Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
170 subscribers
8.42K photos
225 videos
1 file
1.22K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
#Hamkorlik
⚡️ Joriy yilning sentabr oyida Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida o’tkazilgan onlayn uchrashuvda hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Memorandum doirasida har chorakda ixtisoslashtirilgan maktablarning delegatsiyalarining tashriflari rejalashtirilgan bo’lib, 17-dekabr kuni Xo’jayli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi maslahatchisi Kenjebayev Anvar boshchiligida bir guruh pedagoglar Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida o’qituvchilar darslarga tahlilga kirishdi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish sho’basi metodisti Bakayeva Rayxon , o’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Sodiqova Visola tomonidan o‘quvchilarda zamonaviy bilimlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish bo’yicha bajarilgan ishlar bo'yicha tajriba almashildi.
https://t.iss.one/Buxoro_ITMA
#Foydali_muloqot
#Buxoro_shahar_2_son_IMI

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilariga
Buxoro shahar "Varaxsha" MFY profilaktika inspektori
Djavodov Raxmatillo Xusenovich ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

⚡️ Unda
O'quvchi-yoshlarning darslarga ishtirok etishlari muhimligi;
Pirotexnika vositalarining zararlari;
Vatanparvar va ilmli yoshlarning yurtimiz ravnaqiga hissasi xususida so'z yuritildi.




👉BIZNI KUZATIB BORING 👈
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi #Tibbiy_ko'rik
🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 18.12.2024 yil Tuman tibbiyot birlashmasining navbatdagi rejali chuqur tibbiy ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. Maktab o‘quvchilari
🩺Jarroh
🩺Oftolmolog
🩺Otorinolaringolog
🩺Ginekolog
🩺Stomatolog
🩺Pediatr
🩺Nevropotolog
🩺Endokrinolog
shifokolari ko‘rigida bo‘ldilar.
Ushbu tibbiy ko‘rik yosh avlodni sog‘lom o‘stirish, ayniqsa, davlatimiz tomonidan belgilab berilgan chora-tadbirlarga asosan salomatlik muhofazasini kuchaytirish maqsadida o‘tkaziladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Shofirkon_IM
#Vatanparvarlik_oyligi
#Besh_muhim_tashabbus

🏢 Yosh avlodni sportga jalb qilish va ularni jismoniy rivojlantirish maqsadida Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Shofirkon tuman yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda "Vatanparvarlik oyligi" munosabati bilan "Besh tashabbus" doirasida sportning voleybol, tennis, shaxmat turlari boʻyicha musobaqa tashkil etildi. Ushbu tadbirlar o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jismoniy faolligini rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazildi.

🏆Musobaqalarda maktabning turli yoshdagi o‘quvchilari faol ishtirok etishdi. Voleybol bo‘yicha musobaqalar jamoaviy ruhni shakllantirgan bo‘lsa, tennis o‘yinlari o‘quvchilarning tezkorlik va koordinatsiya qobiliyatlarini rivojlantirdi. Shaxmat turniri esa ishtirokchilarni strategik fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram