Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
170 subscribers
8.17K photos
221 videos
1 file
1.19K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
Forwarded from IMA VOBKENT IM
#Vobkent_tuman_IM❗️
#vatanparvarlik_oyligi❗️

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12- dekabr kunidagi F-62 sonli O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi hamda "Vatan himoyachilari" kuni  bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazish to'g'risidagi farmon talablarini o'z vaqtida ta'minlash maqsadida, 49525 harbiy qism va maktab ma'muriyati bilan hamkorlikda Vobkent tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-yil 23-dekabr kuni  "Vatanparvarlik oyligi" doirasida "Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri" shiori ostida harbiy hizmatchilar va yoshlar o'rtasida davra suxbati o'tkazildi.

♻️ Tadbirda davomida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirayotgan savollarga javoblar olishdi.

🌐 Bizni kuzatib boring
https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab
Forwarded from Садокат Фуpкатовна
🏢 Shofirkon_IM
📚 Kitobxonlik bellashuvi

Shofirkon ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning milliy, ma'naviy saviyasini oshirish, badiiy adabiyotlarga qiziqtirish maqsadida " Yosh kitobxon" adabiy to'garagi doirasida yozuvchi Xudoyberdi To'xtaboyevning " Mungli ko'zlar " asari yuzasidan maktabimizning 7-03 hamda 7- 04-sinflari o'rtasida kitobxonlik bellashuv kechasi o'tkazildi.
Kitobxon jamoalar bellashuv shartlarida faol qatnashib, badiiy savodxonliklarini oshirdilar. Asarning belgilangan bob va bo'limining mazmun - mohiyatini yoritib berishgach,  jamoalar " Mungli ko'zlar" asari yuzasidan tuzilgan test savollariga javob berishdi.
🏆🏆 Kitobxonlik bellashuvida 7- 04 guruhining " Yuksalish" jamoasi muvaffaqiyat qozondi va taqdirlandi.
📚 Aziz o'quvchilar unutmang, kitobxonlik - barkamollik  kalitidir!

  IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
Янги йил байрамида 6 кун дам олинади

Президент «Янги йил байрамини нишонлаш даврида қўшимча ишланмайдиган кунни белгилаш ва дам олиш кунини кўчириш тўғрисида»ги қарор қабул қилди.

Бугун, 24 декабрь куни имзоланган қарор билан, 2025 йилда 5 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун дам олиш куни 4 январь – шанба кунидан 2 январь – пайшанба кунига кўчирилди. 6 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун 2 январь – пайшанба қўшимча дам олиш куни этиб белгиланди.

Шу тариқа:

28 декабр, шанба — 6 кун ишловчилар учун одатий иш куни, 5 кун ишловчилар учун одатий дам олиш куни;

29 декабр, якшанба — барча учун одатий дам олиш куни;

30 декабр, душанба — 6 кун ишловчилар учун қўшимча дам олиш куни, 5 кун ишловчилар учун 14 декабр (шанба) кунидан кўчирилган дам олиш куни;

31 декабр, сешанба — барча учун қўшимча дам олиш куни;

1 январ, чоршанба — Янги йил байрами;

2 январ, пайшанба — 6 кун ишловчилар учун қўшимча дам олиш куни, 5 кун ишловчилар учун 4 январ (шанба) кунидан кўчирилган дам олиш куни.
#Jarayon
#Buxoro_shahar_2_son_IMI


⚡️ Bugun 2024-yil 25-dekabr sanasida IMA tizimidagi Buxoro viloyat hududiy bo'limiga qarashli Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ChSB sinovlari jarayonlariga start berildi.

❇️Jarayon offlayn tarzda o'tkazilmoqda.

O'quvchilarimizga muvaffaqiyat tilaymiz!




👉BIZNI KUZATIB BORING 👈
Forwarded from shuhrat Hasanov
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro viloyatidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarining chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani o'qituvchilari bilan 28803- harbiy qismda mahorat darsi o'tkazildi.
.
Mahorat darsi davomida  Milliy armiyamizning izchil rivojlanishida olib borilayotgan islohotlar haqida ma'lumotlar berildi.
Dars so'ngida o'qituvchilarimiz o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
Mana shunday darslar o'qituvchilarning tajribalarini oshirishga xizmat qiladi.

https://t.iss.one/BuxtumanPM