Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.51K subscribers
36.6K photos
4.42K videos
17 files
15.8K links
Download Telegram
#Rasmiy

Xalq deputatlari Chirchiq shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi haqida axborot

Ayni paytda Xalq deputatlari Chirchiq shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Sessiyasi kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev kun tartibidagi masala yuzasidan tahliliy-tanqidiy nutq soʻzlamoqda.

Zoyir Mirzayev shaharning eng muhim iqtisodiy koʻrsatkichlariga toʻxtaldi.

Xususan, keyingi yillarda shaharda uy-joy, kommunal sohada juda katta hajmdagi ishlar bajarilgani, taʼminot yaxshilangani alohida taʼkidlandi.

- Chirchiqning drayveri sanoat, - dedi Zoyir Mirzayev. - Biroq, bir vaqtlar viloyatda peshqadam boʻlgan Chirchiq bugun sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha
5-oʻringa tushib ketdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
#OAV_biz_haqimizda

Xabaringiz bor, joriy yilning 10-mart kuni mahalla yoshlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumiga start berildi.

Respublikaning barcha hududlarida bir vaqtda start olgan mazkur olimpiadada umumiy hisobda uch yuz mingdan ortiq yoshlar ishtirok etmoqda.

Loyiha doirasida madaniyat va san’at, sport musobaqalari, IT, kitobxonlik, “Zakovat” intellektual o’yini, “Ibrat” chet tillari, kasb tanlovlari, shuningdek nogironligi bo’lgan yoshlar uchun “Paralimpiya” sport o‘yinlari joy olgan.

Jumladan, Toshkent viloyatida ham “Besh tashabbus olimpiadasi”ga katta tayyorgarlik ko‘rildi va asosiy studiya sifatida 1 500 dan ortiq yoshlarni qamrab olgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida olimpidaning badiiy ochilish marosimi yuqori saviyada tashkil etildi.

Tafsilotlar “Nurafshon TV” telekanali tomonidan yoritildi.

👉https://youtu.be/xsU_CNsk5vo?si=atfqSEN9G9nqudb0

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#Live

Zoyir Mirzayev: “Chirchiqda vaziyatni tubdan oʻzgartirish kerak...”

Ayni paytda davom etayotgan Xalq deputatlari Chirchiq shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi muammoli holatlar xususida soʻz bordi.

Eslatib oʻtamiz, sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Agar real holatga qaralsa, iqtisod kompleksi salgina hayotni ichiga kirganda edi, mahalliy byudjetga qoʻshimcha 30 milliard soʻm tushirish imkoniyatini koʻrgan boʻlardi, dedi Zoyir Mirzayev.

Bundan tashqari, hokim yordamchilarining tavsiyasi bilan berilgan 6 milliarddan ziyod kredit muammoli kreditga aylangan. Umuman, Chirchiqda bugun 60 milliard soʻmlik muammoli kredit yigʻilib qolgan.

Chirchiqda yangi ish boshlagan kichik biznes subyektlarining 25 foizi faoliyatini toʻxtatgan. Bu holat shaharda biznes muhiti koʻngildagidek emasligini koʻrsatadi.

Viloyatimiz rahbari Zoyir Mirzayev, shuningdek, Chirchiqda zudlik bilan amalga oshirilishi zarur boʻlgan masalalarga toʻxtaldi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foto

Xalq deputatlari Chirchiq shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasidan foto-suratlar.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM