Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
174 subscribers
7.7K photos
215 videos
1 file
1.12K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
#Jarayon
#Buxoro_shahar_2_son_IMI


⚡️Ota-onalar yig'ilishi

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining
10-"A" sinfida tahsil olayotgan o'quvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. 


❇️Unda sinf odob-axloq qoidalari, maktab ichki tartib qoidasi singari masalalar muhokama qilindi, shuningdek, o'quv muassasasi hamda ota-onalar o'rtasida shartnomalar imzolandi.

Yig'ilishdan maqsad ota-onalar bilan farzand o'rtasidagi munosabatlarda ta’lim va tarbiya masalalariga mas’uliyat hissini kuchaytirishdir.


👉BIZNI KUZATIB BORING 👈
Forwarded from Ситора Муротовна Рахмонова
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab

❇️Kogon tuman ixtisoslashtirilgan  maktabi - tumandagi tayanch maktab

07.09.2024 yil kuni  Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining pedadog xodimlari tumandagi o'zlariga biriktirilgan  2-3-4-6-7-8-9-10-11-12-13-15-16-17-19-umumiy o'rta ta'lim maktablari va 1-5-12-21-IDUMda bo'lib "Me'zonlarga asoslangan baholash tizimi" mavzusida joylarda seminar-treninglar o'tkazishdi.

❇️ Seminar-treninglarda "Bitiruvchi portreti", bunday o'quvchilarning tarbiyalash uchun o'qituvchi qanday bo'lishi kerakligi, hamda o'quvchilarni shu ko'nikmalarga ega bo'lganini qachon va qanday baholash kerakligi haqida tushunchaga ega bo'lishdi.
🎤Kogon tuman matbuot xizmati
Forwarded from Ситора Муротовна Рахмонова
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab

❇️Kogon tuman ixtisoslashtirilgan  maktabi - tumandagi tayanch maktab
Qobiliyatsiz va iqtidorsiz o'quvchining o'zi bo'lmaydi.

07.09.2024 yil kuni  Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining pedadog xodimlari Sharipova M., Raxmonova S., Sharipov I., Ro'ziyev A., Aslonov F. lar tumandagi o'zlariga biriktirilgan  2-va 7-umumiy o'rta ta'lim maktablarida bo'lib, ota-onalar majlisida "Me'zonlarga asoslangan baholash tizimi" haqida tushuncha berishdi.
Ota-onalar
Summativ va Formativ baholash nima ekanligi;
FB va SBda ballar qanday taqsimlanishi;
Topshiriq turlari (laboratoriya ishi, mustaqil ish, loyiha ishi, amaliy topshiriq);
FB va SB orasidagi farq;
Baholash shkalasi haqida tushunchaga ega bo'lishdi.
Qolaversa, ota-onalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🎤Kogon tuman matbuot xizmati