Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
172 subscribers
8.15K photos
221 videos
1 file
1.19K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
#Kogon_tuman_IM
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi

AL-XORAZMIY NOMIDAGI ANIQ VA TABIIY FANLAR OLIMPIADASI O‘TKAZILMOQDA
🏢Joriy yilning 16-17 yanvar kunlari Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasining maktab bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilarimizga omad tilab qolamiz.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Ota_onalar_majlisi

📌Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 5-8-sinflarida 2024-2025-o'quv yilining 2-chorak yakuni bo‘yicha ota-onalar yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.

📌Majlisda kun tartibiga qo'yilgan masalalar yuzasidan maktab rahbariyati va fan o‘qituvchilari ota-onalarga ma'lumot berdilar.

🔰Majlisda davomida 2-chorak davomida o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari, odob-axloqi, erishgan muvaffaqiyatlari xususida har bir o‘quvchiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

📍Ota-onalar farzandlarini o‘qish jarayonlaridagi ishtiroklari qay darajada ekanligi to‘g‘risida ham fan ustozlaridan tushunchalar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Vatanparvarlik
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

🇺🇿1993-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi.
🇺🇿Ushbu bayram, nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan. Ushbu bayram munosabati bilan har yili tantanali tadbirlar o‘tkaziladi,
🇺🇿Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 6A-02 sinf o‘quvchilari “Senga posbonmiz Vatan” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazishdi.

🇺🇿Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Ochiq_dars

💠 Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 21-yanvar kuni 5a-01 sinf o'quvchilari bilan matematika fani o'qituvchisi Sh. S. Fayziyeva tomonidan tasdiqlangan reja asosida "To‘g‘ri va noto‘g‘ri kasrlar" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

❇️ Maktab fan o'qituvchilari ishtirok etgan ushbu darsda mavzuni o‘rganish bo'yicha samarali metodlardan foydalanildi.

Darsda oʻquvchilar yozma va amaliy topshiriqlar, ta'limiy o'yinlar orqali kasrlar haqidagi bilimlarini oshirishdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Qizlar_majlisi

🌟2025 yil 21-yanvar kuni Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-7 sinf o‘quvchi qizlari ishtirokida "Biz qanday o'xshashmiz, qanday farq qilamiz" mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

❇️Yig‘ilishdan maqsad: ishtirokchilarning o'zlarining individualligini, odamlar o'rtasidagi o'xshashlik va farqlarning mavjudligini, bag'rikenglik munosabatlarini shakllantirishning muhim sharti sifatida anglash.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
Forwarded from Shuhrat To'xtayev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kogon_shahar_IM
#tabiatni_asraylik

Prezidentimiz taklifi bilan 2025-yil "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili" deb e‘lon qilindi.

Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 8-A sinf o‘quvchilari tomonidan "tabiatni asraylik" shiori ostida video rolik tayyorlandi.


🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
https://t.iss.one/IMAKogonshahar
Forwarded from Shuhrat To'xtayev
#Kogon_shahar_IM
#ikkinchi_renesans

🪔 Mahmudxo‘ja Behbudiy – buyuk ma’rifatparvar, yozuvchi, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri.

Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi M. Askarova, maktab kutubxonachisi bilan birgalikda "Yosh kitobxon" to‘garak a’zolari ishtirokida jadid milliy ma‘rifatparvarlik harakati tarafdori Mahmudxo‘ja Behbudiy 150 yoshda mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔰 Shuningdek, o‘quvchilar gazeta va jurnallar orqali jahon voqea-hodisalaridan bilan yaqindan tanishtirildi.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifamiz orqali kuzatib boring:
https://t.iss.one/IMAKogonshahar
Forwarded from Shuhrat To'xtayev
#Kogon_shahar_IM
#shaxmat

Bugun  Kogon shahrida sportning shaxmat turi bo‘yicha Kogon shahar chempionati bo‘lib o‘tdi. Kun davomida murosasiz kechgan o‘yinlarda g‘oliblar aniqlandi.

Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari ham g‘liblikni qo‘lga kiritishdi.
Yuqori sinf yigitlar o‘rtasida kechgan bahslarda barcha o‘rinlarni bizning maktab o‘quvchilari egallashdi va viloyat yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

To‘raqulov Ochilbek 1-o‘rin
Shodmonov Temur 2-o‘rin
Baxtiyorov Behbudxo‘ja 3-o‘rin

Pastki sinflarda ham natijalar yomon emas, viloyatga yo‘llanma bor.

Ashurov Aziz 2-o‘rin

Qizlar o‘rtasida kechgan bahslarda ham g‘oliblar aniqlandi.

Usmonova Gulasal 1-o‘rin
To‘xtayeva Dildora 2-o‘rin
Qizlarimiz ham viloyat yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bu o‘quvchilarimizga  viloyat bosqichida omad tilab qolamiz

Shaxmat bo‘yicha trener o‘qituvchi  Aziz Ilhomovichga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifamiz orqali kuzatib boring:
https://t.iss.one/IMAKogonshahar
#Kogon_tuman_IM
#Jadidchilik

Jadidchilik ham maorif, ham davlatchilik va so‘z erkinligi edi.

🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 5A-01 sinf o‘quvchilari bilan 22. 01. 2025 yil “Turkiston ma’rifatparvarlari” mavzusida namunali dars o‘tildi.
❇️Dars jarayonida Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy va Munavvarqori Abdurashidxonov kabi ziyolilarimizning tariximizda tutgan o'rni, ilm- ma'rifat yo'lida olib borgan samarali harakatlari yoritib berildi.

Fan o'qituvchisi - G. A. Hakimova

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
Mashqda qiyin bo'lsa jangda oson bo'ladi.

Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10a-01 va 11a-01 sinf o'quvchilaridan hozirgi kuniga qadar olgan bilimlarini sinash uchun repititsion testlar olindi.

Test natijalariga ko'ra sinf o'rtacha baliga qarab o'quvchilarni rag'batlantirish yo'lga qo'yilmoqda.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 👇
I Facebook I Telegram I