Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
184 subscribers
7.08K photos
209 videos
1 file
1.03K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
Forwarded from Садокат Фуpкатовна
#Shofirkon_IM
#3_dekab_Xalqaro_nogironlar_kuni

🏢Xalqimiz azal-azaldan mehr-oqibatli xalqdir.
Mehr-muruvvat, oqibat negizida insonning qadriga yetish, hol soʼrash,xayr-saxovat koʻrsatish, yetim-yesirlarga saxiy boʼIish kabi fazilatlar mujassamdir. Yurtimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni doimiy qo‘llab-quvvatlash,ularni ijtimoiy- siyosiy hayotga faol jalb etish maqsadida ko‘pgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Bu kabi yurtdoshlarimizga "Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas" degan ezgu g‘oya asosida quvonch ulashish, ko‘nglini ko‘tarish maqsadida Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchilari va "Vatan tayanchi" atryadi aʼzolari 3-dekabr-"Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan ularni yo‘qlab borishdi. Imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay o‘zining mehnati, sabr-bardoshi, shukronalik fazilatlari bilan ko‘pchilikka oʻrnak boʻlib kelayotgan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, biroz bo‘lsada shodlik ulashish bizning insoniy burchimizdir.

Telegram|Facebook|Instagram
#Xayo_xaloskordir

🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10- sinf o'quvchilari bilan "Xayo xaloskordir " mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
O'quvchilarda mehr-oqibatlilik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat kabi fazilatlar haqida aytildi. Odamiylikning yuksak me'zoni hisoblangan vafo, sadoqat, ibo, hayo , lafz va mas’uliyat kabi fazilatlar haqida gapirildi.Muomala odobi ma’naviyatimizning eng go'zal ko'rinishi ekanligi yoshlarga chuqur tushuntirildi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#psychologist_time

🏢 Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 5-sinf o’quvchilari bilan "Art-terapiya" mashg'uloti  o'tkazildi.
🍃 Maqsad :

  O'quvchilarda oʻzini namoyon qilish va oʻzini - oʻzi bilish qobiliyatini rivojlantirish orqali ruhiy holatni uygʻunlashtirish.

🌸 Maktab psixologi: G.Bahronova

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Imkon yo'nalish sardori

⚡️Ixtisoslashtirilgan  ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-"A" sinf o‘quvchilari bilan MMIBDO' Z.Qazoqova birgalikda Imom Buxoriy MFY Buxoro ko'chasi 37-uyda yashovchi nuroniy onaxon Halima buvi uylariga tashrif buyurishdi.

📚Tashrif davomida "Odob - salomdan boshlanadi" , " Milliy insoniy fazilatlar" ,
" Kattaga hurmat, kichikka izzatda bo'lish" mavzularida davra suhbati bo'lib o'tdi. O'quvchilar bu suhbatdan motivatsiya oldilar.

🍀Nuroniy onaxon o'quvchilarga " Yashil makon " umummilliy loyihasi doirasida o'quvchilarda ekomadaniyat, ko'chat ekish, ko'kalamzorlashtirish ishlarini tushuntirib berdilar.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook