Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.51K subscribers
36.2K photos
4.37K videos
17 files
15.7K links
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Италия Республикасига расмий ташрифи якунига етди. Миланнинг “Мальпенсе” аэропортида давлатимиз раҳбарини Ломбардия вилояти губернатори Аттилио Фонтана ва бошқа расмий шахслар кузатиб қўйди. Президентимиз Тошкентга жўнаб кетди.

Официальный визит Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Итальянскую Республику завершился. В миланском аэропорту «Мальпенсе» главу нашего государства проводил губернатор региона Ломбардия Аттилио Фонтана и другие официальные лица. Президент отбыл в Ташкент.

#Mirziyoyev #tashrif #Italiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#об_ҳаво

☀️🌤🌧Бугун Тошкент вилоятида қандай об-ҳаво кузатилади?

Гидрометеорология марказининг хабар беришича, бугун, 10 июнь куни Тошкент вилоятида ҳаво бироз булутли бўлади, айрим жойларда ўзгариб туради, ёғингарчилик бўлмайди. Ғарбдан эсаётган шамол ўз йўналишини ўзгартириб, шарқдан секундига 7-12 метр тезликда эсади. Айрим жойларда шамолнинг тезлиги секундига 17-22 метргача кучайиши, баъзи туманларда чанг-тўзонлар кузатилиши мумкин.

Ҳарорат кечаси 18-23 даража илиқ, кундузи 33-38 даража иссиқ бўлади.

@haqiqatonline_24
#Bilasizmi

🔰Har qanday yo'llarda:

🔹yukxonasida odam tashiyotgan yuk avtomobillari tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan;

🔹bolalar guruhini tashkiliy tashiyotgan transport tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan;

🔹mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan;

🔹xavfli, og'ir vaznli va katta o'lchamli yuklarni tashiyotgan, tashkiliy jamlanmada harakatlanayotgan transport vositalari DYHXX bilan kelishilgan tezlikdan oshirmasdan harakatlanishi kerak.

Manba

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#obodlik

🟢 Bugun Chirchiq shahar hokimi Davron Xidoyatov mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda A.Navoiy shoh ko'chasida olib borilayotdan obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish, ekilgan daraxt va gullarni sug’orish ishlari qay darajada amalga oshirilganligini koʻzdan kechirdi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Mudofaa — LIVE
⚡️⚡️⚡️Chirchiq shahar "Yoshlar bog‘i"da Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti targ‘ibod guruhi hamda Chirchiq garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazining harbiy orketr jamoasi ishtirokida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

800 nafardan ortiq o‘quvchi yoshlarni qamrab olgan tadbirda yangragan kuy-qo‘shiqlar, shuningdek, bilim yurti kursantlari tomonidan namoyish qilingan faxriy qorovul ko‘rgazmali chiqishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.

👉https://t.iss.one/+QWVLXc8vFbg3Y2I6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Менимча" телелойиҳасининг навбатдаги сонида таҳлил қилинадиган мавзулар:
- Самарқандда Президент Шавкат Мирзиёев ва давлат ташрифи билан мамлакатимизга келган Қатар Амири шайх Тамим бин Ҳамад Ол Сонийнинг учрашувлари бўлиб ўтди;
- Давлатимиз раҳбарининг Италияга расмий ташрифи доирасида Рим ва Миланда ўтган тадбирлар тафсилотлари
;
- Халқимизнинг бошини осмонга етказаётган Янги Ўзбекистон ёшлари ҳақида.

Кўрсатувни бугун, 10 июнь куни соат 20:00 да "O'zbekiston 24" телеканалида томоша қилишингиз мумкин.

Эртага, 11 июнь куни соат 12:20 ва 17:20 да такроран намойиш этилади.

Facebook|Instagram|Twitter
"HISOBOT KONSERT-2023"

Kuni kecha Toshkent viloyati Chirchiq shahar 3-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabining 2022-2023-o'quv yili yakuni bo'yicha Hisobot konserti o'tkazildi.

Konsertga Janubiy Koreyadan Yoshlar o'quv markazi rahbari Tyan Chan Xyon, O'zbekiston Liberal demokratik partiyasi deputati Svetlana Say, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Chirchiq shahar bo'limi rahbari Nazokat Umarova va bir qator tashkilotlar mutasaddilari hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

Shuningdek, o'quv yili davomida Respublika va Xalqaro tanlovlarda yuqori o'rinlarni qo'lga kiritgan iste'dodli o'quvchilarni taqdirlash marosimi ham tashkil etildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM