Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
171 subscribers
8.42K photos
225 videos
1 file
1.22K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
Forwarded from ZIKIROV SH
#OITSga_qarshi_kurashish_kuni

⚡️1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Buxoro tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu tadbirda o‘quvchilarga OITS kasalligi, uning kelib chiqishi va ayanchli oqibatlari to‘g‘risida ma‘lumot berildi. Shuningdek, mazkur infeksiya alomatlari va uning davo choralari yuzasidan ham tushunchalar berildi.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram|Facebook|Instagram
https://t.iss.one/BuxtumanPM/
#fan_olimpiadasi_viloyat_bosqichi

Fanlar olimpiadasining viloyat bosqichida Kogon tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi 9 - sinf o'quvchisi Raxmonova Hadicha Bobomurod qizi Ingliz tili fanidan 1-o'rinni egalladi.

🟢 Olimpiadaning viloyat bosqichida ishtiroki kuzatilayotgan barcha o'quvchilarimizga omad tilaymiz!
Hadicha qizimizga esa keyingi bosqichda muvaffaqiyatlar, ilmiy yuksalishlar yor bo'lsin! Bilim bergan ustozlari, ayniqsa, Maxmudova Maxfuza Orifovnaga hamda ta'rbiya berayotgan ota- onalariga  minnatdorchilik bildiramiz.     

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM #Qomusimiz_baxtimiz 📜Bosh Qonunimiz inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari, jumladan, shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarning asosiy kafolatidir. Shu bilan birga unda fuqarolarning davlat va jamiyat oldidagi majburiyatlari ham belgilab qo‘yilgan. 🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan 29.11.2024 yil 7A-01 sinf o‘quvchilari bilan “QOMUSIMIZ - BAXTIMIZ!” mavzusida ma’naviyat va ma’rifat soati o‘tkazildi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#YASHIL_MAKON
🌳🌳🌳Daraxt ekish – ezgu amal
🌳Bugun mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishga har qachongidan ham katta e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz raisligida ekologik holatni yaxshilash va “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha mavjud holat tanqidiy tahlil qilinib, ustuvor vazifalar aniq belgilab berildi.
🌳Ushbu tashabbus doirasida Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham dadil qadamlar tashlanmoqda. Maktab hududida ustozlar va o’quvchilar manzarali va mevali daraxt koʻchatlarini oʻtqazishmoqda.
 🌳🌲🌳🌲🌳🌲🌳🌲🌳🌲🌳🌲🌳🌲🌳🌲🌳   

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
Forwarded from Shuhrat To'xtayev
#Kogon_shahar_IM
#zilzila


🔥Bugun Kogon shahr ixtisoslashtirilgan maktabida Kogon shahar FVB xodimlari bilan birgalikda maktabda favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda o‘quvchilarni evakuatsiya qilish va o‘zini himoya qilish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish bo‘yicha amaliy va nazariy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifamiz orqali kuzatib boring:
https://t.iss.one/IMAKogonshahar