Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.52K subscribers
36.6K photos
4.42K videos
17 files
15.8K links
Download Telegram
Президентимиз яна бир бор мактаб таълими келажагимиз масаласи эканига эътибор қаратди.

“Мана шу имкониятдан фойдаланиб, юртимиздаги барча ўқитувчи ва муаллимларни, ўз мактабини соғинган ва “мен ҳам ўқувчи бўламан!” деб қувончи ичига сиғмай турган фарзандларимизни, уларнинг ота-оналарини яқинлашиб келаётган янги ўқув йили билан чин дилдан табриклайман.

Қадрли ўқитувчи ва муаллимлар, мактаб директорлари ва уларнинг ўринбосарларига мурожаат қилмоқчиман.

Азиз устозлар, мактаб таълими соҳасидаги ислоҳотларимизни амалга оширишда мен сизларни ўзимнинг энг яқин ёрдамчим, деб биламан.

Сизлар бир ҳақиқатни албатта яхши тушунасиз. Яъни, биз мактаб таълимини янада яхшилаш бўйича қабул қилаётган чора-тадбирларимизнинг пировард натижаси аввало сизларга, сизларнинг фидокорона меҳнатингизга боғлиқ.

Мен сизларнинг тимсолингизда ўз ҳаётини дунёдаги энг улуғ ва олижаноб ишга – янги авлод тарбиясига бағишлаган, ўз касбига содиқ ва фидойи инсонларни кўраман.

Бугун сизлар таълим-тарбия бераётган, қалбини, онгини эзгулик билан тўлдираётган миллионлаб фарзандларимиз эртага Янги Ўзбекистон бунёдкорлари бўлиб бизнинг сафимизга киради.

Ватанимиз, халқимиз сизларнинг бундай олижаноб хизматларингизни ҳеч қачон унутмайди.

Ўқитувчилик касбини эъзозлаш, унинг меҳнатини қадрлаш
бундан буён ҳам эътиборимиз марказида бўлади
, - деди давлатимиз раҳбари.

Йиғилиш якунида вазирлар ва ҳокимларнинг кун тартибидаги масалалар юзасидан ҳисоботи тингланди.

Facebook|Instagram|Twitter
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
❗️ 3-sentabr kuni mamlakatimizning 16 ta shahrida "Yangi Nafas" ommaviy yugursih musobaqasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston davlat mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilayotgan ushbu musobaqa "Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz!" shiori ostida havaskorlar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Hozirda Toshkent, Nukus, Nurafshon, Guliston, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Termiz, Qarshi, G‘uzor va Xiva shaharlarida mazkur sport tadbiriga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Har bir hududda mas’ul vazirlik, idora va viloyat hokimliklari ishtirokida operativ shtablar tashkil etilgan.

28-avgust kuni Samarqanddagi "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universitetida "Yangi Nafas" ommaviy yugurish musobaqasiga tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Shaharlarda sport tadbirini o‘tkazish uchun trassaning tayyorligi tekshirilib, ta’mirlash ishlari o‘tkazilgani, mavzuga oid bannerlar va musobaqa ishtirokchilari uchun kiyim formasi tayyorlangani aytib o‘tildi.

Ommaviy yugursih musobaqalari hududlarda (shaharlarning markaziy ko‘chalarida) 3 km masofaga, Toshkentda 3 va 10 km masofaga soat 06:30 da boshlanadi.

Ushnu musobaqada 16 ta shaharda 100 mingdan ziyod yuguruvchi ishtirok etishi kutilmoqda. Tashkilotchilar tomonidan nogironligi bo‘lgan yuguruvchilar hamda "temir", "ayollar" va "yoshlar" daftarlariga kiritilgan fuqarolar uchun kvotalar ajratilgan.

"Yangi Nafas" sport harakati shu yil yangi miqyosga chiqdi va xalqaro sport tadbiri maqomiga ega bo‘ldi, unda Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yugurish klublaridan a’zolar faol ishtirok etib kelmoqda, — dedi Yengil atletika federatsiyasi departament rahbari Shuhrat Usmonov, — Biz bu orqali ham ommaviy sportni rivojlantiramiz, ham yugurish havaskorlarini mamlakatning turistik salohiyati bilan tanishtiramiz, ham katta sport tadbirlarini tashkil etish borasida tajriba almashamiz".

https://t.iss.one/uzboav
Мактабларда таълим сифатини янада ошириш, ўқувчи ўрнини кўпайтириш ҳамда ўқитувчилар малакасини ошириш ва уларга муносиб шароит яратиш бўйича ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.

Facebook|Instagram|Twitter
"УАЗ" автомобиль ишлаб чиқарувчиси вакиллари "Чирчиқ" технопаркига қизиқиш билдиришди

Ўз навбатида, "УАЗ" вакиллари Ўзбекистонда автомобиллар йиғилишини йўлга қўйиш ниятини билдирди ва бунинг учун технопарк майдонларини кўриб чиқмоқда.

Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/85579

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/85579

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayrogʻim_faxrim

Mustaqilligimiz abadiy va bardavom bo'lsin...

Yoshlar ishlari agentligi Chirchiq shahar bo'limi.

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳридаги бунёдкорлик ишлари билан танишади, турли соҳаларда ишга туширилаётган янги объектларга ташриф буюради.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с проводимой созидательной работой в городе Ташкенте, посетит новые объекты, запускаемые в различных сферах.

Facebook|Instagram|Twitter
#Xushxabar

OKMKning Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish korxonasi yillik rejani muddatidan avval bajardi

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy (NURAFSHON TV)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
CHIRCHIQ SHAHRI_IKKINCHI USTOZLAR MILLIY FORUMI BOSHLANDI_26.08.2023
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy (NURAFSHON TV)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
CHIRCHIQ SHAHRI_HARBIYLAR OILA A'ZOLARIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATILDI_26.08.2023
#Sayyor_qabul

Bugun 3-sektor rahbari Ibrohim Xasanov hamda korxona-tashkilot rahbarlari ishtirokida 3-sektorga qarashli “Madaniyat” MFY binosida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Unda 30 nafar fuqarolar ishtirok etdi. Qabul davomida elektr energiya, suv taʼminoti va  aholi bandligini taʼminlash masalalarida fuqarolardan murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli hal etish bo‘yicha korxona-tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-yil 29-avgust kuni Chirchiq shahar kasb-hunar maktabida “Sifatli ta’lim va malakali mutaxassis-barqaror iqtisodiyotning asosi” shiori ostida Toshkent viloyati professional ta’lim muassasalarining “Xizmatlar sohasi” bo’yicha ishlab chiqarish ta`lim ustalari uchun Avgust kengashi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Chirchiq shahar kasb-hunar maktabi direktori U.Yusupov ochib berdi. Tadbirda Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Mehnat bozorini tahlili va ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish sho’ba mudiri U.To’xtayev va viloyat kasb-hunar maktablarining "Oshpaz, qandolatchi", "Tikuvchi", "Sartarosh" kasblari bo'yicha ishlab chiqarish ta`lim ustalari ishtirok etdi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM