Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.51K subscribers
36.3K photos
4.37K videos
17 files
15.7K links
Download Telegram
Forwarded from UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
#ma’rifiy_tadbir

Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoq zarur!

Ma’lumki, hozirda respublikamizning barcha davlat va jamoat tashkilotlarida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirishga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham mazkur shior ostida 2-aprel kuni oliygoh rahbariyati hamda talabalar ishtirokida navbatdagi ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Batafsil

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#об_ҳаво

☀️🌥🌧Бугун Тошкент вилоятида ёмғир ёғиши кутилмоқда

Гидрометеорология марказининг хабар беришича, бугун, 3 апрель куни Тошкент вилоятида ҳаво ўзгариб туради, айрим жойларда ёмғир ёғиб, момақалдироқ бўлиши мумкин. Шарқдан секундига 7-12 метр тезликда шамол эсади.

Ҳарорт кечаси 5-10, кундузи 15-20 даража илиқ бўлади.

✔️Тезкор янгиликларни биз билан кузатинг!

@haqiqatonline_24
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, aholi tomonidan Energetika vazirligining Internetdagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog'liq huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi.

❗️Bunda, huquqbuzarliklar to'g'risidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan rag'batlantirilishi belgilangan.

☑️ Shuningdek, huquqbuzarlik to'g'risidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash Energetika vazirligining hududiy organlari so'roviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

🌳 Chirchiq shahar MMTB tasarrufidagi 6-sonli umumiy oʻrta ta'lim maktabida "YASHIL MAKON" umummilliy loyihasi doirasida "Hududlarda terak qalamchalarini ekish" bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda shahardagi 25 ta umumta’lim maktablari, shahar oilaviy poliklinika hamda 30 ta maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va xodimlari ishtirok etdi. Ularga "Yashil makon" doirasida terak qalamchalarini ekish bo‘yicha atroflicha yo‘nalishlar berildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ayni_damda

Ayni paytda Chirchiq oliy tank qo'mondonlik-muhandislik bilim yurtida "Sohibqiron Amir Temurning jahon va milliy harbiy san'at rivojiga qo'shgan hissasi" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tmoqda.

Unda Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi vakillari, temurshunos olimlar, professor-o'qituvchilar, bilim yurtining o'zbek va xorijiy kursantlari ishtirok etmoqda.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
🩺Соғлом турмуш тарзининг талаб ва қоидалари аслида оддий:

Тўғри овқатланиш;

Мунтазам жисмоний фаоллик;

вақти-вақти билан шифокор кўригидан ўтиш.


🫥 Инфографикада қўшимча равишда тавсия ва маслаҳатлар келтирилган.

⚠️ Унутманг соғ танда – соғлом ақл.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
#Sayyor_qabul

Bugungi kunda aholi dardi bilan yashash, ularning muammolarini hal qilish rahbarning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Shu maqsadda bugun “Iftixor” mahallasi fuqarolari uchun shahar hokimi Murodjon Abdurahimov tomonidan navbatdagi qabul o‘tkazildi.

Unda IIB boshlig’i Ibrohim Xasanov, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Chirchiq shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri Abdulla Isayev hamda mutasaddi idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.

Qabul davomida 30 nafarga yaqin fuqarolar yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalladagi obodonlashtirish, elektr ta’minoti, uy-joy bilan ta’minlash, moddiy yordam ajratish va shu kabi muammolar yuzasidan murojaat qilishdi.

O‘rtaga tashlangan masalalar joyida hal etildi. Ayrimlariga qonun doirasida tushuntirishlar berildi. Ijrosi ma’lum muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlarga esa mutasaddi rahbarlar mas’ul etib belgilandi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM