishchi guruh hamda shahar hokimining maslahatchisi M.Allaberganova bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlisining 2025-yil 24-yanvardagi 20-sonli bayoni 7-ilovasi 20-bandiga muvofiq, Toshkent viloyati Ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi yuzasidan atroflicha o‘rganishlar olib borildi.

🔹O‘rganish davomida tashkilotda o‘zbek tilini davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini yuksaltirish, davlat tilida ish yuritish hujjatlarining holati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, kerakli tavsiya va takliflar berildi. Kiril yozuvidagi tashqi yozuvlar oldirilib, kamchiliklar o‘z o‘rnida bartaraf etildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Chirchiq shahri “Umid” mahallasining Xalq birligi, Boʻston hamda Chexov koʻchalarida ichki yoʻllar holatini yaxshilash, ayrim ijtimoiy va boshqa soha obyektlarida taʼmirlash-tiklash va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Bugun Chirchiq shahar tibbiyot birlashmasi boshligʻi A.Raximov, Onalik va bolalik muhofaza qilish xizmati boʻyicha muovini T.Mirzayeva va Tugʻruq majmuasi mudiri Y.Mahkamovlar tugʻruq majmuasidagi boʻlimlarni koʻzdan kechirdi hamda homilador ayollar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash haqida takliflar berishdi.

Oʻrganish jarayonida tugʻruq majmuasi boʻlimlardagi moddiy texnik bazani yanada yaxshilash, tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanish darajasi va kerakli dori-darmonlar va majmuadagi muammolar va takliflar oʻrganildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Shahrimizdagi Markaziy dehqon bozori hududida noqonuniy qurilmalar bartaraf etilayotgani aholiga birmuncha qulaylik yaratdi.

Belgilanmagan joylarda faoliyat yuritayotgan, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan savdo shaxobchalari faoliyatiga chek qo‘yildi.
Bundan esa shahrimiz aholisi mamnun.

🎥 Batafsil videorolikda.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Joriy yilning 5-11-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PQ-158-son Qarori asosida O'zbekiston Respublikasi hududida seysmik xavfsizlikni ta'minlash, aholini zilzilada harakat qilish bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" o‘tkazilmoqda.

Haftalik davomida Chirchiq shahar FVB hamda hayot faoliyati o'quv markazi mutaxassislari tomonidan Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalari bilan zilzilaga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi. O'tkazilgan o'quv mashg'uloti davomida talabalarga yoz mavsumida yong'inlar va insonlarning suvda cho'kishi bilan bog'liq bolgan baxtsiz hodisalarning oldini olish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Bugun Chirchiq shahrida IT-Park Toshkent viloyati filiali va Chirchiq shahar hokimligi hamkorligida "Audiotele" autsorsing aloqa markazining yangi filialining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida Chirchiq shahar hokimi M.Abdurahimov, IT-Park hududiy vakillari va "Audiotele" kompaniyasi rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbir doirasida tomonlar raqamli xizmatlar sohasida investitsiyalarni jalb qilish va ish o‘rinlarini yaratish muhimligini ta’kidladilar.

Yangi filial 150 dan ortiq kishini, shu jumladan autsorsing va mijozlarga xizmat ko‘rsatishning tez rivojlanayotgan sohasida karyera boshlashni xohlovchi yoshlarni ish bilan ta’minlash imkonini beradi.

Markazning ochilishi Chirchiq va butun Toshkent viloyatining IT-infratuzilmasi va raqamli iqtisodiyotini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Joriy yilning 5-11-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PQ-158-son Qarori asosida O'zbekiston Respublikasi hududida seysmik xavfsizlikni ta'minlash, aholini zilzilada harakat qilish bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" o‘tkazilmoqda.

Haftalik davomida Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Chirchiq shahar FVB hamda hayot faoliyati o'quv markazi mutaxassislari tomonidan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti yotoqxonasida yashaydigan talabalar bilan zilzilaga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha maxsus-taktik o'quv mashqi o'tkazildi. O'tkazilgan o'quv mashg'uloti davomida talabalarga zilzila vaqtida to'g'ri harakat qilish, yoz mavsumida yong'inlar va insonlarning suvda cho'kishi bilan bog'liq bolgan baxtsiz hodisalarning oldini olish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi 1-sonli qarori, Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 9-apreldagi 142-sonli farmoyishi hamda viloyat IIBBning 2025-yil 10-apreldagi 4-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” shiori ostida tezkor profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Bugun Toshkent viloyati IIBB 1-mintaqaviy hudud IIB va Probatsiya hisobida turuvchi mahkumlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kelgusida jinoyat sodir etmaslikka yo‘naltirish maqsadida Qibray, Parkent, Yuqori Chirchiq, Bo‘stonliq tumanlari hamda Chirchiq shahar IIB Probatsiya hisobida bo‘lgan shaxslar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda Chirchiq shahar jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va keyingi bosqichga yo‘llanmani oldilar.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Chirchiq shahar hokimi M.Abdurahimov, shahar hokimi o‘rinbosarlari U.Rasulmatov va A.Ermetovlar hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari 140 gektar yer maydonida tashkil etilishi belgilangan “Ikki hudud – bir park” maxsus iqtisodiy texnoparkida bo‘lishdi.

Ikki hudud – bir park” maxsus iqtisodiy texnoparkida qurilish ishlarini boshlash uchun mavjud muammolar eshitildi va ularni yechimi yuzasidan tegishli korxonalarga topshiriq berildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM