Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
185 subscribers
7.08K photos
209 videos
1 file
1.03K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
Forwarded from Садокат Фуpкатовна
#Shofirkon_IM
#3_dekab_Xalqaro_nogironlar_kuni

🏢Xalqimiz azal-azaldan mehr-oqibatli xalqdir.
Mehr-muruvvat, oqibat negizida insonning qadriga yetish, hol soʼrash,xayr-saxovat koʻrsatish, yetim-yesirlarga saxiy boʼIish kabi fazilatlar mujassamdir. Yurtimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni doimiy qo‘llab-quvvatlash,ularni ijtimoiy- siyosiy hayotga faol jalb etish maqsadida ko‘pgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Bu kabi yurtdoshlarimizga "Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas" degan ezgu g‘oya asosida quvonch ulashish, ko‘nglini ko‘tarish maqsadida Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchilari va "Vatan tayanchi" atryadi aʼzolari 3-dekabr-"Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan ularni yo‘qlab borishdi. Imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay o‘zining mehnati, sabr-bardoshi, shukronalik fazilatlari bilan ko‘pchilikka oʻrnak boʻlib kelayotgan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, biroz bo‘lsada shodlik ulashish bizning insoniy burchimizdir.

Telegram|Facebook|Instagram
Forwarded from Deleted Account
Biz zo'ravonlikka qarshimiz
oyligi.

🏠Qorako'l tuman ixtisoslashgan maktabda 6"D"O'quvchilar o'rtasida sog'lom muhitni shakllantirish maqsadida jamoaviy dars olib borildi
Darsda zo'ravonlik haqida ma'lumotlar berildi zo'ravonlik nima, uning turlari.oilada zo'ravonlik bo'lmasligi uchun nima qilish kerak.
Biz zo'ravonlikka qarshimiz mavzusida vidyo ROLIKLAR qo'yib berildi, va trening tashkil qilindi.

Psixolog G JUMAYEVA
#Olot_tuman_ixtisoslashtirigan_maktab_internati
"Kitobxonlik bekati" rukni
💠🔸💠🔸💠🔸💠🔸💠🔸

''KITOB BILAN BIRLASHSAK"
📔📒📕📗📘📙

📚 ''Ot kishnagan oqshom''
Yozuvchi ushbu asarida millatimizga xos to'y udumlari, ko'pkari chopish tartiblari, kurash o'tkazishga doir odatlar, bolalar o'yinlarini aks ettirgan manzaralar tasvirlaydi.
💠Adib Tog'ay Murodning ''Ot kishnagan oqshom'' asari haqida kutubxona mudirasi
M. Qulliyeva tomonidan VI-''b'' sinf o'quvchilariga  ma'lumotlar berib va asarning ramziy voqeiliklari videoroliklar namoyishi orqali izohlab berildi.
✳️Adibning hayoti va ijodi haqida tezkor savol-javob  o'yini tashkil qilindi.
Asar qaxramonlarining ijobiy va salbiy xislatlari haqida muhokama qilindi.

Maktabning ijtimoiy tarmoqlari:👇
💎💎💎💎💎💎💎
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Boltayeva Nafisa
#G'IJDUVON shahar ixtisoslashtirilgan maktab internati
#1_dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni
#Biz sogʻlom turmush tarafdorimiz

🎗1-dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan maktab oʻquvchilari bilan davra suhbati uyushtirildi.

📌 OITS infeksiyasining yuqish yo'llari, uning zararli oqibatlari, undan himoyalanish usullari  haqida maktab hamshirasi tomonidan tushunchalar berilib, o'quvchilarga mavzuga  oid ma'lumotnomalar tarqatildi.
🚺 Psixolog:Nafisa Boltayeva Xayrullayevna

🌏 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

👉🏻Telegram |👉🏻@pm_gijduvon