Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.55K subscribers
36.4K photos
4.4K videos
17 files
15.8K links
Download Telegram
#Sessiya

Navbatdagi sеssiya bo’lib o’tdi
Xalq dеputatlari shahar Kеngashining navbatdagi sеssiyasi bo’lib o’tdi.


Uning ishida shahar Kеngashi dеputatlari, masalaga aloqadar tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi. Sеssiya ishini Kеngash raisi – Chirchiq shahar hokimi D.Xidoyatov olib bordi.

Sеssiyada Chirchiq shahar sektor rahbarlarining 2023-yil 1-yarim yillikda amalga oshirgan ishlari hisoboti hamda 2-yarim yillik uchun yo‘l xaritasini tasdiqlash to‘g‘risida va boshqa hamda tashkiliy masalalar ko’rib chiqildi.
Sessiyada ko’rilgan masalalar bo’yicha tеgishli qarorlar qabul qilindi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#об_ҳаво

☀️🌤🌧Бугун Тошкент вилоятида қандай об-ҳаво кузатилади?

Гидрометеорология марказининг хабар беришича, бугун, 13 сентябрь куни Тошкент вилоятида ҳаво бироз булутли бўлади, айрим жойларда ўзгариб туради, ёғингарчилик бўлмайди. Шарқдан секундига 7-12 метр тезликда шамол эсади.

Ҳарорат кечаси 13-18 даража илиқ, кундузи 27-32 даража иссиқ бўлади.  

@haqiqatonline_24
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

‼️“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi

Prezident Farmoni (PF–158-son, 11.09.2023-y.) bilan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023-yilda oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi

🔰Farmonga koʻra, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi quyidagi 5 ta ustuvor yoʻnalish hamda 100 ta maqsaddan iborat:

🔹har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;

🔹barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash;

🔹suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;

🔹qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;

🔹“xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.

🔘Qarorga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan:

davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan toʻyintirilgan non mahsulotlari berilishi yoʻlga qoʻyiladi;

Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida, barcha boshlangʻich sinf oʻquvchilari taʼlim planshetlari bilan taʼminlanib, kelgusida mazkur tajriba respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi;

banklarning nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun qiymati 20 milliard soʻmgacha kreditlar boʻyicha, foiz stavkasi asosiy stavkadan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

🔘 2023/2024 oʻquv yilidan:

umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 10-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarlarga oʻrgatish kurslari joriy etiladi;

Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy (Sunnatilla G'ulomov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
CHIRCHIQ SHAHRI_QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR KO‘RIK TANLOVINING HARBIYLAR LIGASI_12.09.2023


OBUNA BO'LING: NURAFSHON TV
ЧИРЧИҚ ШАҲРИ ЎҚУВЧИЛАРИ "БЕШ ТАШАББУС ОЛИМПИАДАСИ"НИНГ БИРИНЧИ БОСҚИЧИДА ИШТИРОК ЭТИШМОҚДА

Айни пайтда жойларда "Беш ташаббус олимпиадаси"доирасида умумий ўрта таълим мактаблари ўқувчилари ўртасида биринчи босқич беллашувлари қизғин паллада.

Хусусан, Чирчиқ шаҳридаги 24 та умумтаълим мактабларида ҳам "Беш ташаббус олимпиадаси" нинг биринчи босқичи бўлиб ўтмоқда. Чирчиқ спорт мактаби ҳамкорлигида кеча 11 сентябрь куни Чирчиқдаги мавжуд 24 та мактабларининг 1-4 синф ўқувчилари ўртасида "Қувноқ стартлар" беллашувлари ташкил этган бўлса, 8-9 синфлар ўртасида енгил атлетика баҳслари бўлиб ўтди.

Кечаги мазкур спорт турлари бўйича баҳсларда жами бўлиб 3492 нафар мактаб ўқувчилари иштирок этишди.
Бугун, 12 сентябрь кунги "Беш ташаббус олимпиадаси" нинг биринчи босқичида 1-4, 5-11-синфлар ўртасида шахмат бўйича ўтказилган беллашувларда ўқувчилар ўзаро куч синашди.

Шашка мусобақаларида 5-11-синф ўқувчилари иштирок этишди. Шунингдек, стол тенниси бўйича ҳам беллашувлар муросасиз ўтди. Бунда ўқувчи-ёшлар ўз имкониятларини синовдан ўтказишди.

Бугунги ушбу спорт турлари бўйича беллашувларга Чирчиқ шаҳридаги умумий ўрта таълим мактабиларидан жами 4735 нафар ўғил-қизлар қамраб олинди.

Чирчиқ шаҳар ҳокимлигининг Ахборот хизмати

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv

Kecha Chirchiq shahar hokimi D.Xidoyatov shahar hokimligining majlislar zalida Mehribonlik uylarini bitirgan Chirchiq shahrining 6 nafar yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar bilan uchrashib, suhbat o‘tkazdi.

Suhbat davomida, shahrimiz rahbari Mehribonlik uyi bitiruvchilarini uy-joy bilan ta’minlash masalasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari talablari asosida, belgilangan me’yor va tartibga asosan amalga oshirilishi haqida tushuntirish va ma’lumot berdi.

Uchrashuv savol-javob tarzida o‘tkazilib, bolalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_harbiy_okrugi

Chirchiq shahridagi harbiy qismda harbiy xizmatchilar bilan “SABR VA MATONAT” mavzusida davra suxbati o'tkazildi.
Harbiy qism harbiy xizmatchilari o'zlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️
Telegram
📊 Chirchiq shahrida nechta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda?

⚡️2023- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, Chirchiq shahrida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2 812 tani tashkil qildi.

〽️ Chirchiq shahrida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni:

🔺qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 33 ta

🔺sanoat sohasida – 454 ta

🔺qurilish sohasida – 285 ta

🔺savdo sohasida – 895 ta

🔺yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 267 ta

🔺axborot va aloqa sohasida – 50 ta

🔺sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 77 ta

🔺tashish va saqlash sohasida – 93 ta
Жорий йил 13 сентябрь куни шаҳар ҳокимлигининг катта мажлислар залида шаҳар ҳокимининг биринчи ўринбосари Ж.Раҳмонов, шаҳар Давлат солиқ инспекцияси бошлиғи А.Махаматов, Камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиш бўлими бошлиғи Б.Далимов ҳамда Монополияга қарши курашиш қўмитасининг Тошкент вилояти ҳудудий бошқармаси бошлиғи Ж.Исмоилов иштирокида бир неча масалалардан иборат кенгайтирилган йиғилиш ўтқазилди.

Йиғилишда Чирчиқ шаҳрида қайта тикланувчи энергия манбаларини ва энергия тежовчи технологияларни жорий этиш, муаммоли кредитлар ва уларни қайтариш орқали қўшимча ресурсларни шакллантиришнинг ҳозирги кундаги аҳволи, жисмоний шахсларнинг мол-мулк ва ер солиғидан мавжуд қарздорликларни ундириш тўғрисидаги масалалар кўриб чиқилди.

Чирчиқ шаҳар ҳокимлигининг Ахборот хизмати

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Ijtimoiy tarmoqlar orqali, “8 oy ishlab oyliksiz qolayotgan xodimlar dardiga tupurib qo‘yishganmi?” mavzusidagi murojaatga Chirchiq shahar hokimligining rasmiy munosabati.

Shuni ma’lum qilamizki, Chirchiq “Issiqlik energiyasi”ICHK ning ishchi xodimlar oldidagi oylik maoshlaridan  qarizdorliklari 2023 yil 1 sentyabr holatiga 1 175 504,4 ming.so‘mni tashkil qiladi.
Korxonaning jami ishchi xodimlarining 1 oylik maoshi 421 156,9 ming.so‘m bo‘lib ishchi xodimlarga 8 oy mobaynida emas 3-4 oylik maoshlari berilmagan bo‘lib bunga sabab korxonaning kreditor qarzdorliklari yuqori bo‘lganligi sababli Chirchiq shahar majburiy ijro byurosi MIB tomonidan korxona hisob raqami nazorat qilinadi va korxona hisob raqamiga taqiq qo‘yilgan.
Shu munosabat bilan korxona hisob raqamiga iste’molchilardan kelib tushgan pul mablag‘larini xodimlarga berishning imkoniyatlari mavjud emas.
Korxona tomonidan barcha ishchi xodimlarga (may oyida 544 702,8 ming.so‘m, iyun oyida 178 787,2 ming.so‘m, iyul oyida 168 119,9 ming.so‘m, avgust oyida 190 114,3 ming.so‘m) oylik maoshlari berilgan.
Hozirgi kuda oylik maoshlaridan qarzdorliklarni so‘ndirish maqsadida Chirchiq shahar prokuraturasi va Chirchiq shahar davlat mexnat inspektori bilan birgalikda Chirchiq shahar tumanlararo sudiga 1 092 477,951 ming.so‘mlik 163 ta xodimlarning oylik maoshlari bo‘yicha davo arizalari kiritilgan.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv

Kecha shahrimizdagi “OKBA” qozonxonasida Chirchiq shahar hokimi Davron Xidoyatov “Korea District Keating CORP” vakili Mark Jongwon Song bilan uchrashib issiqlik tizimi bo’yicha qozonxona faoliyati bilan tanishtirib suhbatlashdi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Жорий ва келгуси ҳафтада Президентимиз фаолиятида қатор халқаро тадбирлар режалаштирилган.

Давлатимиз раҳбари 14-15 сентябрь кунлари Тожикистон пойтахти Душанбе шаҳрида Марказий Осиё давлат раҳбарларининг навбатдаги, бешинчи Маслаҳат учрашуви ҳамда Оролни қутқариш халқаро жамғармаси саммитида иштирок этади.

Бу саммитларда Президентимиз қатор муҳим ва долзарб таклиф ва ташаббусларни илгари суриши, минтақада савдо-иқтисодий, транспорт-логистика алоқаларини, “яшил” иқтисодиёт ва энергетика, сув ва экология соҳаларида ҳамкорликни янада мустаҳкамлаш, иқлим ўзгаришларининг салбий оқибатларига қарши биргаликда курашиш каби масалалар юзасидан ўз нуқтаи-назарини баён қилиши кутилмоқда.

Давлатимиз раҳбари кейинги ҳафтада Америка Қўшма Штатларига ташриф давомида Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 78-сессиясида нутқ сўзлайди.

Президентимиз халқаро ҳамжамиятни нафақат юртимиздаги ислоҳотлар жараёни, инсон ҳуқуқлари, ижтимоий-сиёсий модернизация соҳаларида эришилган натижалар билан таништирадилар, балки ҳам минтақавий, ҳам глобал аҳамиятга эга қатор муҳим ташаббусларни илгари суриши кутилмоқда

Бундан ташқари, Ўзбекистон етакчиси ташриф доирасида АҚШ Президентининг таклифига биноан ўтказиладиган “С5+1” форматидаги АҚШ ва Марказий Осиё давлатлари раҳбарларининг учрашувида иштирок этади.

Facebook|Instagram|Twitter