Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.52K subscribers
36.5K photos
4.41K videos
17 files
15.8K links
Download Telegram
#Jarayon

Bugun Davlatimiz rahbari raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ob-havoning sovuq kunlarini betalofat o‘tkazish choralari belgilab berildi.

Chirchiq shahar hokimi oʻrinbosarlari R.Sayliyev hamda Sh.Mannapovlar boshchiligida mutasaddilar ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash uchun
kunning kechki vaqtida Chirchiq Tibbiyot birlashmasining Qabul bo'limida bo‘ldilar.

Muassasada isitish tizimini barqarorlashtirish va yo‘laklarda harakatlanish uchun qulaylik yaratish boʻyicha takliflar berildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

📌 Shahrimizdagi A.Temur ko'chasi yo'liga yiqilgan daraxt Chirchiq shahar FVB hamda Chirchiq Oliy tank qo‘mondon-muhandislik bilim yurti shaxsiy tarkibi bilan birgalikda olib tashlandi. Avtomobillarning erkin harakatlanishi ta'minlandi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#об_ҳаво

☀️🌥🌧 Бугун Тошкент вилоятида қор ёғиши, ҳаво ҳарорати -17 даражагача совуқ бўлиши кутилмоқда

Гидрометеорология марказининг хабар беришича, бугун, 11 январь куни Тошкент вилоятида ҳаво ўзгариб туради, баъзи жойларда қор ёғади, туман тушиши мумкин. Ғарбий шамол йўналишини ўзгартириб, шимоли-шарқдан 7-12 метр/секунд тезликда эсади, баъзи жойларда 17-22 метр/секундгача кучайиши мумкин.

Ҳарорат кечаси 10-15 даража совуқ, баъзи жойларда 17 даража совуқ, кундузи 5-10 даража совуқ, баъзи жойларда 12 даража совуқ бўлади.

📍 Тезкор янгиликларни биз билан кузатинг!
Telegram I Facebook I Instagram
⭕️⭕️⭕️
⭕️⭕️⭕️

⚡️ Chirchiq shahar hokimligi barcha haydovchilarni OGOHLANTIRADI!

💸 Sizdan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishingizni, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalaringizni qo‘ymasligingizni so‘raymiz.

Shuningdek,
❗️boshqaruvdagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lib;
❗️oraliq masofani saqlab;
❗️tezlikni me’yordan oshirmasdan;
❗️gaz yoki tormoz tepkisini keskin bosmasdan;
❗️ehtiyotkorlik bilan harakatlanishlarini so‘raymiz.

🟢 O‘zingiz va atrofdagilar salomatligini asrang!

————————————————

❗️Вниманию водителей

Хокимият город Чирчика просит водителей не оставлять свой автомобиль под деревьями или другими незащищенными конструкциями.

Также рекомендуется держать дистанцию, не увеличивать скорость, резко не нажимать на педаль тормоза или газа.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌐 Web-site
🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ўтган видеоселектор йиғилишида саноатга доир қатор чора-тадбирлар белгилаб олинди.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.

Facebook|Instagram|Twitter
#Jarayon

🟢Shahrimizdagi A.Navoiy shox ko'chasi yo'liga yiqilgan daraxt Chirchiq shahar FVB, shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, Ekologiya bo'limi ishchilari hamda Chirchiq shahar Yo'l harakati xavfsizligi boʻlimi xodimlari bilan birgalikda olib tashlandi. Avtomobillarning erkin harakatlanishi ta'minlandi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Anomal ob-havo sharoitida umumtaʼlim maktablarida taʼlimni tashkil etish yuzasidan bayonot

Viloyat hokimining topshirigʻiga asosan, Toshkent viloyatidagi barcha hududlarda hokim, maktab direktori va mahalla raislari bilan maktablardagi issiqlik taʼminoti holati oʻrganildi, telefon orqali ularning fikrlari olindi.

Oʻrganish ishlari kecha 23:00 da tugallandi. Quyidagi yakuniy xulosaga kelindi:

11-yanvardan viloyat boʻyicha 77 ta maktabda dars boʻladi.

Ushbu maktablarning oʻquvchilari darslar boshlanishi haqida ota-onalar kengashi orqali xabardor qilingan.

Boshqa umumtaʼlim maktablarida oʻqishlar, mavjud sharoitlarni inobatga olgan holda, 12-yanvardan bosqichma - bosqich boshlanadi.

Bugun soat 14:00 da ertadan boshlab dars boshlanadigan boshqa maktablar roʻyxati eʼlon qilinadi.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

#Баёнот

Аномал об-ҳаво шароитида умумтаълим мактабларида таълимни ташкил этиш юзасидан баёнот

Вилоят ҳокимининг топшириғига асосан, Тошкент вилоятидаги барча ҳудудларда ҳоким, мактаб директори ва маҳалла раислари билан мактаблардаги иссиқлик таъминоти ҳолати ўрганилди, телефон орқали уларнинг фикрлари олинди.

Ўрганиш ишлари кеча 23:00 да тугалланди. Қуйидаги якуний хулосага келинди:

11 январдан вилоят бўйича 77 та мактабда дарс бўлади.

Ушбу мактабларнинг ўқувчилари дарслар бошланиши ҳақида ота-оналар кенгаши орқали хабардор қилинган.

Бошқа умумтаълим мактабларида ўқишлар, мавжуд шароитларни инобатга олган ҳолда, 12 январдан босқичма - босқич бошланади.

Бугун соат 14:00 да эртадан бошлаб дарс бошланадиган бошқа мактаблар рўйхати эълон қилинади.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

‼️ Pensiya jamg‘armasining fuqarolarga murojaati

🌨O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining maʼlumotiga asosan, respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

⚡️Shu sababli, Pensiya jamg‘armasi qariya va keksa yoshdagi fuqarolarni anomal sovuq ob-havo sharoitida uyda qolishlarini so‘raydi.

Hurmatli fuqarolar !

🧭 Ob-havo sharoitlari yaxshilangandan so‘ng pensiya tayinlash uchun murojaat qilishni so‘rab qolamiz. Bunda, kechroq murojaat qilish Sizning pensiyaga bo‘lgan huquqingizga taʼsir qilmaydi, yaʼni pensiyalar pensiya yoshiga yetgan sanadan tayinlab beriladi.

Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik suyunchi nafaqasi va fuqaroning vafoti munosabati bilan beriladigan dafn nafaqasi tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilmasdan, Xalq bankining istalgan filialiga borib, nafaqa puli olishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.

🎚️ Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangani yoki rad etilganligi sabablari to‘g‘risida fuqarolarning telefon raqamlariga SMS xabarlari yuborildi. Shuningdek, fuqarolar nafaqalarni rad etilishi sabablari to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar olishlari uchun maʼlumotlar mahalla fuqarolar yig‘inlariga yetkazildi. Bunda, fuqarolar bu maʼlumotlarni Pensiya jamg‘armasiga kelmasdan mahalla fuqarolar yig‘inlariga yoki Pensiya jamg‘armasining 70-71-5-33-52 “Ishonch telefoniga” murojaat qilish orqali olishlari mumkin.

‼️ Dilnoza Israilova,
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Chirchiq shahar bo'limi boshlig'i.

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogoh_boʻling

Respublikaning koʻplab hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

2023-yil 11-16-yanvar kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining sezilarli oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan, Toshkent viloyatining Parkent, Ohangaron, Boʻstonliq tumani va Chotqol tizmasining “Chimyon” togʻlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.

Togʻli hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda mazkur yoʻnalishda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini koʻrish soʻraladi

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM