Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.32K subscribers
40.7K photos
5.08K videos
54 files
17.6K links
Download Telegram
#Live
#Tashrif
#Xatay

⚡️ Ayni damda Xatay viloyati hokimi Lyutfi Savash tashabbusi bilan viloyatdagi sanoat zonasi rahbariyati hamda u yerda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar boʻlib oʻtmoqda.

👉 Chirchiq shahri ham bugungi kunda Toshkent viloyatida sanoat markaziga aylanayotgani va u yerda Toshkent traktor zavodi faoliyati yangi bosqichda qaytadan yoʻlga qoʻyiloyatgani ham bunga yaqqol dalil.

☝️Shu oʻrinda uchrashuv davomida ikki hududni bir biriga xos tomonlarini hisobga olgan holda Xatay viloyatida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish juda yuqori koʻrsatkichni tashkil etishi hisobiga Xatay-Chirchiq agro hamkorlik yoʻnalishida yangi loyihalarni amalga oshirish muhokama etildi.

🤝 Xatay viloyatiga tashrif soʻngida viloyati hokimi Lyutfi Savash kelgusi yil bahor oyida viloyatda faoliyat koʻrsatuvchi bir guruhi tadbirkorlarni Chirchiq shahriga yuborishini ma’lum qildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍522
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Менимча" телелойиҳасининг навбатдаги сонида таҳлил қилинадиган мавзулар:

- Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида Самарқандда Туркий давлатлар ташкилоти саммити бўлиб ўтди;
- Саммит доирасида ўтган тақдирлаш маросимлари;
- Олимпия шаҳарчаси қурилишига тамал тоши қўйилди;
- Маҳаллий саноатни ривожлантириш бўйича йиғилиш
;
- Таълимнинг кучи - ўқитувчида, ўқитувчининг кучи эса унинг қўлидаги китобнинг сифати ва мазмунида.

Кўрсатувни бугун, 12 ноябрь куни соат 20:00 да "O'zbekiston 24" телеканалида томоша қилишингиз мумкин.

Эртага, 13 ноябрь куни соат 12:20 ва 17:20 да ҳам такроран намойиш этилади.

Facebook|Instagram|Twitter
👍1
Диққат, сўровнома - 1️⃣

🔘Бугунги сўровнома вилоятда фаолият юритаётган мактаб директорлари ўртасида ўтказилади. Тошкент вилоятида 22 та туман ва шаҳар борлигини инобатга олган ҳолда сўровномани иккига бўлиб бердик.

🤔Сизнингча, жорий йилда қайси мактаб директори самарали фаолият юритди? Овоз беринг.

Сўровнома эртага соат 20:00 гача давом этади.

⚠️Эслатиб ўтамиз, турли ботлар орқали сунъий овоз жамғаришга интилганлар сўровномадан четлаштирилади.

🔘
Иштирокчилар вилоят Халқ таълими бошқармаси томонидан тавсия этилган.

📣 Сўровнома ҳомийси - "Woodline" мебеллар фабрикаси.

☎️ (93) 136 99 96
(93) 136 99 97

Овоз беришда иштирок этиш учун каналга уланинг:
https://t.iss.one/+tcc8Accr_k80OGNi
👍81👏1
Forwarded from Toshkent harbiy okrug matbuot xizmati (Тошкент ҳарбий округи матбуот хизмати (official))
Чирчиқ гарнизонида ҳарбий қисм ташкил топган куни кенг нишонланди.

Yangiliklarni kuzatib boring:

➡️ Telegram| Facebook | Youtube |Instagram
👍1
Audio
#dayjest

Shanba — Qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni, shuningdek, “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan sana. Bugungi qisqa xabarlarimiz mana shu mavzu tevaragidadir.

🔘
Favqulodda vaziyatlar vazirligi. Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi koʻchat ekish aksiyasida 10 000dan ziyod nihol oʻtqazishni maqsad qilgan. Hozirgacha 7500 dan ortigʻi ekildi.

🔘Xalq taʼlimi boshqarmasi. Bekobod tumani XTB tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarda “yashil makon” doirasida 17500 dona mevali, manzarali koʻchat va qalamchalar ekish maqsadida qizgʻin ish olib borilmoqda.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Yosh sportchilar “Tabiat uchun birlashaylik” shiori ostida 4000 tupdan ortiq daraxt koʻchatlari ekmoqda.

🔘Bekobod shahri. Bugun kasb-hunar maktabida 70 tup archa, 10 tup mevali va 100 tup terak qalamchalari ekildi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Ixtiyor Kasimov va sektor rahbarlari “Rovatak” hududidagi “Nurli kelajak” xoʻjaligida 2 570 tup pavloniya koʻchatlari oʻtqazishni boshlab berishdi.

🔘Bekobod tumani. Farxod mahallasi hududida mutasaddi rahbarlar ishtirokida hashar oʻtkazildi va 90 tup mevali va 60 tup manzarali koʻchatlar ekildi.

🔘Qibray tumani. “Yashil makon” tadbirlarida IIB, FV boʻlimi, korxona-tashkilot xodimlari ishtirokida 25 gektardan ortiq qarovsiz maydonlar obodonlashtirilib, 80 mingdan ortiq daraxt koʻchatlari ekildi.

🔘Chirchiq shahri. Viloyat prokurori Sh.Raximov tashabbusi bilan 2-sektor hududida “Yashil makon” barpo etildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. “Oʻzmilliybank” viloyat boshqarmasi va hududiy filliallari hamda shahar hokimligi bilan hamkorlikda “Yangi obod” mahallasiga 1800 tup pavloniya koʻchati ekildi.

🔘Piskent tumani. Tuman hokimi “Yashil makon” doirasida ishsiz ayollarga uydan chiqmay 1 mln tup rayhon koʻchati yetishtirish taklifini berdi.

🔘Olmaliq shahri. 52 ta mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan “Dolzarb 40 kunlik” doirasida jami 2500 tup daraxt koʻchati ekish rejalashtirilgan.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
👍2
Audio
12 ноябрь, ҳафтанинг шанба куни. Хўш, вилоятимиз ёшлари ҳаётида қандай янгиликлар бўлди? Дайжест шу ҳақида.

Давлат солиқ бошқармаси. Ходимлар томонидан жойларда коррупцияга қарши курашиш бўйича профилактик тадбирлар бўлиб ўтди.

Чирчиқ давлат педагогика университети. Мини футбол бўйича “Вазирлик кубоги” мусобақаларининг финал учрашувлари бўлиб ўтди.Мазкур ўйинда  Жисмоний тарбия ва спорт университети жамоаси ғалаба қозонди.

Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия ва спорт университети. Давлат байроғи қабул қилинганининг 31 йиллиги муносабати билан “Байроғимиз - фахримиз, ғуруримиз” номли байрам тадбирлари ташкил этилди.

Тошкент давлат аграр университети. Талабалар учун "Жаҳолатга қарши маърифат" мавзусида тадбир бўлиб ўтди.

Ислом Каримов номидаги ТДТУ Олмалиқ филиали. Қиш мавсуми олдидан олийгоҳ ҳудудида ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш тадбири ўтказилди. Тадбир доирасида мингга яқин арча, мевали ва манзарали дарахтлар экилди.

Бекобод шаҳри. Касб-ҳунар мактабида "Менинг мақсадим ва келажагим" мавзусида иншолар танлови бўлиб ўтди.Танлов натижаларига кўра, фахрли 1-ўринни 105-гуруҳ ўқувчиси Дилором Холмирзаева қўлга киритди.

Юқори Чирчиқ тумани. Болалар ва ўсмирлар спорт мактабида стритбол бўйича мусобақаларнинг Тошкент вилояти босқичи бўлиб ўтди.

Бекобод тумани. Ҳудуддаги ёшларни ҳарбий ватанпарварлик руҳида тарбиялаш мақсадида Сирдарё вилояти Ширин шаҳридаги ҳарбий қисмга саёҳат уюштирилди.

Олмалиқ шаҳри. Касб-ҳунар мактаби биносида  "Ёшлар меҳнат ярмаркаси" ташкил этилди.

Зангиота тумани. "Беш ташаббус" олимпиадаси 2-мавсуми ғолиблари туман Ёшлар ишлари агентлиги томонидан тақдирланди.

Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MINENERGY.UZ
Respublikamizning ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda

Kunlar keskin soviy boshlagandan so‘ng iste’molchilarning elektr energiyasi va gazga bo‘lgan talabi ham ortib bormoqda. Shuningdek, sovuq kunlarda magistral gaz quvurlari va tarmoqlarida tabiiy gaz bosimining ham keskin pasayishi kuzatilmoqda.

Buning natijasida, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi ayrim issiqlik elektr stansiyalariga belgilangan hajmlardan kam miqdorda tabiiy gaz yetib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining pasayishiga olib kelmoqda.

Shunday hollarda, elektr energiyasini ishlab chiqarish obyektlari, yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari, transformator punktlari hamda podstansiyalarda yuklamalarning ortishi natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarni oldini olish maqsadida respublikamizning ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli cheklovlar kiritishga majbur bo‘linmoqda.

Xuddi shuningdek, ayrim hududlardagi aholi iste’molchilarida tabiiy gaz bosimining pasayishi ham kuzatilmoqda. Hozirgi paytda barcha yoqilg‘i-energetika obyektlarida maxsus navbatchilik shtablari tashkil etilgan bo‘lib, mutaxassislar tomonidan yuzaga kelgan ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Fursatdan foydalanib, iste’molchilardan ushbu vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini so‘ragan holda, tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarni oldini olish hamda energiya resurslari barqarorligini ta’minlash maqsadida, imkon qadar ushbu resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishlarini eslatib o‘tamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
#Shahar_hokimligi_tabrigi

🩺 Hurmatli chirchiqlik tibbiyot xodimlari!

Avvalo, o‘z hayotini shunday mas’uliyatli va sharafli ishga bag‘ishlagan Siz, azizlarni kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Aholi salomatligini saqlash, kasalliklarning oldini olish, oilalarda tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom avlodni dunyoga keltirish kabi davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalarni bajarishdagi fidokorona mehnatlaringiz yuksak e’tirofga loyiq.

Barchangizni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklab, xayrli tashabbuslaringizda kuch-quvvat, mustahkam sog‘liq, oilangizga totuvlik, inson salomatligini saqlashdek ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Xonadoningizdan baxt-saodat, fayzu baraka arimasin!

📌 Hurmat bilan Chirchiq shahar hokimligi jamoasi

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1👏1
#marafon

🇺🇿Bayroq kuni”ga bag‘ishlangan
🏃Yangi nafas” yugurish marafoni boshlanish arafasida.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#янги_нафас

Бир ватанда, бир вақтда, бир масофага, бир мақсадда бирга югурамиз!

Айни дамда Республикамизнинг 15 ҳудудида Давлат байроғи қабул қилинган кун муносабати билан "Янги нафас" югуриш марафони старт олиш арафасида.

Ана шундай марафонлардан бири Чирчиқ шаҳрида бошланиш арафасида.

Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71🔥1👏1
#marafon

🇺🇿Bayroq kuni”ga bag‘ishlangan
🏃Yangi nafas” yugurish marafoni jonli efirda namoyish etilmoqda.

👇👇👇
https://m.youtube.com/watch?v=yY5DEXoMIb0

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1
#Объявление
#Водоканал

Чирчикский городской отдел ООО "Тошкент сув таъминоти" сообщает потребителям о том, что завтра 14 ноября в связи с аварийно-ремонтными работами с 08:30 до устранения аварии на территориях махаллей "Хамза", "Нур", "Навруз", "Амир Темур", "Маданият", "Куёш", "Бахор", "Кимёгар", "Ёшлик" и "Мирзаголиб" будет произведено отключение питьевой воды.

❗️ Чирчикский городской отдел ООО "Тошкент сув таъминоти" в связи с возникшими неудобствами приносит свои извинения и просит заблаговременно запастись водой!

По вопросам водоснабжения вы можете обращаться по следующим телефонам:

- Диспетчерская служба (круглосуточно) : 717-11-04, 717-19-96, 717-01-60;
- Приемная (с 08:00 до 17:00): 717-11-43;
- Служба по работе с клиентами (с 08:00 до 17:00): 717-11-64.

💬 https://t.iss.one/xyuldoshvoyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#ob_havo

🔹Bugun O'zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 9-14° iliq bo‘ladi.

🔹Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3