Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.32K subscribers
40.7K photos
5.08K videos
54 files
17.6K links
Download Telegram
Forwarded from Xushnudbek.uz
O‘zbekiston barcha gaz va neft zaxiralarini 35 yilga Rossiya oligarxlariga topshirganmi?

Qisqa javob: Yo‘q, O‘zbekiston energotizimini hech qaysi davlatga topshirib qo‘ymagan.

Kengaytirilgan javob: O‘zbekistondagi yetakchi OAV vakillari, blogerlar hamda ekspertlar energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, “O‘zbekneftgaz” rahbari Mehriddin Abdullayev bilan uchrashdi va bugungi kunda ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan savollarga izoh so‘rashdi.

Eng asosiy savol, albatta — O‘zbekiston 35 yilga BARCHA gaz va neft konlarini Rossiya oligarxlariga berib qo‘yganiga oid maʼlumot haqida bo‘ldi.

Energetika vazirining taʼkidlashicha, bu mutlaqo noto‘g‘ri va yolg‘on xabar.

Gap faqat Boysun tumanida joylashgan BITTA M-25 koni haqida (O‘zbekistondagi BARCHA konlar emas).

Mahsulot taqsimotiga oid Bitim (SRP) tomonlari:

Bir tomondan (Hukumat)
— O‘zbekiston Respublikasi;

Ikkinchi tomondan (Investor) — 3 ta kompaniyadan iborat konsorsium, yaʼni:

1) «Gas Project Development Central Asia AG» (Shveysariya);
2) «Altmax Holding Ltd» (Kipr);
3) “Uzneftegazdobicha” AJ (O‘zbekiston, davlat korxonasi).

Bitim muddati: 35 yil

Bitim sharti:

1) Investorlar hududga bir necha mlrd dollar investitsiya kiritadi, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshiradi, konni o‘zlashtiradi, zavod quradi, infratuzilma yaratadi. Bularning hammasi investorlar mablag‘lari evaziga bo‘ladi. Davlat byudjetidan bir tiyin ham pul ishlatilmaydi yoki davlat kafolati ostidagi kreditlar olinmaydi;

2) Kelgusida gaz ishlab chiqarish boshlangach, daromadning (barcha xarajatlar va O‘zbekistonga to‘lanadigan soliqlardan qolgani) 50%i O‘zbekiston Respublikasiga, qolgan 50%i esa investorlarga bo‘linadi.

Nega 35 yil?

Shuni 10 yil, 15 yil yoki 20 yil qilsa bo‘lmasmidi, deb so’radik.

Mas’ullarning aytishicha, mazkur kon Surxondaryoning relyefi o‘ta murakkab bo‘lgan Boysun tog‘larida joylashgan. U yerda gaz qazib chiqarishni tashkil qilish uzoq va murakkab jarayon. Masalan, 2017-yilda ishlar boshlangan bo‘lsa, mana oradan salkam 6 yil o‘tgan bo‘lsada, haligacha gaz qazib chiqarish boshlangani yo‘q. Yaʼni bu joyda gaz qazib chiqarishni yo‘lga qo‘yishning o‘ziga kamida 8 yil, yo‘qsa taxminan 10 yil vaqt ketadi.

Shuningdek, investor kiritgan mablag‘ning qoplanish muddatini ham hisobga olish kerak. Shu sababli bitim 35 yilga tuzilgan.

Nega aynan shu kompaniyalar tanlangan?

Bu savolni ham berdik.

Yuqorida aytilganidek, ushbu kon juda noqulay joyda joylashgan. U garchi 1960-yillarda aniqlangan bo‘lsada, lekin sobiq SSSR vaqtida ham konni o‘zlashtirish imkoni bo‘lmagan.

Mustaqillik yillarida konni o‘zlashtirish bo‘yicha takliflar ko‘plab xorijiy kompaniyalarga berilgan (BP, Total va hk). Lekin ular rozi bo’lishmagan.

2006-yilda Malayziyaning Petronas kompaniyasi hamda Saudiya Arabistonining Delta Oil kompaniyalari mazkur konni o‘rganishga kirishgan. Biroq, konning murakkab geologik tuzilishi, gaz tarkibida oltingugurt va uglevodorod oksidi miqdori yuqoriligi, iqtisodiy jihatdan past rentabelligi sababli yuqoridagi kompaniyalar 2013-yilda loyihadan o‘z ixtiyorlari bilan chiqishgan.

Shundan so‘ng, kon yana bir necha yil qarovsiz qolgan. 2017-yilga kelib, yuqoridagi investorlarga berilgan.

🔍Ochiqlik haqida

Mas’ullardan shunga oid tegishli hujjatlarni jamoatchilik uchun ochiqlashni so’radik. Ishonchsizlik bo’lmasligi uchun, hamma o’z ko’zi bilan ko’rishi kerak.

Shuningdek, uchrashuvda bunday bitimlarga oid qonunchilikni yangilash haqida ham gap ketdi. Ya’ni qonunlarga bunday bitimlar albatta Parlament tomonidan tasdiqlanishi, matnlari jamoatchilikka ochiq e’lon qilib borilishi, ishlab turgan konlarni xorijiy yoki xususiy kompaniyalarga berishni taqiqlash haqidagi talablarni qo’shish kerakligi ta’kidlandi.


👉 @xushnudbek 👈
👍3
Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi bo'shlig'i boshchiligida shahrimizdagi "Guliston" mahallasi xonadonlarida profilaktika tadbirlari olib borildi.

📎Tadbir davomida xonadon egalari bilan qish mavsumini betalafot o'tkazish va is gazidan zaharlanish hamda boshqa ko'ngilsiz hodisalarini oldini olish yuzasidan suhbat o'tkazildi. Shuningdek, FVB xodimlari tomonidan nosoz, qoʻlbola elektr, gaz jihozlaridan foydalanmaslik boʻyicha tushuntirishlar berilib, eslatma va bukletlar tarqatildi.

Hurmatli fuqarolar❗️

⚡️Sizlardan isitish maqsadida elektr uskunalari va gaz jihozlaridan foydalanish davrida xavfsizlik va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya etishingizni, suyultirilgan gaz, ko’mir va shunga o’xshash mahsulotlardan foydalanishda is gazidan zaharlanishni oldini olish maqsadida, kerakli choralarni ko’rishingizni so’rab qolamiz.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube
#Jarayon

⚡️ Chirchiq shahar hokimi Davron Xidoyatov “Guliston” mahallasidagi obodonlashtirish ishlarini koʻzdan kechirdi. Shu bilan birga, 14-maktabda bo'lishdi. Maktabdagi ta'mirlash ishlarini ko'zdan kechirib aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube
👍32
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош котибининг махсус вакили, БМТнинг Марказий Осиё учун превентив дипломатия бўйича Минтақавий маркази раҳбари Наталья Германни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял Специального представителя Генерального секретаря Организации Объединенных Наций, главу Регионального центра ООН по превентивной дипломатии для Центральной Азии Наталью Герман.

#Mirziyoyev #qabul #BMT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Maʼnaviyat #Adabiyot

Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyida ulugʻ mutafakkir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan sanaga bagʻishlangan tantanali madaniy-maʼrifiy kecha oʻtkazildi.

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Jarayon

🔹 Bugun Chirchiq shahar hokimi Davron Xidoyatov shahrimizdagi "Do'stlik" MFY hududida joylashgan 4-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'ldi. U yerda maktab binosining holatini ko'zdan kechirib quruvchi bilan suhbatlashdi.

🔹 Suhbat jarayonida binoning texnik holati, uning tashqi devoridagi yoriqlar sabab tom qismidan tushayotgan yomgʻir suvlari binoning poydevor qismiga ketayotganligi oqibatida poydevorda choʻkish yuzaga kelganligi, bugungi kunda yuzaga kelgan yoriqlar pudratchi tomonidan taʼmirlanganligi haqida so'z bordi.

🔹 Quruvchiga aniqlangan kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish bo'yicha shahrimiz rahbari tomonidan topshiriqlar berildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube
👍72