CHDPU Matematika va informatika fakulteti rasmiy kanali
729 subscribers
2.1K photos
250 videos
34 files
935 links
Download Telegram
#ijara_faoliyati
#rahbariyat_tashabbusi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Matematika va informatika fakultetida bugungi kunda 500 nafardan ortiq talabalar ijara xonadonlarida istiqomat qilmoqda. Fakultet mutasaddilari va tyutorlar tomonidan ushbu xonadonlardan xabar olish, uy egalari va talabalar bilan muloqotda bo‘lish an’ana tusiga kirgan desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Fakultet dekani D.Maxmudova, dekan oʻrinbosari I.Gʻaniyev, kafedra mudirlari D.Axmedjanov, G.Kuzmanovalar Kimyogar, Shodlik mahallalaridagi xonadonlarda istiqomat qiluvchi talabalarni holidan xabar olishdi.

Talabalar bilan suhbat davomida ularning yashashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan qiziqishdi. Ularga ajratilgan xonalar ko‘zdan kechirildi.

Talabalar bilan muloqot davomida o‘qish jarayoni, ijara to‘lovlari borasidagi imtiyozlardan foydalanish holati so‘raldi. Ularni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar berildi.

Fakultet rasmiy sahifalari: 👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram