Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.47K subscribers
37.1K photos
4.51K videos
19 files
16.1K links
Download Telegram
Тoshkent viloyatida o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan haydovchilar soni ortmoqda

🚕 2022-yil 1-sentabrdan boshlab yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘ta boshladilar. Hozirga qadar Toshkent viloyati bo‘yicha 1 291 nafar fuqaro mana shunday tartibda guvohnoma oldi. Yetakchi hududlar:

✔️Yangiyo‘l tumani – 143 nafar;
✔️Qibray tumani – 124 nafar;
✔️Chirchiq shahar – 109 nafar;
✔️Angren shahar – 95 nafar.

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Chirchiq_shahri

🔹Kecha shahar hokimlik majlislar zalida Chirchiq shahri hokimi Davron Xidoyatov, Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi Umid Shoumarov, uning oʻrinbosari Fotima Ahmadxonovalar boshchiligida “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlarni bandligini taʼminlash doirasida tumanda olib borilayotgan hamda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar boʻyicha kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

🔹Unda hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollariga mahallalarda qayta monitoring qilish ishlarini amalga oshirish va shu orqali ishsiz xotin-qizlar qatlamini aniqlab, ularni ishga joylashtirish, oʻzini-oʻzi band qilganlarni esa faoliyatini kengaytirishda amaliy yordam berish vazifalari yuklatildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/CHIRCHIQ_RASMIY

🌏Facebook | 🔹 Instagram | 🎥 YouTube | 🌐 Web-site
⚡️⚡️⚡️Ўзбекистон ҳарбийлари разведка ва махсус бўлинмалар ўртасидаги халқаро турнирда иккинчи ўринни эгаллади

4–12 октябрь кунлари Буюк Британиянинг Брекон шаҳрида ўтказилган разведка ва махсус бўлинмаларнинг «Кембрия патрули» халқаро мусобақасида Ўзбекистон ҳарбийлари иккинчи ўринни қўлга киритди.

Дунёнинг 24 давлатидан 144 та жамоа иштирок этган мусобақанинг якуний натижаларига кўра, I ўринни Буюк Британия жамоаси, II ўринни Ўзбекистон Мудофаа вазирлиги жамоаси ва III ўринни Покистон жамоаси эгаллади.

https://t.iss.one/xyuldoshvoyev
#bunyodkorlik
#jarayon

📌 Bugun Chirchiq shahar hokimi D.Xidoyatov hamda mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda Chirchiq shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” massivida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirdilar.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/CHIRCHIQ_RASMIY

🌏Facebook | 🔹 Instagram | 🎥 YouTube | 🌐 Web-site
ОҲИЧК саммити доирасида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Покистон Бош вазири Шаҳбоз Шариф бошчилигидаги делегация билан музокара ўтказди.

На полях саммита СВМДА Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел переговоры с делегацией Пакистана во главе с Премьер-министром этой страны Шахбазом Шарифом.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Pokiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#profilaktik_tadbir

Chirchiq shahar hokimligi Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan shahar IIB HPB VEMB inspektor-psixologlari bilan hamkorlikda yangi 2022/2023 - o‘quv yili boshidan buyon Chirchiq shahridagi barcha umumta’lim maktablarida profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 11, 12 - oktabr kuni ushbu profilaktik tadbirlarning davomi sifatida shahardagi 11, 12, 16 va 18-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning davomati, maktab ichki-tartib qoidalariga rioya etilishi hamda ta’lim muassasasida ularga ta’lim olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan davra suhbatlari o‘tkazildi.
Shu kabi tadbirlar boshqa ta’lim muassassalarida ham davom etmoqda.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/CHIRCHIQ_RASMIY

🌏Facebook | 🔹 Instagram | 🎥 YouTube | 🌐 Web-site