Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
185 subscribers
7.08K photos
209 videos
1 file
1.03K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
Forwarded from Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy) (Farhod Ergashovich)
#Peshku _tuman_IM

#chiqindisiz_dunyo

🔰Peshku tumani ixtisoslashtirilgan maktabda bugun 30-mart kuni Respublikamizda "Chiqindisiz dunyo uchun xalqaro kun!"  munosabati bilan maktabning 8-''A'' sinfida O‘zbekiston yoshlari chiqindisiz dunyo uchun! " shiori ostida ''Ma'naviyat va ma'rifat''  soati o'tildi.

Chiqindilarning tabiatga zarari va ulardan hayotimizda qanday qayta ishlab foydalanishimiz to'g'risida o'quvchilarning fikrlari tinglandi.SHuningdek, o‘qituvchi H. Usmonova tomonidan faktlar asosida mavzu to‘laqonli yoritildi.
❇️Ushbu Tozalik kuni aksiyasi davomida maktabning ishchi xodimlari ham faol ishtirok etdilar. Maktabning tozaligi, obodonlashtirish ishlarida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
✳️XALQARO FAN OLIMPIADASI GʻOLIBLARI MUNOSIB TARZDA KUTIB OLINDI

🔹Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 25-30-mart kunlari Turkmaniston davlatining Arkadag‘ shahrida o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etgan viloyatimiz o‘quvchilari umumiy hisobda 7 ta medalni qo‘lga kiritishgan edi.

🔹Bugun, 31-mart kuni Olot chegara bojxona postida g‘oliblar karnay-surnay sadolari ostida tantanali kutib olindi.

🔹Unda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Olot tuman hokimligi, Prezident maktabi mutasaddilari, o‘quvchilarning ustozlari, ota-onalari va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
#Ayni_paytda
❇️BUXORODA VILOYAT DIREKTORLAR KENGASHI TOMONIDAN SEMINAR-TRENING BO‘LIB O‘TMOQDA

🔹Umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va samaradorligin oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur seminar jarayonida Kengash a’zolari hamda tajribali ishtirokchilarga alohida guruhlarda treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

🔹Bunda maktabni boshqarishning huquqiy asoslari, maktabda sinf rahbarlar faoliyati samaradorligini oshirish, zamonaviy pedagogika va uning etikasi, o‘quvchilarni milliy va umummilliy qadriyatlarga chuqur hurmat tuyg‘ularini shakllantirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |